Informatsion dasturda boshlovchining tutgan o‘rni va ahamiyati reja: Kirish I bob. Telejurnalistika sohasida boshlovchi-jurnalistlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Download 19.13 Kb.
|
1 2
Bog'liqTelevideniye kirish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- INFORMATSION KO‘RSATUVLARIDAGI BOSHLOVCHILIKNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
- Mavzuning dolzarbligi.
INFORMATSION DASTURDA BOSHLOVCHINING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI REJA: Kirish I BOB. TELEJURNALISTIKA SOHASIDA BOSHLOVCHI-JURNALISTLARGA NISBATAN QO‘YILADIGAN TALABLAR 1.1. Telejurnalistikada “professional mahorat” tushunchasi 1.2. Boshlovchi va suhandon (diktor), ular o‘rtasidagi farq II BOB. INFORMATSION KO‘RSATUVLARIDAGI BOSHLOVCHILIKNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI 2.1. Informatsion dasturda boshlovchi mahoratini belgilovchi omillar 2.2. Turli janr va yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlar boshlovchilariga qo‘yiladigan talablar, ularning farqi KIRISh Ommaviy axborot vositalari insonning hayoti davomida unga hamroh bo‘ladilar, kishilar ongiga har tomonlama kuchli ta’sir ko‘rsatadilar. Shu boisdan inson shaxsining shakllanishi ko‘p jihatdan OAV qanday g‘oyalarni qay yo‘sinda tarqatishlariga bog‘liq bo‘ladi. «Televideniye» so‘zi grekcha «tele» va ruscha «videniye» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «uzoqdan ko‘rish» ma’nosini bildiradi. Harakatlanayotgan va harakatsiz obyektlarning tasvirini elektr qurilmalari vositasila olisga uzatish va ularni qabul qilib olishga «televideniye» deb aytiladi1. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida erkin ommaviy axborot vositalarining izchil rivoj topishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildiki, buning samarasida ular tom ma’noda ozod va mustaqil OAVga aylandi. O‘tkir ta’sir kuchiga ega bo‘lgan televideniye va radio sohasini izchil taraqqiy ettirish jamiyatning doimiy e’tibor markazida bo‘lishi tabiiy.” Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy jamiyatda ommaviy axborot vositalari eng muhim ijtimoiy institutlar qatoridan joy olganligi sir emas. Ular orasida ayniqsa televideniye qudratli ommaviy kommunikatsiya vositasi sanaladi. O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan televizion uzatuvlar jarayonida ikki tomon, ya’ni teleboshlovchi va tomoshabin o‘zaro ta’sirga kirishadi. Ushbu o‘zaro ta’sir turli fanlar (sotsiologiya, psixologiya, jurnalistika va boshqalar) tomonidan o‘rganiladi. Odatda, tadqiqotchilar tomonidan televideniyening o‘zi efirga uzatilayotgan axborot muallif-boshlovchi tomonidan personifikatsiyalangan (o‘zlashtirilgan, shaxsiylashtirilgan) yagona audiovizual ommaviy axborot vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu bois boshlovchi yoki ko‘rsatuv qahramonining shaxsi, uning kasb mahorati ulkan ahamiyat kasb etadi. Bu ayniqsa axborot dasturlariga tegishli, chunki aynan informatsion dasturlarning boshlovchilari, taniqli shaxslar sifatida keng tomoshabinlar auditoriyasiga kuchli ta’sir o‘tkazadilar. Demak, teleboshlovchilarning tomoshabinlar auditoriyasiga ta’siri mexanizmlarini, ularning mahoratiga doir ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ilmiy jihatdan o‘rganish va anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Televizion jurnalistikani boshqa jurnalistika turlaridan ajratadigan asosiy xususiyat, audiovizual medianing o'ziga xosligi hisoblanadi. Televizion jurnalistikada ma'lumotlarni tarqatishga vizual aspekt, vizual effektlar va tasvirlar juda muhimdir. Shuningdek, televizion jurnalistikada efirda harakatli rasmlar, video ko'rinishlar, grafikalar, animatsiyalar va boshqa audiovizual vositalardan foydalaniladi, bu esa ma'lumotlarni kuchliroq va ta'sirchan qiladi. “Televideniye, boshqa barcha ommaviy axborot vositalari qatorida, inson uchun osonroq idrok etishi mumkin bo`lgan ommaviy aloqa vositasidir. Chunki gazeta o‘qish yoki radio tinglash bilan solishtirganda, tasvir orqali inson kamroq aqliy kuch sarflaydi”2. Teleboshlovchi mahorati, kishining shaxsiyatiga doir tavsif bo‘lib, uning boshqa shaxsga kommunikativ ta’sirini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bois boshlovchilik mahoratining mohiyatini tushunish, uning qanday shakllanishi va takomillashishini tadqiq qilish muhim. Ushbu masala tadqiqoti jurnalistika fani nazariyasi va amaliyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi, chunki teleboshlovchi katta tomoshabinlar auditoriyasiga chindan ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi, omma fikrini shakllantirishda qatnashadi. Televideniyening ijtimoiy institut sifatidagi muhim roli hamda teleboshlovchilarning auditoriyaga ta’sir kuchining tan olinishiga qaramay, boshlovchilik mahoratiga doir fenomenning o‘zi hozircha chuqur va ko‘lamdor tadqiqotlarning mavzusiga aylanmagan. Bundan tashqari, boshlovchilik mahoratining ijtimoiy-psixologik tabiatiga doir tadqiqotga ehtiyoj yana shu bilan belgilanadiki, mazkur mahorat televideniyedan tashqari yana boshqa professional sohalarda (radiojurnalistika, sotsiologiya, menejment, reklama, san’at, piar, shou dasturlar va hokazo), kundalik muloqot jarayonlarida ham keng qo‘llanilmoqda. Vaholanki, mahoratli teleboshlovchining tavsiflari, uning professional va shaxs sifatidagi fazilatlari ilmiy jihatdan to‘laligicha tadqiq qilinib, ko‘rib chiqilmagan. Shu tariqa, tadqiqotimiz mavzusining dolzarbligi teleboshlovchilar, ayniqsa axborot dasturlari boshlovchilarining teletomoshabinlarga ta’siri juda ahamiyatli ekanligi, mana shu ta’sir mexanizmlarini ochib berish bilan bog‘liq jurnalistika nazariyasi va amaliyoti ehtiyojlari bilan belgilanadi. Mavzuning dolzarbligi, teleboshlovchi mahoratiga doir o‘ziga xos jihatlar borasida hal qilinmagan nazariy va amaliy masalalarning mavjudligi tadqiqot predmeti va ob’ekti tanlovi hamda uning maqsadini asoslab berdi. Download 19.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling