- Musiqa jo'rligida hamda sanash orqali saf va umumiy rivojlantirish mashqlarni o'tkazish 1.1.Badiiy gimnastikada musiqaning ahamiyati. Musiqiy- ritmik tarbiya bolalar jismoniy tarbiya tizimida mustahkam joy oldi. Badiiy gimnastikada musiqa bir qator maxsus funksiyalarni bajaradi: musiqa tufayli badiiy gimnastika estetik tarbiyaning samarali vositasidir. Gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy savod, ritm va metroritm tushunchalari, metr va takt tarkiblari, musiqa shakllari va janrlari bilan tanishadilar. Bu ularga musiqani chuqur tushunib, his qilishga yordam beradi, badiiy didini rivojlantiradi. Musiqa estetik tarbiyaning boshqa vazifalarida ham yordam beradi, misol uchun, yurish-turish madaniyati va harakat go‘zalligi hissiyotini tarbiyalashda;
- musiqa harakatlarga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa ifodalilik va artistlikni tarbiyalashda;
- musiqa san’ati juda katta bevosita emotsional ta’sir kuchiga ega.
- Musiqa ostida katta jismoniy va psixologik nagruzkalar yengil kechadi, ishga layoqat oshadi, tiklanish jarayonlari tezlashadi. U markaziy nerv sistemasining optimal qo‘zg‘aluvchanligiga sharoit tug‘dirib, shug‘ullanuvchilar organizmiga mashqlarning qulay ta’sirini yaratadi; shug‘ullanuvchilarning badiiy gimnastika texnikasini egallashiga zarur bo‘lgan, mushak zo‘riqishining turli xil darajalari, harakatning har xil temp va ritmlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab mashqlarni bajarish qobiliyatini tarbiyalash;
- musiqani tushunish va unga muhabbatni tarbiyalash, musiqani eshitish qobiliyati va o‘zining musiqiy hissiyotlarini harakatlarda ifodalash bilimlarini rivojlantirish;
- individual va guruhiy mashqlar kompozitsiyalarini yaratishda musiqiy asarni tanlash 1- darajali ahamiyatni egallaydi. Sportchi qizning individualligini ochibberishga xizmat qiluvchi butun mashq g‘oyasi, kompozitsiyaning obrazli yechimi musiqali kuzatish harakteri va asar shakli bilan aniqlanadi;
- musiqali - ritmik mashg‘ulotlar pedagogik ahamiyatga ham ega. O‘quvchilar tomonidan musiqa ostida guruhiy mashqlarni bajarish umumiy ko‘rinishni, onglilik va harakatchanlikni, ishga ijodiy munosabatni talab qiladi, shaxsning kollektivlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi, mashg‘ulotlarning qat’i reglamentlangan tartibi shug‘ullanuvchilarni intizomlaydi, ularni musiqali- ritmik tarbiya jarayoniga diqqat bilan qarashga o‘rgatadi.
Xoreografiya darslarida musiqa faqat mashg‘ulotning emotsional sozlanishini yaratuvchi fon bo‘libgina qolmay, balki harakatlarni asarning ritmi, dinamikasi, harakteri bilan moslashib bajarish bilimini shakllantirish vositasi hamdir. Musiqa ritmi ovozlarning vaqtincha nisbati, ya’ni har xil uzunlikdagi ovozlarning turli xil birikmalaridan tashqari, qandaydir o‘ziga xos ichki holatni o‘zida saqlaydi. Bu holat musiqaning harakteri, uning dinamik tuslari, musiqiy fikr tuzishda ifodalanadi. Musiqa ritmi xususiyatlarini o‘zida aks ettirib, harakat o‘z erkinligini saqlagan holda ichki ma’no va emotsional rangga ega bo‘ladi.
Musiqaning gimnastika bilan shug‘ullanuvchilarga ta’siri va undan ta’lim maqsadlarida foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ishlar orasida E.A. Kuduning izlanishlari alohida e’tiborga loyiq. Ularda musiqadan foydalanishning to‘g‘ri uslubi shug‘ullanuvchilarning umumiy davomatiga va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishiga xizmat qilishi isbotlangan. Yangi mashqlarni ko‘rsatishda musiqani tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan, ayniqsa harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishning birinchi bosqichida. Keyinchalik mashqni mustaqil muvaffaqiyatliroq bajarilishiga musiqasiz erishiladi. Harakat tarkibi asosan o‘zlashtirilganda esa, darhol musiqali mashg‘ulotlarga kirishish mumkin. Xoreografiya darsi muvaffaqiyati uchun me’yor hissi va badiiy did sohibi bo‘lgan konsertmeysterning mohirligi katta ahamiyatga ega. U o‘quv vazifalari bilan aniq moslashgan, ayni vaqtda mavhum, bir maromda va o‘ta sodda bo‘lmagan asarlar tanlashni bilishi kerak. Musiqiy asarlarni tanlash uchun umumiy qonuniyatlar - raqqosalik, obrazli, xushchaqchaq harakter, kuyning tugallanganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |