Reja: - Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari.
- Iqtisodiy modellar tasnifi.
- Moddiy modellar. Abstrakt modellar. Tuzilmaviy modellar.
- Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari
Ма’ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
20
|
40
|
-
|
60
|
120
|
Fan to‘g‘risida ma’lumot
Fan shifri: E1104
Fan nomi: Ekonometrika
Semestr/ yil: 1-semestr/2022-2023 o‘quv yili
Kafedra: Axborot texnologiyalari
Soatlar/ kreditlar: 4 ECTS (60 auditoriya soati, 60 soat mustaqil ta’lim)
Instruktorlar: katta o’qituvch Majid Tuychiyevich Mavlyanov
Kafedra joylashgan joyi: SamDVMCHBU, 4-bino , 408-xona
Telefonlar: 97 912 75 11
E-mail: majid.mavlyanov1975@gmail.com
Telegram kanali: https://t.me/ekonometrika_ssuv
- Model so’zi lotincha modulus so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi.
- Model - bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi.
- Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi.
Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari - Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.
- Iqtisodiyotda matematik model - bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli - bu uning funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi.
Sub'ekt (tadqiqotchi)
Tadqiqot ob'ekti
Model
Do'stlaringiz bilan baham: |