Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri R. Yusupovning Jizzax davlat
Download 13.74 Kb.
|
АРМ хулоса
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: R.Yusupov
Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri R.Yusupovning Jizzax davlat pedagogika universiteti ARM ida o‘tkazilgan xatlovi yuzasidan Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-oktyabrdagi 30/1-029-78 sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nazorat rejasining 4-bandida “2020-2024–o‘quv yiliga qadar ta’lim tashkilotlarida foydalanilayotgan darsliklar, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlarni xatlovdan o‘tkazish, imloviy xatolar bilan chop etilgan, ma’naviy eskirgan va boshqa tillardagi adabiyotlarni zamonaviy holda yangilash choralarini ko‘rish” to‘g‘risidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Matematika va informatika fakulteti Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri R.Yusupov boshchiligida va kafedra o‘qituvchilari U.Mamatqulova, F.Murodovlardan iborat bo‘lgan tarkibda ishchi guruh shakllantirildi va universitet ARM fondidagi 60110600-matematika va informatika mutaxassislik namunaviy o‘quv rejadagi fan dasturlariga kiritilgan adabiyotlarning barchasi o‘rganib chiqildi va tegishli izohlar bilan jadval ko‘rinishida ARM mutaxassislariga taqdim etildi. 1. Ma’naviy eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan hamda o‘quv standartlarida aks etmagan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi va universitet axborot resurs markazining yopiq fondida saqlashga tavsiya etildi. Ular asosan krill alifbosida tayyorlangan va chop etilgan, ba’zilari esa 5110700 -informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi (2020 yildan boshlab ushbu yo‘nalishga qabul to‘xtatilgan) o‘quv rejasidagi o‘quv fanlari dasturlarida qo‘shimcha adabiyotlar sifatida tavsiya etilgan va foydalanilgan. Hozirgi vaqtda esa ta’lim jarayonidagi jadal o‘zgarishlar sabab keltirilgan ro‘yxatdagi adabiyotlarga ehtiyoj sezilmaydi va keyingi 10-15 yil mobaynida ular fanlar kesimida ishlatilmagan. Kafedra mudiri: R.Yusupov Download 13.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling