"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Avtomatlashgan loyihalash tizimi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

Avtomatlashgan loyihalash tizimi. Bundan 60 yil muqaddam paydo bo‘lgan avtomatlashgan 
loyihalash tizimi (ALT) o‘z mazmunini o‘zgartirib, uzluksiz tadrijiy rivojlandi. Dastlab u tugal 


41 
avtomatlar metodining strukturali tahlili bilan bog‘landi. Keyinchalik asosiy e’tibor avtomatlashgan 
loyihalashga qaratildi. 
Loyiha-konstruktorlik ishining asosiy turlari quyidagicha: bevosita loyihalash, chizib-yozish, 
eksperimentlash, tuzatishlar kiritish va hokazo. Bunda ishlab chiqishga ketadigan vaqtning yarmini 
hujjatlarni tayyorlash, sxema, chizmalarni chizish va tayyorlash, ularni tahrir etish va to‘g‘rilashga 
ketadi. 
Loyihalash jarayonida juda ulkan grafik axborotni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Uni yaratish va 
qayta ishlash ikki tarkibiy qism: bir tomondan sistemali va mantiqiy loyihalash va ikkinchi tomondan 
konstruktorlik loyihalashi hamda chizmachilikdan tashkil topadi. Bu ikkala bosqich juda mayda ishlarni 
o‘z ichiga oladiki, ular avtomatlashtirilishi mumkin. Ayniqsa, ikkinchi bosqichda mayda ishlar hajmi 
ancha ko‘p. 
ALT yuqori malakali katta mehnatni talab etuvchi murakkab dasturiy-texnik komplekslarni o‘zida 
namoyon etadi. Ko‘pgina sanoat ALTlarining qiymati millionlab dollar turishi bejiz emas. Hatto shaxsiy 
kompyuterdan foydalanilgan holda shaxsiy hisoblashga yo‘naltirilgan ALT ham ancha qimmat turadi. 
Masalan, ALTning Avto Disk firmasi ishlab chiqqan Avto CAD paketi narxi 4000 dollar turadi. 
Belgilangan maqsadlar va cheklanishlarni qondiruvchi yangi mahsulot yaratish vazifasi qo‘yilgan 
har bir joyda shundan foydalanish mumkin. Hozirgi paytda ALT mashinasozlik va radioelektronika kabi 
sohalarda eng ko‘p tarqalgan.
Hozirgi paytda avtomatlashgan loyihalash tizimlari turli sohalardagi loyihalash ishlarini amalga 
oshirish uchun keng iste’molchilar ommasiga mo‘ljallab ishlab chiqilmoqda. ALT paketlarining 
rivojlanishi tufayli yarim ekranli menyu asosidagi interfeys, ikki va uch o‘lchovli grafikdan 
foydalanilmoqda, sintezlashgan obyektlarni modellash va testlash vositalari bilan ta’minlangan. 
ALTning o‘ziga xos tomoni — bu turdagi tizimlar komponentlari tarkibiga maxsus talablardir. 
ALT loyihalash bo‘yicha mutaxassislar foydalanishi uchun belgilangan ekan, ular loyihachining EHM 
bilan muloqotida maxsus rivojlangan vositalarga ega bo‘lishi lozim. 
ALTni qo‘llashning eng ko‘p tarqalgan sohalari quyidagilardir: 
• loyihalash jarayonida ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish
• mahsulotlarni sintez qilish vazifalari; 
• shakllarni loyihalash, jamlash, belgilash
• foydalanishda obyektlarni modellash; 
• muhandislik-texnik va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar; 
• loyihali hujjatlarni tayyorlab chiqarish; 
• smetalar hisob-kitobini avtomatlashtirish; 
• texnologik hujjatlarni (marshrutlar, xaritalar, qayta ishlash rejimlari) tayyorlab chiqarish; 
• raqamli dasturiy boshqaruv (ALT)ga ega stanoklar uchun dasturlarni shakllantirish. 
Bugungi loyihalash amaliy dasturlar paketlari (ADP) juda samaralidir, chunki ular konkret loyiha 
talablariga muvofiq turli komponentlarni o‘rnatish, boshqa joyga ko‘chirish va qayta taqsimlash 
imkoniyatini ta’minlaydi. Ular loyiha ishlab chiquvchiga keng ko‘lamda harakatlar erkinligini beradi va 
optimal variantni olish vaqtini ancha qisqartiradi. Masalan, Math Soft firmasining Math CAD paketi 
interaktiv rejimda displey ekranida qulay vazifalarni amalga oshirish, tahrir qilish va aks ettirish, 
shuningdek tahliliy yoki grafik shaklda berilgan tenglamalarni yechishga imkon yaratadi. Yaratilgan 
grafiklarga istalgan tushuntiruvchi matn kiritilishi mumkin, grafiklarning o‘zi esa ma’lumotlar bazasida 
saqlanadi va istalgan matnli hujjatda keyinchalik ham mavjud bo‘ladi. Math CAD tizimi trigonometrik 
funksiyalarga ega bo‘lib, masalan, Cu halqaro tizimidan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari 
qurilgan sintaktik analizatori kiritilayotgan formulalarning sintaktik jihatdan to‘g‘riligini tekshiradi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling