Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan


Download 0.66 Mb.
bet6/26
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti

Shuni ta’kidlash joizki, “KLAVTREN” klaviatura trenajori matnlarni o‘qituvchi tomonidan o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga avvalgi darslardagi savollar bilan murojaat qilish mumkin.
Uyga vazifa:
Bunda o‘quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:
1. Avvalgi dars materialini takrorlash.
2*. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.
3*. Klavishlar turgan o‘rinlarni yod olish.


4- mashg‘ulot.
Mavzu: Klaviaturaning qo‘shimcha funksional boshqarish klavishlari. Kalkulyatordan foydalanish.
Dars maqsadi:
O‘quvchilarga klaviaturadagi klavishlar guruhi va ularning bajaradigan vazifasi haqida ma’lumotni asosiy darsda berilgani inobatga olib amaliy ishda yanada mustahkamlash. Kalkulyatordan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish
Asosiy tushunchalar:
Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari, maxsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar, kursorni boshqarish klavishlari, yordamchi klavishlar majmui, indikatorlar. Kalkulyator turlari.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika darsligi. Informatikadan 5–sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga oid plakatlar tayyorlanadi.
Darsning tashkiliy qismi :

  1. o’quvchilarning darsga tayyorligi;

  2. sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;

  3. davomatni aniqlash;

Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar e’tiborini darslikdagi klavishlar guruhi ro‘yxati va rasmga qaratiladi. Kompyuterda mavjud kalkulyator yordamida amaliy ish tashkil etiladi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq darslikdagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs-munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi. Ba’zi o‘quvchilarga amaliy topshiriqlar berilishi ham mumkin.
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq darslikdagi va qo‘llanmadagi savollar bilan murojaat qilinadi. Savollarga bahs-munozara shaklida javob berishni tashkil etish katta samara beradi.


Uyga vazifa:
Bunda o‘quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:
1. Har bir guruh klavishlarini ustun shaklida yozish.
2*. Boshqotirmalar yechish yoki tuzish.



    1. K laviaturada odatda necha xil usulda lotinchadan kirilchaga yoki aksincha o‘tkaziladi? (Ikki)

    2. Klaviaturada bo‘sh joy qo‘yadigan tugma nima deb ataladi? (Probel)

    3. So‘zni katta harf bilan yozish uchun qaysi tugma bosib turiladi? (Shift)

    4. Harflarni necha usulda kattalashtirib yozish mumkin? (Ikki)

    5. … tugmasi bosilgandan so‘ng 2-marotaba bosilguncha harflarni katta yozadi. (CapsLock)

    6. Qaysi tugma yurgichni satr oxirga o‘tkazadi? (End)

9. Harf yoki belgini almashtirish uchun … tugmasi bosiladi. (Insert)
10. …+F4 tugmalari bilan oyna yopiladi. (Alt)

  1. Yurgichni keyingi sahifaga o‘tkazish uchun … Down tugmasi bosiladi. (Page)

  2. Yurgichdan o‘ngdagi belgini o‘chirish uchun … tugmasi bosiladi. (Delete)

  3. Kalkulyator ishga tushganda qaysi indikator yonib turgan bo‘lishi lozim? Javobingizni izohlang.

  4. Ma’lumotlar menyusi nimaga hizmat qilishi haqida so‘zlab bering.

  5. Qaysi tugma ekranchadagi oxirgi raqamni o‘chiradi?


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling