Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash
Download 0.66 Mb.
|
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- 11-12-mashg‘ulot Mavzu
- Darsning tashkiliy qismi
- Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: Bu bosqichda o‘quvchilarga dasrlikdagi savollar bilan murojaat qilish yoki biror amaliy topshiriqni bajarishni topshirish mumkin. Uyga vazifa
- 13-15-mashg‘ulot Mavzu
- Mavzuni boshlashga hozirlik
- Mavzuni yoritish : Dars ma’ruza va amaliyotning
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar va dasturda ishlash, turli shakllar yasash bilan bog‘liq darslik va qo‘llanmadagi savollar bilan murojaat qilinadi. Masalan: Yoy chizish uchun uskunalar panelining qaysi piktogrammalaridan foydalanish mumkin? Qalam va mo‘yqalam yordamida nima ish bajarish mumkin? Uyga vazifa: Bunda o‘quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin: 1*. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish. 2. Krasvordni hal qiling.
2. Mo‘yqalam uskunasi yordamida … xil ko‘rinishdagi chiziq chizish mumkin. (O‘nikki) 3. Ishchi maydoni o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun rasm menyusidagi … amali bajariladi. (Xususiyatlar) 4. Faylni saqlash uchun fayl nomi yozib bo‘lingandan so‘ng … tugmasi bosiladi (bo‘yiga). (Enter) 5. Tasvirni … uskunasi yordamida kattalashtiriladi. (Lupa) Paintdagi … uskunasi yordamida aylana chizish ham mumkin (eniga). (Ellips) Paintda rasmni chizish yoki tahrir qilish uchun …dan foydaniladi. (Piktogramma) … uskunasi yordamida hato qilgan joyingizni o‘chirishingiz mumkin. (O‘chirg‘ich) Uskunalar panelidagi qaysi uskuna yordamida ishchi maydonning biror qismiga belgilangan rangli bo‘yoq purkash mumkin? (Purkagich) To‘g‘ri to‘rtburchak uskunasi va Shift klavishi yordamida nima chizish mumkin (bo‘yiga)? (Kvadrat) Savol va topshiriqlar Qalam rangini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rsating. O‘chirg‘ich haqida ma’lumot bering. Rangni aniqlash uskunasi nima uchun kerak? Egri chiziq chizish uskunasidan foydalanishni tushuntiring.arim doira shaklini chizish uchun bajarish kerak bo‘lgan amallar ketma-ketligini yozing. Faqat purkagichdan foydalanib rasm chizing. Quyidagi rasmlarni hosil qiling: 11-12-mashg‘ulot Mavzu: Paintda amallar bajarish Dars maqsadi: O‘quvchilarda rasmlar ustida amallar bajarish ko‘nikmasini hosil qilish. Asosiy tushunchalar: Menyular, uskunalar paneli, ranglar majmui (palitra), matn joylashtirish, nusxalash, joylashtirish, burish, akslantirish. Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika darsligi. Informatikadan 5–sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi ishga tayyorlanadi. Darsning tashkiliy qismi : o’quvchilarning darsga tayyorligi; sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi; davomatni aniqlash; Mavzuni yoritish: Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi. PAINT dasturi menyularidan foydalanib matn kiritish, nusxalash, burish va akslantirish, ranglarni o‘zgartirish kabi sodda amallarni bajarish darslikdagi mashqlar orqali ko‘rsatiladi. O ‘quvchilar grafik muharrir yordamida avval hosil qilgan tasvirlar ustida sodda amallar bajaradilar. Masalan, matn yozish, ranglarni almashtirish, har xil burishlar, rangni almashtirish, nusxalab ko‘paytirish. Darsning ko‘p qismi amaliy vazifalar bajarishga qaratilgan bo‘lishi, o‘quvchilarning darslikdagi nusxa ko‘chirish, joylashtirish, biror burchakka burish kabi amallarni ketma-ket o‘zlari mustaqil bajarib ko‘rishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: Bu bosqichda o‘quvchilarga dasrlikdagi savollar bilan murojaat qilish yoki biror amaliy topshiriqni bajarishni topshirish mumkin. Uyga vazifa: Bunda o‘quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin: 1*. Tayyor kvadrat shaklidan foydalanib (boshqa chizmasdan) shaxmat doskasi ko‘rinishini hosil qilish uchun bajarish kerak bo‘lgan amallar ketma-ketligini yozish. Savol va topshiriqlar Paintda kiritilgan matnni o‘zgartirish mumkinmi? Matn rangini o‘zgartirish uchun qanday ishlar bajariladi? Ramning biror qismini nusxalash imkoniyatini ko‘rsating. Uskunalardan qaysilari shakl chegarasi rangining ichidagi rangdan ajralib qolmasligini ta’minlaydi? Shakl ichidagi rangini o‘zgartirish uchun nima qilish kerak? Shaklni cho‘zish uchun bajariladigan amallarni sanab bering. Shaklni og‘dirish uchun bajariladigan amallarni sanab bering. 13-15-mashg‘ulot Mavzu: Grafik ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Dars maqsadi: o‘quvchilarni grafik ko‘rinishdagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi bilan tanishtirish. Asosoiy tushunchalar: o‘quvchilar menyular satri, ishchi maydoni, uskunalar paneli, ranglar majmui (palitra) tushunchalar bilan tanishadi va tahrirlash, nusxa olish tushunchalariga ega bo‘ladi. Mavzuni boshlashga hozirlik: O‘qituvchi tomonidan kompyuterlarni ishga hozirlanadi. IBM kopyuterlari uchun Paint Bruch, PAINT grafik muxarrirlaridan birortasi tayyorlanadi. Darsning tashkiliy qismi : o’quvchilarning darsga tayyorligi; sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi; davomatni aniqlash; Mavzuni yoritish: Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi. Grafik muxarrir imkoniyatlaridan kelib chiqib tasvirlarni qayta ishlash usullari, ya’ni tasvirni siljitish, rangini o‘zgartirish, uning bir qismini qirqib olish, matn kiritish kabi ishlarni bajarish yo‘llari misollar orqali ko‘rsatiladi. O‘quvchilar grafik muxarrir yordamida avval hosil qilgan tasvirlarini qayta ishlaydilar. Yangi grafiklar hosil qiladilar. Yangi tasvirga avval hosil qilingan tasvirlarni qo‘shish ishlarini bajaradilar. Grafik muharrirlar turli-tuman bo‘lishiga qaramay, ularda amallar bajarish bir-biriga o‘xshash ekanligi ayitiladi. Shu sababli biror grafik muharrirda ishlashni o‘zlashnirib olgan kishi boshqa grafik muharrirlarda ham qiyinchiliksiz ishlay oladi deb qiziqtiriladi. Deyarli barcha grafik muharrirlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi deb quyidagilar tusuntirib beriladi: · menyular satri; · ishchi maydoni; · uskunalar paneli; · ranglar majmui (palitra). Paint grafik muharririda nusxa ko‘chirish amalini bajarish uchun uskunalar panelidan belgilash uskunasi tanlanadi va darslikdagi misillar yordamida amallar bajariladi. Bir necha rasmning bo’laklarini birlashtirib yangi mazmundagi rasm hosil qilish mumkin. Buning uchun avval rasmlarning kerakli qismlarini ajratib olib alohida fayllarda saqlash maqsadga muvofiq. Aksariyat grafik muharrirlardagi kabi Paintda ham rasmning istalgan qismini belgilab olib biror nom bilan saqlab qo’yish imkoniyati mavjud. Bu vazifa darslikda keltirilgan misoldagi kabi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling