Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan
Download 0.66 Mb.
|
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘nta barmoq bilan matn terish usuli
Darsning tashkiliy qismi :
o’quvchilarning darsga tayyorligi; sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi; davomatni aniqlash; Mavzuni yoritish: Amaliy ish shaklida olib boriladi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar e’tiborini darslikdagi klavishlar guruhi ro‘yxati va rasmga qaratiladi. O‘nta barmoq bilan matn terish usuli Kompyuter bilan ishlashda eng sekin bajariladigan amal matn terishdir. Bu jarayonni tezlashtirish uchun maxsus usullar ishlab chiqilgan ulardan biri o‘nta barmoq bilan matn terish usulidir. Bu usulni o‘rganish nisbatan oson bo‘lib, uning yordamida minutiga 100-150 belgi tezlik bilan matn kiritishga erishish mumkin. Eng afzal tomoni, bu usulda klaviaturaga qarash shart emas va ekrandan yoki kiritilayotgan matnning aslidan ko‘zlarni uzmaslik mumkin. Bu usulni o‘rganish uchun ko‘plab dasturiy vositalar ishlab chiqilgan va ularning ko‘pchiligi bepul tarqatiladi. Bu usulda barcha barmoqlar klaviaturaga joylashtiriladi va asosiy qiyinchilik barmoqlarning har birini boshqalarini joyidan siljitmasdan qimirlata olishga erishishdir. Bunda ayniqsa, nomsiz (nikoh uzugi taqiladigan) barmoqqa katta e’tibor berish kerak. Buning uchun barcha barmoqlaringizni (bosh barmoqlardan tashqari) stol ustiga qo‘ying va ularni birma-bir navbatma-navbat stoldan uzib, yana joyiga qaytaring. Bu mashqni kerakli malaka hosil bo‘lguncha takrorlab boring. Barmoqlarning har birining klaviaturada o‘z o‘rni bo‘lib, har qanday tugmani bosganda ham ularning ko‘pchiligi o‘z o‘rnida qoladilar va o‘rnidan qo‘zg‘alganlari ham, kerakli tugma bosilgach, yana o‘z joylariga qaytib keladilar. Qo‘llaringizning ikkala bosh barmog‘ini bo‘sh joy klavishi ustiga, kursor barmoqlaringizni ruscha «a» va «o» harfi klavishlari ustiga olib kelib qo‘ying. Bu harflarning klavishlarida boshqalaridan farqli ravishda bo‘rtib chiqqan joyi bor va shundan foydalanib, ularni qaramasdan topishga erishing. Shundan so‘ng barmoqlaringizni «ф», «ы», «в», «а» va «о», «л», «д», «ж»klavishlariga qo‘ying va ularni ham qaramasdan topishga erishing. Quyidagi mashqlarni navbatma-navbat bajaring. Bunda klaviaturani sakkizta soxaga bo‘lib oling va har bir soxadagi klavishlarni faqat bitta barmoq bilan bosishga o‘rganing. Bu soxalar quyidagilardir: Kursor barmoqlar uchun: {4, к, а, м, 5, е, п, и} va {6. н, р, т, 7, г, о, ь } ; O‘rta barmoqlar uchun: {3, у, в, с} va {8, ш, л, б}; Nomsiz barmoqlar uchun: {2, ц, ы, ч} va {9, щ, д, ю}; Jimjiloqlar uchun: {1, й, ф, я} ва {0, з, ж, х, э, ъ, -, =, \, . }. O‘quvchilarga avvaldan ish stoliga chiqarib qo‘yilgan yorliq yordamida “KLAVTREN” klaviatura trenajorini ochish (ishga tushirish) tavsiya etiladi. O‘qituvchi tomonidan bu dasturni ishlatish qisqa tushuntirilgach, o‘quvchilarga “matn terish” bosqichida mustaqil ishlash tavsiya etiladi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning klaviaturadan foydalanishlari kuzatib boriladi va zarurat bo‘lsa yordam beriladi. Bunda o‘quvchilarning ball natijalariga mos baholash mumkin bo‘ladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling