Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan
Download 0.66 Mb.
|
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
- Darsning tashkiliy qismi
- O‘zbekiston
2- mashg‘ulot
Mavzu: Sichqonchadan va klaviaturadagi raqam , belgi klavishlari yordamida kichik matnlarni tayyorlash. Dars maqsadi: O‘quvchilarga klaviaturadagi klavishlar guruhi va ularning bajaradigan vazifasi haqida ma’lumot berish va amaliyotda qo`llash. Asosiy tushunchalar: Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari, maxsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar, kursorni boshqarish klavishlari, yordamchi klavishlar majmui, indikatorlar. Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika darsligi. Informatikadan 5–sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid plakatlar tayyorlanadi. Darsning tashkiliy qismi : o’quvchilarning darsga tayyorligi; sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi; davomatni aniqlash; Mavzuni yoritish: Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar e’tiborini darslikdagi klavishlar guruhi ro‘yxati va rasmga qaratiladi. Darslikda klavishlar guruhi ro‘yxati rasmdagi ko‘rinishiga mos hoshiya va fonga ega. Shuning uchun o‘quvchilar guruhlar ro‘yxatiga mos klavishlarni bemalol aniqlay oladilar. O‘quvchilarga lotin yoki kiril harflarini kiritish holatiga o‘tish usullari aytib o‘tiladi va amalda bajarib ko‘rish tavsiya etiladi. Keyingi qadamda o‘quvchilarga Pusk menyusidan Bloknot dasturini ochish tavsiya etiladi. Endi o‘quvchilar klavishlar yordamida darslikdagi son, so‘zlarni yoki o‘zlarining ismlarini yozishlari mumkin. Klavishlarning vazifalarini tushuntirilib, o‘rganish uchun o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi gimnining birinchi to‘rt satrini lotin harflari orqali yozish tavsiya etiladi. Bunda yangi satrga o‘tish, orqaga qaytish yoki biror yo‘nalish bo‘yicha kursorni harakatlantirish so‘raladi. Beshinchi satrda O‘zbekiston so‘zini kirill harflari bilan yozish tavsiya etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yozish jaroyonida o‘quvchilar e’tiborini bosh harflarni yozish usullariga, yangi satrga o‘tish klavishini qo‘llashga qaratilishi muhimdir. Bloknot darsturi yordamida, umuman olganda, barcha klavishlarning vazifasini tekshirib ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘quvchilarga keyingi darslarda olgan bilimlarini to‘ldirib borilishi ta’kidlanadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling