5-6- mashg‘ulot.
Mavzu: Ko‘rgazmali dars va amaliy mashg‘ulot
Dars maqsadi:
Kompyuter o‘yinlari orqali o‘quvchilarning xotirasini kuchytirish, mantiqiy fikrlashini o‘stirish va so‘z boyligini oshirish va axborot elektron resurslardan foydalanish ko‘nikmasini mustahkamlash.
Asosiy tushunchalar:
Kompyuter o‘yinlari. O‘quv (o‘rgatuvchi) o‘yinlar.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika darsligi. Informatikadan 5–sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. “Aljabr”, “Alifbo saboqlari”, “Puzzle” va “So‘z yasash” o‘yinlari yorliqlari ish stoliga joylashtiriladi.
Darsning tashkiliy qismi :
o’quvchilarning darsga tayyorligi;
sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;
davomatni aniqlash;
Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
O‘qituvchi “Aljabr”, “Alifbo saboqlari”, “Puzzle” va “So‘z yasash” va boshqa o‘yinlardan biridan foydalanishi mumkin. Masalan, mantiqiy o‘yinlar guruxiga mansub bo‘lgan “Puzzle” (pazl) o‘yini haqida qisqa ma’lumot beradi. Bu o‘yinda bo‘laklarga ajratilgan rasmni tiklash kerak bo‘ladi. O‘yin qoidasi darslikda yetarlicha yoritilgan. O‘quvchilar o‘yinni mustaqil ishga tushurishadi. Shuningdek klavish trenajyori yordamida mashg‘ulotni davom ettirishi ham mumkin.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga darslikning avvalgi darslarida keltirilgan savollar bilan murojaat qilinadi. O‘yinlar haqidagi fikrlar so‘raladi.
Uyga vazifa:
Bunda o‘quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:
1. Kompyuter o‘yinlariga oid boshqotirmalar tuzing.
2. O‘zingiz yoqtirgan biror o‘yin qoidasini yozing.
7-mashg‘ulot
Mavzu: Kompyuter grafikasi elementlari.
Dars maqsadi: O‘quvchilarni grafik muxarrirning imkoniyatlari bilan tanishtirish. Skaner, raqamli foto va video qurilmalar orqali tasvirlarni hosil qilishni va ekran imkoniyati hamda tasvir imkioniyati tushunchalarini bir-biridan farqlash shuningdek uning vazifalari bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |