Informatikadan test 11-sinf
1. Ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari yozilgan qatorni toping:
sistema bloki, modem, skaner
sichqoncha, plotter, videokamera
klaviatura, skaner, videokamera
printer, monitor, kolonka
2. Palitra nima?
ranglar majmuasi
shakl rangi
bo‘yash uskunasi
ranglar jadvali
3. Sahnasi yo‘q loyiha tayyorlash mumkinmi?
ba’zida mumkin
yo‘q
ha
ba’zida mumkin emas
4. Kompyuter tushunadigan tilda yozilgan buyruq va ko‘rsatmalar to‘plamiga … deyiladi.
dastur
ko‘rsatma
yo‘riqmoma
algoritm
5. Grafik muharirlar yozilgan dasturlar qatorini aniqlang:
Paint, Tux Paint, Paint.NET, Photoshop
Klavtren, Solo, Stamina, Paint
Bloknot, Microsoft Word
Adobe Reader, Visio, Netpaint
6. Microsoft Word-2007 versiyasining menyusi o‘zidan oldingi versiyalardan farqli ravishda qanday ataladi?
ribbon (tasma)
interfeys
ilova
menyu
7. Ikkilik kodlash qanday raqamlar bilan ifodalanadi?
1, 2
0, 1
0, 2
nuqta, tire
8. Microsoft Word dasturi qaysi kompaniyada va nechanchi yili yaratilgan?
1995-yilda, Apple kompaniyasida
1995-yilda, Microsoft kompaniyasida
2000-yilda, Intel kompaniyasida
1992-yilda, Microsoft kompaniyasida
9. Microsoft kompaniyasida yaratilgan eng ommabop operatsion tizim dasturi yozilgan qatorni toping:
Doppix
Linux
Unix
Windows
10. 1992-yilda birinchi Microsoft Office paketiga kirgan dasturlarni belgilang:
Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Access, Microsoft PowerPoint
Microsoft Word, Microsoft Access, Outlook
Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Outlook (mail)
Windows, Linux, MacOS
11. Axborotlar inson tomonidan ularning retseptorlari orqali qabul qilinadi, ularning soni … .
7 ta
5 ta
6 ta
3 ta
12. Klaviaturadagi tugmachalar qanday usulda joylashtirilgan?
QWERTY
alifbo tartibida
UNICO
ASCII
|
13. Numlock tugmachasi vazifasini aniqlang:
faqat bosh harflarni faolashtiradi
yoqori va quyi registrlarga o‘tkazadi
kirill yoki lotin harflariga o‘tishni amalga oshiradi
yordamchi paneldagi tugmachalarni faollashtiradi
14. O‘qituvchi bilan yuzma-yuz olib boriladigan an’anaviy ta’lim va onlayn ta’limning birlashtirilgan shakli nima deb ataladi?
onlayn ta’lim
interfaol ta’lim
oflayn ta’lim
aralash ta’lim
15. WordPressda saytning yuqori, o‘ng, chap, quyi qismlariga elementlar o‘rnatish qaysi bo‘lim orqali amalga oshiriladi?
Appearance-Widgets
Appearance-Header
Appearance-Themes
Appearance-Theme Editor
16. Google Classroom platformasida o‘quv kursiga kiritilgan materiallar ketma-ketligi bilan tanishish qaysi bо‘lim orqali amalga oshiriladi?
Stream
People
All Topics
Classwork
17. Quyidagilardan qaysi biri Freelance saytlari hisoblanadi?
instagram.com
schoology.com
coursera.org
freelancer.com
18. Mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga oshirish qanday ataladi?
brend
maqsadli auditoriya
ijtimoiy media marketing
ijtimoiy media
19. Quyidagilardan qaysi biri LMSning bulutli platformalari hisoblanadi?
LearnDash
Google Сlassroom
Moodle
BlackBoard
20. LMS platformalari necha turga bo‘linadi?
tо‘rt turga
ikki turga
uch turga
besh turga
21. Tashkilot va jamoatchilik o‘rtasidagi axborot oqimini boshqarish qanday ataladi?
copyrighter (kopirayter)
freelancerlik
SEO (qidiruv tizimini optimallashtirish)
PR (public relations)
22. Udacity ommaviy ochiq onlayn kurs manzilini kо‘rsating.
udacity.com
udemy.com
coursera.org
udacity.org
23. О‘zbek tiliga mahalliylashtirilgan ommaviy ochiq onlayn kurs platformasini kо‘rsating.
Coursera
Udemy
EdX
Khan Academy
24. Telegram tarmog‘ida Manage channel orqali qanday ishlarni amalga oshirish mumkin?
kanalga logotip o‘rnatish, administratorlarni belgilash
kanalga foydalanuvchilarni qo‘shish
kanalda turli so‘rovnomalarni tashkil etish
kanalga logotip o‘rnatish
|
25. Garvard va Massachusets texnologiya institutlari tomonidan 2012-yilda tashkil etilgan, dunyo bo‘yicha barcha ta’lim oluvchilar uchun yuqori sifatli kurslarni taklif etuvchi platformani kо‘rsating.
Coursera
Udemy
EdX
Khan Academy
26. Quyidagilardan qaysi biri Freelance сайтлари hisoblanadi?
lektorium.tv
moodle.org
facebook.com
upwork.com
27. Taqdim etish usuli bo‘yicha model turlarini ko‘rsating.
matematik va iqtisodiy matematik
statik, dinamik
o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot
axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy
28. Obyektning vaqt davomida o‘zgarish jarayonini aks ettiruvchi modellar – … .
statik modellar
o‘quv modellari
imitatsion modellar
dinamik modellar
29. Biror maqsadga erishishga qaratilgan, ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan buyruqlar ketma-ketligi qanday ataladi?
algoritm ijrochisi
diskretlilik
algoritm
aniqlilik
30. Birorta shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga ... deyiladi.
takrorlanuvchi algoritm
chiziqli algoritm
aralash algoritm
tarmoqlanuvchi algoritm
31. Jarayon va hodisalarni tadqiq qilish uchun qo‘llaniluvchi modellarni ko‘rsating.
imitatsion modellar
ilmiy-texnik modellar
tajriba modellari
o‘quv modellari
32. Bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini yasash va o‘rganishdan iborat jarayon qanday ataladi?
model
obyekt
modellashtirish
soha
33. Mantiq so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
lotincha, fikrlash ilmi
yunoncha, so‘z boyligi
yunoncha, fikrlash ilmi
lotincha, so‘z boyligi
|
34. Vaqt omili bo‘yicha model turlarini ko‘rsating.
statik, dinamik
o‘quv, tajriba, o‘yin, imitatsion, ilmiytadqiqot
matematik va iqtisodiy matematik
axborot (nomoddiy, mavhum) va moddiy
35. A mulohazaning qiymati rost bo‘lganda yolg‘on, yolg‘on bo‘lganda rost qiymatga o‘zgartira oladigan amal qanday ataladi?
implikatsiya
dizyunksiya
konyunksiya
inversiya
36. Algoritmning diskretlilik xossasining ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar yagona ma’noga ega, aniq mazmunli bo‘lishi shart
ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishi, ijrochining imkoniyatlariga javob berishi shart
algoritmni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash kerak
har bir algoritm, o‘z mazmuniga ko‘ra, bitta turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo‘lishi lozim
37. Xulosa deb nimaga aytiladi?
obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakliga
tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakliga
obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakliga
qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalovchi mulohazalarga
38. Algoritm turlarini kо‘rsating.
diskretlilik, aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik
sо‘zlar, jadval, formula, grafik, dastur
sodda, murakkab, sikl
chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi
39. Tushuncha deb nimaga aytiladi?
obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakliga
tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy mantiqiy shakliga
obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakliga
qismlarga ajratilmaydigan, biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bitta holatni ifodalovchi mulohazalarga
40. Mantiqning qanday yo‘nalishlari mavjud?
falsafiy, dialektik, matematik
formal, fizik, matematik
falsafiy, fizik, matematik
formal, dialektik, matematik
|
Do'stlaringiz bilan baham: |