Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan


Mavzuni mustahkamlash va yakunlash


Download 0.66 Mb.
bet9/26
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar va grafik muharrirda ishlash va turli shakllar yasash bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilinadi.

  1. Piksel nima?

  2. Matritsa nima?

  3. Ekran imkoniyati deganda nima tushuniladi?

  4. Tasvir imkoniyati deganda nima tushuniladi?

  5. Tasvir imkoniyatining o‘lchov birligi qanday?

Bu savollarni bahs-munozara shaklida hal etish katta samara beradi.
Uyga vazifa: Bunda o‘quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin.

  1. Tasvir imkoniyatining o‘lchov birligi va tasvirning haqiqiy o‘lchovi deganda nima tushuniladi?

  2. Grafik muharrining asosiy vazifalarini yozib bering.

  3. Konvertor nima?

  4. Grafik muharrirlar uchun umumiy bo‘lgan va ularning asosini tashkil etuvchi vazifalari haqida tushintirib bering.

  5. Grafik fayllarning ko‘p uchraydigan formatlari va ularning xususiyatlarini aytib bering.


8-mashg‘ulot
Mavzu: Paint grafik muharrir interfeysi


Dars maqsadi: Paint grafik muharrir interfeysi bilan ishlashni o‘rgatish.
Asosiy tushunchalar: Paint grafik muharriri
Mavzuni boshlashga hozirlik: O‘qituvchi tomonidan kompyuterlarni ishga hozirlanadi. Kopyuterda PAINT grafik muxarriri o‘rnatib qo‘yiladi.
Darsning tashkiliy qismi :

  1. o’quvchilarning darsga tayyorligi;

  2. sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;

  3. davomatni aniqlash;



Mavzuni yoritish:
Paint grafik muharririni ishga tushirish oldidan MS WORD dasturini ishga tushirish kabi amalga oshirilishi amaliy ko‘rsatiladi. Paint grafik muharririni asosiy qismlari bilan ishlashni o‘rgatiladi.

Paint grafik muharririni ishga tushirish Microsoft Office paketining MS Word dasturi kabi uch xil usulda amalga oshirish mumkin:



  • Masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;

  • Ish stolidagi yorlig’i yordamida;

  • quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:


Paint dasturida ishni tugallash uchun esa piktogrammasini yoki fayl menyusining “Выход” – ya’ni chiqish buyrug’ini tanlash yoki Alt + F4 klavishalarini birga bosish yetarli.


Paint grafik muharriridagi menyular satri, ishchi maydoni, uskunalar paneli, ranglar majmui, sarlavha satri haqida tushunchalarni berishga misollar yordamida erishish lozim bo‘ladi. Masalan, menyuning asosiy buyruqlari bilan tanishtiriladi:

  • Fayl (Файл)

  • Tahrir (Правка)

  • Ko‘rinish (Вид)

  • Rasm (Рисунок)

  • Palitra (Палитра)

  • Ma’lumot (Справка)


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling