Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan
Download 0.66 Mb.
|
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tartib raqami Familiyasi va ismi Tug‘ilgan yili Yashash joyi
- 30-31- Mashg‘ulot Mavzu: WordART obyekti Dars maqsadi
- Darsning tashkiliy qismi
- Joylashtirish
- WordART da matn kiritish Kolleksiyadan kerakli ko‘rinish belgilangach (masalan, birinchi ko‘rinish) Enter
- Enter
- WordART uskunalar paneli
J advaldagi ma’lumotlarning hajmiga qarab ustunlarning kengligini o‘zgartiramiz. Buning uchun «sichqoncha» ko‘rsatkichi ustunlarning chegara chizig‘iga olib kelinadi, «sichqoncha» ko‘rsatkichi ko‘rinishga keladi. «Sichqoncha»ning chap tugmasi bosilgan holda kerakli tomonga siljitiladi. Natijada jadvalimiz quyidagi ko‘rinishga keladi:
J advallar ustida bajariladigan asosiy amallardan biri – undagi ma’lumotlarni saralashdir. Qarayotgan misolimizda to‘garak a’zolarining tug‘ilgan yili bo‘yicha kamayish tartibida saralash kerak bo‘lsin. Buning uchun to‘garak a‘zolarining tug‘ilgan yillari yozilgan 3-ustundagi 7 ta katak belgilab olinadi (avvalgi darslarda ko‘rsatilgan blokka olish amali). «Jadval» menyusidan «saralash» buyrug‘i tanlanadi. Hosil bo‘lgan muloqot oynasida «kamayish tartibida» buyrug‘i tanlanadi. «OK» tugmasi bosilgach, jadvalimiz quyidagi ko‘rinishga keladi:
Huddi shu usulda jadvalning ikkinchi ustunini familiyalarning o‘sish tartibida saralash mumkin. Jadval kataklaridagi ma’lumotlarni alohida yoki birgalikda (blokka olib) formatlash mumkin. Bunda ma’lumot joylashish usuli, o’lchamlari, shrifi rangi va ko’rinishini Formatlash uskunalar paneli yordamida osongina bajariladi. Kataklar fonining rangi yoki katak chegaralari ko’rinishlari Format menyusining “Chegara va bo’yash” yoki Jadval menyusining “Jadval xossalari” bo’limining “Chegara va bo’yash” bo’limi yordamida o’zgartiriladi. Mashqlar. Bezatilgan tarjimai holga (mos) jadval joylashtirish – hujjat nomi: familiya-5 Bezatilgan tarjimai holga (mos) jadvalni bezash – hujjat nomi: familiya-6 Quyidagi jadvalni hosil qiling:
30-31- Mashg‘ulot Mavzu: WordART obyekti Dars maqsadi: O‘quvchilarda hujjatlarni tahrir qilish va formatlash ko‘nikmasini hosil qilish. Asosiy tushunchalar: Matnni tahrir qilish, blok, shrift formati, abzas formati. Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Darsning tashkiliy qismi : o’quvchilarning darsga tayyorligi; sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi; davomatni aniqlash; Mavzuni yoritish: Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi. O‘quvchilar avvalgi darslarda blok tushunchasi va hujjatni tahrir etish bilan tanishishdi. Ma’lumki, matnni formatlashda blok ajratish zarurdir. Shuning uchun mavzuni blok tushunchasini takrorlash bilan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hujjatga WordART obyektini joylashtirish Joylashtirish menyusi yoki CHIZISH uskunalar paneli orqali amalga oshiriladi. Buning uchun yurgich matnning WordART obyekti joylashtirilishi kerak bo‘lgan joyiga o‘rnatiladi. Endi quyidagi usullardan biri orqali WordART kolleksiyasi ekranga chaqiriladi. 1-usul. Joylashtirish menyusidan Rasm ( ) bo’limiga kiriladi. Bo’limdan WordART obyekti ( ) tanlanadi. 2-usul. CHIZISH uskunalar panelidan WordART obyekti tanlanadi. Natijada ekranda WordART kolleksiyasi aks etadi. Endi bu kolleksiyadan kerakli ko‘rinishni tanlab olish mumkin. Enter'>WordART da matn kiritish Kolleksiyadan kerakli ko‘rinish belgilangach (masalan, birinchi ko‘rinish) Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi. Natijada ekranda matnni kiritish oynasi aks etadi. Bo’yalib turgan yozuv matni (Текст надписи) o‘rniga kerakli matn kiritiladi. Masalan, Ona vatan O‘zbekistonim! Yashna O‘zbekiston!. Lozim bo’lsa oynaning yuqori qismida joylashgan imkoniyatlardan foydalanib matn formatlanadi. So‘ngra Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi. Natijada yozgan matnimiz rasm sifatida quyidagicha aks etadi. WordART uskunalar paneli W ordART obyekti formatini o‘zgartirish juda oson. Buning uchun hosil bo‘lgan obyekt belgilanadi. Natijada ekranda quyidagi ko’rinishdagi WordART uskunalar paneli aks etadi. Bu uskunalar paneli bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Yuqorida tayyorlagan WordART obyektida quyidagicha o‘zgartririshlar kiritamiz: Matnga kolleksiyadan yangi ko’rinish tanlaymiz; WordART obyekti formati bo‘limidan harflar chegarasidagi chiziq turini o‘zgartiramiz; WordART obyekti shaklini (formasini) o‘zgartiramiz; Matnni belgilar orasidagi masofa orqali WordART obyekti kengligi bo‘yicha tekislaymiz; Belgilar orasidagi masofani juda keng (150%) qilib tanlaymiz. N atijada quyidagini hosil qilamiz: Shuni unutmangki, WordART obyekti ustida ham oddiy rasmlardagi kabi amallar bajarish mumkin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling