Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan


Mavzuni mustahkamlash va yakunlash


Download 0.66 Mb.
bet4/26
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq darslikdagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs-munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi. Ba’zi o‘quvchilarga amaliy topshiriqlar berilishi ham mumkin.
Uyga vazifa:
Bunda o‘quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:
1. Har bir guruh klavishlarini ustun shaklida yozish.
2*. Boshqotirmalar yechish yoki tuzish.



  1. K laviaturada odatda necha xil usulda lotinchadan kirilchaga yoki aksincha o‘tkaziladi? (Ikki)

  2. Klaviaturada bo‘sh joy qo‘yadigan tugma nima deb ataladi? (Probel)

  3. So‘zni katta harf bilan yozish uchun qaysi tugma bosib turiladi? (Shift)

  4. Harflarni necha usulda kattalashtirib yozish mumkin? (Ikki)

  5. … tugmasi bosilgandan so‘ng 2-marotaba bosilguncha harflarni katta yozadi. (CapsLock)

  6. Qaysi tugma yurgichni satr oxirga o‘tkazadi? (End)

  7. Harf yoki belgini almashtirish uchun … tugmasi bosiladi. (Insert)

  8. …+F4 tugmalari bilan oyna yopiladi. (Alt)

  9. Yurgichni keyingi sahifaga o‘tkazish uchun … Down tugmasi bosiladi. (Page)

  10. Yurgichdan o‘ngdagi belgini o‘chirish uchun … tugmasi bosiladi. (Delete)

3- mashg‘ulot.
Mavzu: Klavishlarini o‘rgatuvchi trenajorlar yordamida amaliy mashg‘ulot.
Dars maqsadi:
O‘quvchilarga klavishlarni amaliyotda qo`llash ko‘nikmasini shakllantirish.
Asosiy tushunchalar:
Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari,kursorni boshqarish klavishlari, yordamchi klavishlar majmui.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika darsligi. Klavish trenajori 5–sinf uchun RTM tomonidan tayyorlangan “KLAVTREN” klaviatura trenajori elektron qo‘llanmasini yoki maktabda mavjud klaviatura trenajori tayyorlab qo‘yiladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling