Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan


Mavzuni mustahkamlash va yakunlash


Download 0.66 Mb.
bet20/26
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661191
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilish va qo‘shimcha mashqlarni bajarishni tavsiya etish maqsadga muvofiq.
Uyga vazifa:
1*. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.


Qo‘shimcha savol va topshiriqlar



  1. Ta’sir ko‘rsatish bo‘limida qanday amallar bor?

  2. Ikkita shakl qanday birlashtiriladi?

  3. Birlashtirilgan shakllar qanday ajratiladi?

  4. Tartib amali nima uchun kerak?

  5. Tartib amalini vazifasini amalda ko‘rsating.

  6. Rasmga qanday qilib soya berish mumkin?

  7. Shaklga hajm berilishini amalda ko‘rsating.



Qo‘shimcha mashqlar.
1. Quyidagi shakllarni chizing va bo‘yang.





2. Quyidagi rasmni chizing va bo‘yang.




25-mashg‘ulot
Mavzu: Hujjatlarda diagramma va grafiklarni joylashtirish


Dars maqsadi:
O‘quvchilarga hujjatlarga diagramma va grafik joylashtirish haqida ma’lumot berish.


Asosiy tushunchalar:
Grafik, diagramma va gistogramma.


Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. 8-sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Darsning tashkiliy qismi :

  1. o’quvchilarning darsga tayyorligi;

  2. sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;

  3. davomatni aniqlash;



Mavzuni yoritish:
Hujjatlarda jadval, rasm va chizmalarning bo‘lishi uni shubhasiz chiroyli va ko‘rgazmali ko‘rinishga keltiradi. Masalan, sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasini ifodalovchi ma’lumotlarni oddiy matn ko‘rinishida tasvirlash bilan jadval ko‘rinishida tasvirlash orasida katta farq bor. Jadval ko‘rinishida berilgan ma’lumotlar ko‘rgazmali bo‘lishi bilan birga tushunarliroq ham bo‘ladi. Ammo bu ma’lumotlarni grafik (gistogramma) ko‘rinishida tasvirlash yanada samaralidir.

Misol.


Maktabda 5 ta 6-sinf bor. Ular 6-a, 6-b, 6-d, 6-e va 6-f sinflar. Har bir sinfning o‘rtacha o‘zlashtirish darajasi mos ravishda 75%, 67%, 86%, 92% va 98% bo‘lsin. Shu ma’lumotlarni tasvirlovchi jadval tuzing.
Jadvallar bilan ishlashni avvalgi darslarda batafsil ko‘rib chiqqanmiz. Berilgan misol uchun quyidagi jadvalni hosil qilamiz:


Tartib
raqami

Sinf

O‘zlashtirish
darajasi

1

6-a

75%

2

6-b

67%

3

6-d

86%

4

6-e

92%

5

6-f

98%

H osil bo‘lgan jadvaldan 6-sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ammo uni yanada ko‘rgazmali qilish mumkin. Bu­ning uchun berilgan ma’lumotlar asosida gistogramma qurish kerak. Word matn protsessorida bu qiyinchiliksiz amalga oshiriladi.


«Joylashtirish» menyusining Rasm bo’limidan Diagramma buyrug’ini tanlaymiz. Ekranga quyidagi gistogramma va ma’lumotlar jadvali chiqadi:

Ushbu jadvalda taxminiy ma’lumotlar bo‘lib, ularga mos gistogramma ham keltirilgan. Bu hol gistogramma qanday tashkil etilganini tushunib olish­ga imkon beradi. Jadvaldagi keraksiz ma’lumotlarni o‘chirib, o‘rniga misolda keltirilgan ma’lumotlarni kiritamiz.


Jadvaldagi keraksiz ma’lumotlarni o‘chirish uchun, ularni avval belgilab oling va «Delete» klavishasini bosing.
Jadvalga kiritilayotgan o‘zgarishlar gisto­grammada ham aks etib boradi.
Jadvalga ma’lumotlarni kiritib bo‘lganimizda u quyidagi ko‘rinishga keladi:






«Sichqoncha»ning o‘ng tugmasini yoki klavishasini bossak, gistogramma qurish holatidan chiqamiz. Natijada ishchi maydonida quyidagi gistogramma hosil bo‘ladi:

Hosil bo‘lgan gistogrammaning o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Bu rasmlarning o‘lchamlarini o‘zgartirish kabi bajariladi. Shu kabi gistogrammadan nusxa olish va ko‘chirib o‘tkazish amallari ham bajariladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling