Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan
Download 0.66 Mb.
|
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tashkiliy qismi
- Joylashtirish
- Format
22-mashg‘ulot
Mavzu: Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash Dars maqsadi: O‘quvchilarda hujjatlarga rasm joylashtirish va formatini o‘zgartirish ko‘nikmasini hosil qilish. Asosiy tushunchalar: Rasm joylashtirish, Kliplar kolleksiyasi, izlash, ko’rib chiqish, rasm formati, rasm holati. Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Darsning tashkiliy qismi : o’quvchilarning darsga tayyorligi; sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi; davomatni aniqlash; Mavzuni yoritish: Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi. O‘quvchilarga hujjatlarga rasm joylashtirishning ahamiyati haqida ma’lumot berib, Word dasturi yordamida rasm joylashtirishning usullari amalda ko‘rsatib beriladi. Avvalo Word kolleksiyasidagi rasmlarni joylashtirish ketma-ketligi tushuntiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda kompyuterda kerakli amallarni bajarib borishadi, o‘qituvchi barcha tushunchalarni izohlab boradi. Word kolleksiyasidagi rasmlarni joylashtirishning avval Joylashtirish meyusi yordamida, so‘ngra Rasm chizish uskunalar paneli orqali ko‘rsatib berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ikkala holda ham matnga mos rasmni barcha rasmlar ichidan (mavzu tanlamasdan!) va mavzuga mos ro‘yxatdan tanlash imkoniyati aytib o‘tiladi. Ba’zan Word kolleksiyasida mavzuga mos rasm bo‘lmasligi mumkin. Bunday holda (masalan, Paint dasturida hosil qilingan yoki biror manbadan olib saqlab qo‘yilgan) rasmlarni fayldan joylashtirish lozim bo‘ladi. Bu hol ham avval Joylashtirish meyusi yordamida, so‘ngra Rasm chizish uskunalar paneli orqali ko‘rsatib berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Odatda rasmlar joylashtirlganda turli o‘lchamlarda joylashadi. Ularning o‘lchamini tanlash yoki matnning kerakli joyiga siljitish uchun formatini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Buning uchun rasm belgilanib Format menyusi Rasm bo‘limi yoki kontekst-menyudan Obyekt formati bo‘limi tanlanadi. Ekranda aks etgan Rasm formati lavhasidan kerakli o‘lcham yoki joylashish holati tanlanadi. Bu amallar haqida darslikda yetarli ma’lumot berilgan. Hujjatdagi rasmlarni belgilash, nusxa ko‘chirish, joylashtirish, birlashtirish, ajratish va siljitish amallarini o‘quvchilar mustaqil ko‘rib chiqishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling