Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar va qurilmalar bilan bog‘liq darslikdagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs-munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.
Uyga vazifa:
Bunda o‘quvchilarga darslikdagi yoki quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin.
Kompyuter bir necha qurilmasi rasmini chizing va asosiy vazifalarini yozing.
2. Sistema blokidagi qismlarni yozma yoriting.
3*. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.
Masalan:
Topishmoq: Ranglarim nurli turli,
Kamalakdek jilosi,
Ko‘p tikilsang ko‘ziningni,
Yetib qolar intihosi. (Monitor)
Abekword:
Kompyuterning asosiy bo‘laklaridan biri …dir. (Monitor)
… - ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat. (Klaviatura)
Kompyuterning asosiy hususiyatlarini … deb ataluvchi sxema aniqlaydi (bo‘yiga). (Protsessor)
Kompyuterdagi ma’lumotlar … diskda saqlanadi. (Qattiq)
Magnit diskni bir turi … diskdir. (Qattiq)
Qattiq disklar …lar deyiladi. (Vinchester)
CD-ROM … disklarni o‘qiydi. (Kompakt)
Vinchester, kompakt disk va disketlar … xotira deb ataladi. (Tashqi)
Malumotlarni qog‘ozga chop etish uchun …dan fodalaniladi (eniga). (Printer)
Sistema blokidagi “…” tugmasi orqali kompyuter yoqiladi. (Power)
Savol va topshiriqlar
Monitorlardan qaysi birlari yassi ko‘rinishga ega?
Televizor kabi ko‘rinishga ega monitor qanday nomlanadi?
Insonga eng kam zarar keltiradigan monitor qanday nomlanadi?
Yozma ma’lumotlar kompyuter xotirasiga qaysi qurilmalar yordamida kiritiladi?
Hikoyani, kuyni va klipni har birini kompyuterga olib kelib joylashtirish va ishlatish uchun eng kamida qanday qurilma va vositalar guruhlari kerakligini so‘zlab bering.
Ma’lumotlar qog‘ozga qanday chop etiladi?
“Power” va “Volume” so‘zlarining ma’nosi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |