Botanika kafedrasi


Download 44.5 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1218272
Bog'liq
Test namuna (2)


2022-2023 o‘quv yili I semestrida BOTANIKA KAFEDRASI tomonidan o‘qitilgan va yakunlangan (yoki yakunlanadigan) fanlar bo‘yicha
TESTLAR BAZASI


(Ushbu testlar tegishli fan va ishchi o‘quv dasturlariga hamda uning O‘UMga mos holda tuzilgan)

O‘quv yili: 2022/2023-yil


O‘qituvchi: ________________________________
Kafedra mudiri: ________________________________
Yo‘nalish nomi: Biologiya (turlari bo‘yicha)
Yo‘nalish shifri: 60510100
Fan: Mikrobiologiya va virusologiya
Fanning o‘quv rejadagi shifri: MBVB209
Kurs: 2, Semestr: 3
Guruh: B-121, B-221, B-321, B-421, B-521
Ma’ruza – 30 soat
Laboratoriya – 30 soa
Seminar – ___ soat
Amaliy – ___ soat


1-mavzu: Mikrobiologiya fani, o‘rganish obyektlari, vazifasi hamda bo‘limlariga tavsif. -2 soat ma’ruza, 2-soat amaliy.
2-mavzu: Mikrobiologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi. -2 soat ma’ruza, 2-soat amaliy.
3-mavzu: Mikrobiologiya tadqiqodlarinining asosiy usullari –2 soat ma’ruza, 2-soat amaliy.
4-mavzu: Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o‘rganish usullari. Zamonaviy mikroskoplar. -2 soat ma’ruza, 2-soat amaliy.
5-mavzu:…….?


1-mavzu: Mikrobiologiya fani, o‘rganish obyektlari, vazifasi hamda bo‘limlariga tavsif. -2 soat ma’ruza, 2-soat amaliy.
1. Mikroorganizmlarni o‘rganadigan fan.
*A) Mikrobiologiya
B) Mikologiya
C) Algalogiya
D) Virusologiya
2. Yorug‘lik mikroskopining kattalashtirish ko‘rsatkichi nechaga teng ?
*A) 3000
B) 2000
C) 2500
D) 4000
3. Ichimlik suvlarini nazorat qilish va har xil zavod, fabrika va korxonalardan chiqadigan suvlarni tozalash ishlari mikrobiologiya fanining qaysi sohasi yordamida o‘rganiladi ?
*A) Suv mikrobiologiyasi
B) Geologiya mikrobiologiyasi
S) Oziq-ovqat mikrobiologiyasi
D) Sanoat mikrobiologiyasi
4. Saxaromitset achitqilari necha % gacha oqsil sintezlay oladi.
*A) 45 - 50%
B) 60-70 %
C) 40-45 %
D) 50-60%
2-mavzu: Mikrobiologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi. -2 soat ma’ruza, 2-soat amaliy.
1. Paster davrida antirabik ya’ni quturishga qarshi emlashlar paydo bo‘lgan va ular juda keng ko‘lamda tarqalgan. Bu ishlar natijasida qanday yangi fan paydo bo‘lishiga erishilgan ?
*A) Immunologiya
B) Virusologiya
C) Mikrobiologiya
D) Fiziologiya
2. 1892 yilda filtrlanuvchi viruslarni aniqlagan va virusologiya faniga asos solgan olimni aniqlang?
*A) D.I.Ivanovskiy
B) G.A.Nadson
C) V.L.Omelyanskiy
D) R.Guk
3. “Xemosintez” jarayonini ochgan olim kim ?
*A) S.N.Vinogradskiyning
B) G.A.Nadson
C) D.I.Ivanovskiy
D) V.L.Omelyanskiy
4. Qanday jarayonlar mexanizmini aniqlash orqali mikrobiologiya rivojlanishidagi 3-davr “Mikrobiologiyaning bioximiya yo‘nalishi”ga asos solingan?
*A) Nafas olish va bijg‘ish jarayonlari
B) Nitrifikatsiya va denaturatsiya jarayonlari
C) Dissimilyassiya va bijg‘ish jarayonlari
D) A va C javoblar to‘g‘ri
3-mavzu: Mikrobiologiya tadqiqodlarinining asosiy usullari –2 soat ma’ruza, 2-soat amaliy.
1. Havodagi mikrooroganizmlarni aniqlashda tayyorlangan preparat Petri likobchasida termostatga necha kun mobaynida o‘stirishga qo‘yiladi.
*A) 7 kun
B) 5 kun
S) 10 kun
D) 3 kun
2. To‘g‘ri tayyorlangan surtmada bakteriyalar qanday qatlam hosil qiladilar ?
*A) yupqa qatlam
B) qalin qatlam
S) qatlam hosil qilmaydi
D) a va b javoblar to‘g‘ri
3. Tirik mikroorganizmlar populyasiyasiga nima deyiladi ?
*A) bakteriya kulturasi
B) toza kultura
S) virus kulturasi
D) aralash kultura
4. Hujayralarini Gram bo‘yicha differensial bo‘yash usuli kim tomonidan aniqlangan ?
*A) F. Gram
B) P.F. Goryaninov
S) D. S. Samoylovich
D) X. Gram
4-mavzu: Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o‘rganish usullari. Zamonaviy mikroskoplar. -2 soat ma’ruza, 2-soat amaliy.
1. Mikroskoplar uchun linzalar sistemasini takomillashtirgan olim kim
*A) Ernest Abbe
B)Antoni van Levenguk
S) Lui Paster
D) R. Guk
2. Mikroskopning mexanik qismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang ?
*A) buyum stolchasi
B) yoritgich apparat
S) ob’ektiv
D) okulyar
3. Mikroskopning optik qismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang ?
*A) barcha javob to‘g‘ri
B) okulyar
S) ob’ektiv
D) yoritgich apparat
4. Mikromurvatni bir aylanishi tubusni necha mm ga suradi ?
*A) 0,1 mmga
B) 0,01 mmga
S) 0,001 mmga
D) 1 mmga
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling