Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan
Download 0.66 Mb.
|
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tashkiliy qismi
20-21-mashg‘ulot
Mavzu: Hujjatlarni tahrir qilish Dars maqsadi: O‘quvchilarda hujjatlarni hosil qilish, saqlash va tahrir qilish ko‘nikmasini hosil qilish. Asosiy tushunchalar: Matnni tahrir qilish, blok, matnning biror qismini belgilash, o‘chirish, nusxa olish, shrift rangi va o‘lchami. Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Darsning tashkiliy qismi : o’quvchilarning darsga tayyorligi; sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi; davomatni aniqlash; Mavzuni yoritish: Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi. O‘quvchilar avvalgi darslarda matnli hujjatlarning asosiy parametrlari bilan tanishishdi va Word matn protsessorida yangi sahifani hosil qilishni o‘rganishdi. Bu darsda o‘quvchilarga hujjatlarni hosil qilishda matnning biror qismini belgilash va belgilangan qism ustida o‘chirish, nusxa olish, shrift rangini va o‘lchami o‘zgartirish kabi amallarni bajarish usullarini avvaldan tayyorlangan amaliy mashqlar asosida tushuntiriladi. Mavzuni tushuntirish jarayonida o‘quvchilar e’tiborini quyidagilarga qaratish lozim: Matnga biror belgi qo‘shish uchun avval yurgichni matnning belgi qo‘yilishi kerak bo‘lgan joyiga o‘rnatish kerak. Matnga belgi qo‘shilganda matnning yurgichdan o‘ng tomondagi qismi o‘ngga avtomatik suriladi. Matndagi belgi o‘chrilganda yurgichdan o‘ng tomondagi qismi chapga avtomatik suriladi. Matnning biror qismi ustida o‘chirish, nusxalash, formatlash va boshqa amallarni bajarish uchun avval matnning shu qismini belgilash, ya’ni blokka olish zarur. O‘quvchilarga ko‘rsatiladigan mashqlarga misollar:
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling