Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan


Download 0.66 Mb.
bet26/26
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661191
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti

Joylashtirish menyusidan Obyekt ( ) bo‘limi tanlanadi.

  • Ochilgan Obyektni joylashtirish ( ) oynasidan Microsoft tenglamalari bo‘limi tanlanadi.

    N
    atijada yurgich turgan joyda formula yozish joyi lavhasi va formulaga amal belgilarni tanlash imkonini beruvchi quyidagi Formula oynasi aks etadi.
    Agar uskunalar panelida formulalar muharriri uskunasi belgisi joylashtirilgan bo‘lsa, u holda formulalar muharririni ishga tushirish uchun shu uskunani tanlash kifoya.
    Formulalar muharridan chiqish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini ish maydonining bo‘sh joyiga olib kelib chap tugmasi bir marta bosiladi.
    Formulalar muharriri imkoniyatlari
    Formulalar muharririning imkoniyatlari juda keng. U 19 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim ma’lum bir amallar belgilari majmuidan iborat. Masalan, turli ko‘rinishdagi munosabat belgilari, kasrlar va radikallar belgilari, qavslar shablonlari shular jumlasidandir.
    Shu amal belgilaridan foydalanib quyidagilarni yozamiz (o‘zingiz mustaqil yozib ko‘ring):
    1 .
    2.
    3.
    Agar yozilgan formulada xatolik bo‘lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Natijada yozilgan formula lavhasi ochiladi va ekranda Formula oynasi aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo‘nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatoni tuzatish mumkin bo‘ladi.


    Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
    Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilish va darslikdagi mashqlarni bajarish maqsadga muvofiq.


    Uyga vazifa:
    1*. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.


    Qo‘shimcha savol va topshiriqlar



    1. So‘zni formatlash uchun birinci qanday amal bajariladi?

    2. Shrift rangini o’zgartirish uchun Shrift formatiga kirilsa, so‘z (gap, satr,…) rangini o’zgartirish uchun qaysi formatga kiriladi?

    3. Matnni to‘liq blokka olish (belgilash) uchun qanday klavishlar ishlatiladi?

    Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling