Informatsiya haqida tushuncha. Jamiyatda informatika fanining roli


Download 47.63 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi47.63 Kb.
#1014309
Bog'liq
Yusufov Og\'abek


Reja:


  1. Informatsiya haqida tushuncha.

2. Jamiyatda informatika fanining roli.
3. Jamiyatda informatika fanining o’rni.
4. Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni.

Informatsiya atamasi lotincha “Information” so’zidan kelib chiqqan bo’luib, o’zbekchada tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi.


O’z navbatida, xabar- axborot ( informatsiya) ni tasvirlash shakli bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va Hh.k ko’riunishlarda ifodalanadi. 
Umuman olganda, axborot- bu odamlar orasidagi, odamlar bilan EHM lar oreasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’noda ilmiy tushunchadir. Informatika bu – inson faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorligini o’z ichiga oladi.
“Informatka” so’zi dastlab, XIX asrning 60- yillarida Fransiyada vujudga keladi. U informatsiya va avtomatika so’zlarini birlashtirishdanb hosil bo’lib, “ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash” degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter fani deb ataladi. Mustaqil fansifatida informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqalarning umumiy prinsplari haqidagi fan- kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
Informatikaning asosiy vazifasi- axborotlarni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.
Informatika quyidagi masalalarni echadi:
    • ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;


    • axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika va texnalogiyalarni yaratish;


    • jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnalogiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini echishni yaratish hamda ularni tadbiq etish;




Shartli ravishda informatikani uchta o’zaro bog’liq qismga bo’lish mumkin:


    • Apparatli texnika vositasi;


    • Dastur muhiti.


    • Algoritmlar muhiti.




Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekomunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnalogiyasi bazasidan ixtiyoriy obektlarni boshqarish jarayonlarining axborot ta’minoti metodologiyalarini, tadbiqiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot sistemalarini yaratish bilan shug’ullanadi.
O’z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmog’I, hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodiy, yuridik faoliyatga va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan bo’lsak, bu shu soha mutaxasislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo’lgan, doimoyangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to’plami bo’lib hisoblanadi.
Xsusan, axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy ma’lumotlaranfarqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan korxona vashu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir. 
Iqtisodiy axborot- bu ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalardagi, odamlar jamoasidagi ijtimoiy- qitisodiy jarayonlarini aks ettiruvchi va ularni boshqarish uchun xizmat qiluvchi ma’lumotlar to’plamidir.
Ko’p hollarda axborot o’rniga berilganlar degan ancha farq quiluvchi jumla ishlatiladi.
Axborot bu- aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilganlar esa xabarlar, kuzatishlar natijalarini o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug’ilganda, masalan, narsa to’g’risidagi bilimini oshirish paytida bu axborotga aylanadi. 
Axborotning amalga qo’llanilishining zarur sharti uning o’z vaqtidaligi va adekvatligidir. Adekvaktlik bu- olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy obektga qanchalik mosligini beradi va u 3 formaga foydalaniladi:

    • Sintaktik adekvatlatlilik- bu axborotni uzatish tezligi aniqligi kodlashtirish sistemasi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi, va shu kabi jarayonlardan iborat;


    • Semantik adekvatliligi- uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, obekt obraziga va real ko’rinishiga mos kelishligi hisobga olinadi.


    • Pragmatik adeklatliligi – olingan axborotni asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi;




Bular yanada yaxshiroq tasavvur etishi uchun hayoriy bir misol olamiz, faraz qilaylik, siz avtomobvil bozorida ishlovchi firmada menejir bo’lib ishlaysiz va avtomabil texnikasini namoyish etuvchi ko’rgazmaga taklfnoma oldingiz bu taklifnomada ko’rgazma bo’ladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi to’g’risida ma’lumotlar b’lishi mumkin. Agar ko’rgazma yopilganidan so’ng bu taklifnomani olganingizda u sizga kerak bo’lmay qolardi. O’z vaqtida emasligi sababli undan foydalanib bo’lmaydi. 
Sintaktik adekvatliligi talablarini bajarish uchun taklifnoma blankasi butun bo’lishi, qattiq qog’ozdan tayyorlanganligi, shirflarning oson o’qiladiganligi va shu kabilar. Ya’ni, bu erda biz faqat axborot uzatish jarayoni to’g’risida bosh qotiramiz va unda nima yozilganligi bizni qiziqtirmaydi. Sematik adekvatligi bizdan taklifnomadagi xabarni haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Pavilon nomerlari, tadbirning bo’lish vaqti mos kelishi tekshiriladi. 
Informatikaning axboerotlashgan jamiyatdagi o’rni.
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnalogiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar dsesak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashinish, ularni uzatish inson faoliyatning asosiy negizini tashkil etadi. 
Hozirgi kunda axborot texnalogiyasijamiyatning jadal rivojalanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnalogiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa- da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnalogiyalari mavjud yangi texnalogiyalar orasida etakchi o’rinni egallamoqda.
Axborot texnalogiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat sohalari tashkil etadi. Axborot texnalogiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnalogiyalari turmushning barcha sohalariga brogan sari ko’proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot texnalogiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratilishi mumkin. Birinchi turdagi texnalogiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnalogiyalariga chiptalar buyurtma qilish , mehmonxona hisob- kitoblari tizimlari misol bo’ladi. Yaratuvchi axborot texnalogiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalaniladigan va insonni tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladigan tizimlardan iborat. 
Axborot texnalogiyalarining hozitgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axcborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo’ladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish- inson hayotining barcha jabhalarida intellectual faolyatning rolini oshirish bilan bog’liq obektivjarayon hisoblanadi. 
Jamiyatni axborotlashtirishrespublkamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o’sishi hamda fan – mexanika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi. 
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini besh asosiy yo’nalishiga ajratish mumkn:

  1. Mehnat, texnalogik va ishlab chiqarish jarayoyonining vosita jarayonini kompleks avtomatlashtirish.


  1. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.


  1. Tashkiliy – iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.


  1. Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.




Axborot har qanday fan borligini ba’zi tushunchalarni umumlashgan bir- biriga bog’langan holda o’rganadi. Masalan, fizika tabiddagi voqealar hodisalar ularning kelib chiqish shar- sharoitlari, ulardan hayotda foydalanish kabilar foydalanadi. Fizikani o’qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni amalda tekshirish tashkil etadi. Har ikki holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga etkazish. 
Bilimolish, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoyat kattadir. Axborot qanday ko’rinishda foydalanishdan qat’iy nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidaglar belgilaydi:
Birinchidan o’qitishda yangi axbotrot texnalogiyalaridan foydalanish standart ( anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilimga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi. Bilim berishga deferensiyalash bilan yondashish, olingan bilimlar takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi. Talabani o’quv jarayonini suvektlashtiradi.
Ikkinchidan yangi axborot texnalogiyalaridan ta’lim tarbiyajarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:

  • Ma’lum predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari.


  • Kompyuter darslari ko’rgazmali material sifatida.


  • Talabalarning guruhiy va fondlash ishlarini tashkillashtiradi.


  • Talabalarning ilmiy izlamnishlarini tashkillashtirishda;


  • Talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va h.k.




Hozirgi davrni informatikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi - axborotdir.
Axborot atrof - muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari, xosiyatlari va holatlari to’g’risidagi ma’lumotdir. 
Axborot texnologiyasi (AT) ob’ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang’ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Telekommuniktsiya kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatish.
Axborot jamiyatining moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommuniktsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot - xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zaxira bo’lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda.
Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma’lumotlari, bilimlari yig’indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan - texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va "xom ashyo"sidir. 
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan - texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya’ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.
Ko’rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to’liq, axborot jarayonlari ko’p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. CHindan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.
YUqorida qayd qilinganidek, jamiyatni axborotlashtirishda muhim tushunchalardan biri axborot zaxiralari tushunchasidir. 
Axborot zaxiralari - alohida hujjat va alohida hujjat to’plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlaridagi)dagi hujjatlar va hujjatlar to’plamidir.
Texnologiya - so’zi yunoncha (techne) san’at, mahorat, o’quv ma’nolarini anglatadi. Axborot neft, gaz, foydali qazilmalar va boshqalar kabi an’anaviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslanganda texnologiya sifatida qabul qilinishi mumkin.
Axborot texnologiyalarining maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti - harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir.
Axborot texnologiyasi ob’ekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar (boshlang’ich axboroti)ni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari - shaxsiy kompyuterlar va telekommuniktsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do’stona interfeysli axborot texnologiyasidir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining uch asosiy tamoyili:

  • kompyuterli interaktiv (muloqotli) ish rejimi;


  • boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integrtsiyalashlik (tutashish), o’zaro aloqa;


  • ham ma’lumotlar, ham vazifaning qo’yilishi jihatidan o’zgarishlar jarayonlarining moslashuvchanligi.




 Zamonaviy axborot texnologiyalarining 
asosiy xususiyatlari


Uslubiyat 


Asosiy belgi


Natija

Axborotni qayta ishlashning prinsipial yangi vositalari

Boshqaruv texnologiyasi "ichiga o’rnashish"


Kommuniktsiyalarning zamonaviy texnologiyasi


.YAxlit texnologik tizimlar 


Mutaxassislar va menejelar ishining integrtsiyasi


Axborotni qayta ishlashning zamonaviy . texnologiyasi


Axborotni maqsadga yo’naltirilgan xolda yaratish, uzatish, saqlash va aks ettirish 


Ijtimoiy muhit qonuniyatlarini hisobga olish


Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy texnologiyasi




Axborot texnologiyalari o’ziga asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan chambarchas bog’liq. Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanuvchi ma’lumotlar ustidan turuvchi turli murakkablik darajasidagi opertsiyalar, amallar, bosqichlarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. 
Zamonaviy axborot texnologiyasidan foydalanishning oqilona uslubiyati katta moslashuvchanlikka erishish, umumiy standartlarni qo’llab - quvvatlash, mahalliy axborot mahsulotlarining to’g’ri kelishini amalga oshirish, faoliyatda bir - birini takrorlashni kamaytirish va boshqalarni amalga oshirish imkoniyatini va iqtisodiy jihatdan yuqori unumdorlikka erishishga yo’l ochib beradi.
Axborot texnologiyalarining samaradorligi va moslashuvchanligi ko’p jihatdan qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlashning interfeys tizimi xususiyatlariga bog’liq. Interfeys: foydalanuvchining tili; displey ekranida muloqotni tashkil etuvchi kompyuter xabarining tili, foydalanuvchining bilimini belgilaydi.
Foydalanuvchi tili - bu shunday harakatlarki, ularni foydalanuvchi tizimga nisbatan klaviatura imkoniyatlari; ekranda yozuvchi elektron qalamlar djoystika; " sichqonlar "; ovoz bilan beriladigan buyruqlar va hokazolardan foydalanish yo’li bilan amalga oshiradi. Foydalanuvchi tilining eng sodda shakli kirish va chiqish hujjatlari shaklini yaratishdir. Foydalanuvchi kirish shaklini (hujjatni) olib, uni zarur ma’lumotlar bilan to’ldiradi va kompyuterga kiritadi. Qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlash tizimi zarur tahlilni amalga oshiradi va belgilangan shakldagi chiqish hujjati ko’rinishida natijalarni beradi. 
Mavjud ishlanmalar foydalanuvchidan jiddiy cheklanishlar: muayyan so’z va ifodalar jamlanmasi; foydalanuvchi ovozining o’ziga xosligini hisobga oluvchi maxsus sozlash; odatdagi silliq nutq ko’rinishida emas, balki diskret buyruq ko’rinishidagi boshqarishlarni talab etadi.
Xabarlar tili - bu, foydalanuvchi displey ekranida ko’radigan (ramzlar, grafika, rang ) printerda olinadigan ma’lumotlar, tovushli signallar va hokazolardir. Hozirgi paytda quyidagi muloqot shakllari: so’rov-javob rejimi, buyruq rejimi, menyu rejimi kompyuter taklif etgan ifodalarda kirishga qo’yish (propusk)ni to’ldirish rejimi eng ko’p tarqalgandir.
Har bir shakl vazifaning turi, foydalanuvchining o’ziga xosliklari va qabul qilayotgan qarorlariga bog’liq holda o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Uzoq vaqtlar xabarlarni amalga oshiruvchi yagona til harflarda yoki displey ekraniga chiqarilgan hisobot yoki xabarlar bo’lgan. Endilikda chiqish ma’lumotlarini taqdim etuvchi yangi imkoniyat – mashina grafikasi paydo bo’ldi. U ekran va qog’ozda uch o’lchovli ko’rinishda rangli grafik tasvirlarni yaratish imkoniyatiga ega. Mashina grafikasidan foydalanish chiqish ma’lumotlarining ko’rgazmaliligi va talqin ettirishni ancha oshira borib, qaror qabul qilishni qo’llab – quvvatlashning axborot texnologiyalarida tobora ommaviylashmoqda. 
So’nggi bir necha yil mobaynida mashina grafikasi rivojlanishining yangi yo’nalishi – multipliktsiya ko’zga tashlanadi. Multipliktsiya jismoniy tizim va ob’ektlarni modellashtirish bilan bog’liq qaror qabul qilishni qo’llab – quvvatlash tizimlarini talqin qilish uchun ayniqsa samarali bo’lmoqda. 
YAqin yillarda xabarlar tili sifatida inson ovozidan foydalanish kutilmoqda. Hozir bu shakl moliya sohasida qarorolarni qabul qilishni qo’llab – quvvatlash tizimida qo’llanilmoqda, unda favqulodda hisobotlar yuzaga kelishi jarayonida u yoki bu holatning yagonaligi sabablari tushuntirilmoqda.
Foydalanuvchining bilimlari – bu, foydalanuvchi tizim bilan ishlashda bilishi lozim bo’lgan narsalardir. Ular nafaqat foydalanuvchi miyasida bo’lgan hatti – harakatlar rejasi, balki kompyuter beradigan darsliklar, ko’rsatmalar, ma’lumotnoma xabarlariga ham oiddir.
Qarorlarni qabul qilishni qo’llab – quvvatlash tizimi interfeysini takomillashtirish ko’rsatilgan uch kompyuterlardan har birining rivojlanishidagi yutuqlar bioan belgilanadi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarining kundan – kunga rivojlanib borishi ulardan xalq xo’jaligining barcha sohalarida unumli foydalanish uchun zamin yaratib bermoqda. 
Axborot tizimi haqida tushuncha.
1.Axborot tizimi va uning turlari.
2.Axborot tizimidagi jaraenlar.
3.Axborot tizimi va texnologiyasi orasida munosabat.
4.Dasturlash tizimi.
1.Axborotlar tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish bilan bog’lik jarayonlarga tegishlidir. CHunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlar tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi.
An’anaviy axborot tizimi sifat jihatidan o’zgara boshladi. Boshqaruv apparatida hisoblash texnikasi vositalarini qo’llash asosida yagona funksiyasi ishonchli axborot bilan boshqarish jarayonini ta’minlash bo’lgan yangi tuzilma bo’linmasi paydo bo’ldi. SHu tarzda boshqaruv konturida yangi axborot oqimlari paydo bo’ldi, eski oqimlar o’z yo’nalishini qisman o’zgartirdi. An’anaviy axborot tizimining bir qismi axborotni qayta ishlashni tobora ko’proq avtomatlashtirish yo’nalishida sekin - asta, lekin izchil ravishda shakllana boshladi.
Qo’llanish sohasiga ko’ra bunday tizimlarining quydagi turlarini ko’rsatish mumkin: 
  • texnik axborot tizimlari;


  • iqtisodiy axborot tizimlari;


  • ijtimoiy sohalardagi axborot tizimlari va boshqalar. 




 Har bir tizim tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi: 


  • tizim tuzilishi - tizimning ko’plab elementlari va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar. Misol: firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilmasi; 


  • tizim har bir elementining funksiyalari. Misol: boshqaruv funksiyalari - firmaning muayyan tuzilma bo’linmalari tomonidan qaror qabul qilinishi;


  • umuman olgandagi har bir element va tizimning kirishi va chiqishi. Misol: tizimga tushuvchi va undan chiquvchi moddiy yoki axborot oqimlari.


  • tizim va uning ayrim elementlari, maqsadlari va cheklanishlari. Misol: eng ko’p foydaga erishish, moliyaviy cheklanishlar;


  • har bir tizim bo’linish va yaxlitlik xususiyatiga egadir. 




 Axborotlar tizimi aniq bir ob’ekt uchun yaratiladi. Samarali axborotlar tizimi boshqarish, amaliy sohalar darajalari o’rtasidagi farqlarni, shuningdek tashqi holatlarni e’tiborga oladi va boshqarish funksiyasini samarali amalga uchun zarur bo’lgan axborotnigina beradi.
Axborot tizimi - boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun xodimlarini turli xil axborot bilan ta’minlovchi ob’ekt haqidagi axborot yig’ish, uzatish va qayta ishlash bo’yicha ma’lumotlar va kommuniktsiyaviy tizimni o’zida namoyon etadi.
Axborotlar tizimlarini tadbiq etish nafaqat mayda - chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv - chizib ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va hokazolar ), zamonaviy telekommuniktsiya vositalari ( elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutaxassislari hatti - harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab qo’lda qilinadigan, avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari bor.
Qo’lda qilinadigan axborotlar tizimida - boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, boshqasi inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida - boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish ).
Qo’llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
  • ilmiy tadqiqotlar;


  • loyihalashni avtomatlashtirish;


  • tashkiliy boshqarish;


  • texnologik jarayonlarni boshqarish.




 
Ilmiy AT ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo’ljallangan.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ( texnologiya ) ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. 
Tashkiliy boshqarishning AT shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljalangan. Bu sinfga ham sanoat ( korxonalar ), ham nosanoat ob’ektlari ( bank, birja, sug’urta kompaniyalari, mehmonxonalar va hokazolar ) va ayrim ofislar ( ofis tizimlari )ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan ( moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar ).
2.Dastlabki axborot tizimlari 50 - yillarda paydo bo’ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan.
60- yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o’zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun ko’pgina parametrlar bo’yicha qo’llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funksiyalarga ega bo’lgan kompyuter qurilmalari talab etila boshladi.
70-80 yillar boshlarida axborotlar tizimlari qarorlarni qo’llab-quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshladi.
80- yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi yanada o’zgarib bormoqda. Ular axborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoqda. 
Axborot tizimi quyidagi xususiyatlariga ko’ra belgilanadi:

  • har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida qurilishi va boshqarilishi mumkin;


  • axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;


  • axborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;


  • axborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi;


  • axborot tizimida axborotni qayta ishlashning " inson - kompyuter "tizimi sifatida qabul qilinishi lozim.




3.Axborot tizimi ishini yaxshi bilish uchun u hal etayotgan muammolar, shuningdek u kiritgan tashkiliy jarayonlar mohiyatini tushunish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlash uchun ishlab chiqilgan axborot tizimi kompyuter imkoniyatlarini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
- hal qilinayotgan boshqaruv vazifalarining tuzilmalarga bo’lingani;

  • qaror qabul qilishi lozim bo’lgan firma boshqaruvi ierarxiyasi ( mansab pillapoyalari ) darajasi;


  • hal etilayotgan vazifaning biznesning u yoki bu funksional sohasiga oidligi;


  • foydalaniladigan axborot texnologiyasi turi.




Axborot tizimlarini tadbiq etish quyidagilarga imkon yaratadi:


  • matematik uslublar va intellektual tizimlarni tadbiq etish hisobiga boshqaruv topshiriqlarining ancha oqilona variantlarini olish;


  • avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni ikir - chikir ishlardan ozod etish;


  • axborot ishonchliligini ta’minlash;


  • ma’lumotlarni qog’ozdan magnit disk yoki lentalarga ko’chirish, bu hol axborotni kompyuterda qayta ishlashni ancha oqilona tashkil etish va qog’oz hujjatlar hajmini kamaytirishga olib keladi;


  • firmada axborot oqimi tuzilishi va hujjat aylanishi tizimini takomillashtirish;


  • mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish xarajatini kamaytirish;


  • yangi bozorlarni qidirib topish;


  • turli arzonlashtirish usuli va xizmatlari evaziga xaridor va mahsulot etkazib beruvchilarni firmaga bog’lab qo’yish.




 Statistika axborot tizimlari. 
Davlat statistikasi mamlakatda axborot tizimini yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Davlat statistikasi organlari iqtisodiy rivojlanishida davlat boshqaruvining eng muhim dastagidir. 


 Statistik axborot tizimi murakkab tizimlarga qo’yiladigan barcha talablarga javob beradi:
  • umumiy maqsadga erishish uchun qulay o’zaro ta’sir nuqtai nazaridan tizim elementlarining birligi;


  • katta o’lchamlilik;


  • ishining murakkabligi va boshqalar.




 Statistik axborot xilma - xilligi, ommaviyligi va davriyligi jihatidan farqlanadi. 
Reglament topshiriqlari deganda davlat statistika qo’mitasi darajasiga muvofiq keluvchi statistik hisobotlardagi ma’lumotlarni qayta ishlash topshiriqlari tushuniladi. Har bir reglament topshirig’i odatda statistik hisobotlarning ba’zi aniq shakllari bilan bog’liq.
Axborot xizmati topshiriqlari mazmun jihatdan reglamentlashgan ma’ruzalar, tahliliy yozuv va ma’lumotnomalarni tezkor tuzish uchun foydalanuvchi so’rovlari bo’yicha unga zarur statistik ma’lumotlarni berish. Bu topshiriqlarni hal etish avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki yordamida ta’minlanadi.
Iqtisodiy tahlil topshiriqlari dinamik qatorlar, matematik statistika uslublari va boshqalardan foydalanishga asoslanadi. Ularni hal etish uchun tahliliy komplekslar ( TK ) deb ataladigan axborot texnologiyalari qo’llaniladi. 
Ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar banki ( KMB ) dasturiy, texnik va tashkiliy vositalar yig’indisi ko’rinishida amalga oshirilgan statistikaning turli tarmoqlari yoki ularning yig’indisi bo’yicha ma’lumotlar bazasini yaratish uchun foydalaniladi.
Tayyor hujjatlar banki ( TXB ) o’zida ayrim axborot va jadvalli statistik ma’lumotlarni saqlovchi hujjatli - grafik ma’lumotlar bazasini yaratish uchun qo’llaniladi. TXB turli abonentlar uchun ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlovchi telekommuniktsiyaviy vositalarning keng servis imkoniyatlarini namoyish etadi.
Buxgalteriya axborotlar tizimi 


 Ko’pgina korxonalar bozor sharoitida axborotga mulkchilikning boshqa istalgan turlari kabi saqlash, foydalanish va himoya qilish zarur bo’lgan qimmatbaxo zaxira sifatida baho berishadi. Ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur axboot olish maqsadlarida korxona buxgalterlik axborot tizimlarini ( BUAT ) barpo etadi. BUAT xo’jalik faoliyati va qaror qabul qiluvchi kishilar o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi. Unda korxona xo’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yig’ish , ro’yxatdan o’tkazish, qayta ishlash, ro’yxatdan o’tkazish, qayta ishlash, saqlash, tahlil va qaror qabul qilish uchun foydalanuvchiga etkazish uchun amalga oshiriladi. Korxonada BUAT ishlashning asosiy maqsadi cheklangan zaxiralardan, shuningdek, muqobil variantlardan foydalanishda asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun korxona rahbariyatini moliyaviy axborot bilan ta’minlashdir.
BUAT korxona xo’jalik faoliyatini to’liq aks ettiruvchi buxgalterlik axborotini taqdim etadi. Avvalo u rejalashtirish, nazorat va tahlil kabi korxona ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini boshqarish funksiyalarini bajarish uchun zarur miqdoriy ma’lumotlarni taqdim etadi. 
Rejalashtirish bosqichi uchun buxgalter ko’zda tutayotgan foyda va pul zaxiralariga ehtiyoj haqidagi axborotni taqdim etishi lozim. Nazorat bosqichida buxgalterdan faktik daromadlar va xarajatlarni rejadagi bilan qiyoslash axboroti talab etiladi. Tahlil bosqichida buxgalterlik axboroti asosida oldiga qo’yilgan maqsadga erishilgani yoki erishilmagani aniqlanadi. Buxgalterlik axborotining asosiy foydalanuvchilari korxona rahbariyati va menejerlardir. Bu axborot asosida korxonaning so’nggi hisobot davridagi sof foydasi, foyda me’yorining kutilayotgan hajmga muvofiqligi, pul zaxiralarining mavjudligi, sof aktivlar va nizom kapitalining nisbati, eng foydali faoliyat yo’nalishlari, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi aniqlanadi. 
Bank axborot tizimlari
Integrallashgan bank axborot tizimlari ( BAT ) yagona dasturiy texnologik majmuani o’zida namoyon etadi, u moliya va kreditning belgilangan sharoitlari bo’yicha nazorat qilinadigan zaxiralarni o’zlashtirishi, qaytarilishi va balanslanganligini tezlashtirish vositasidir. 
Integrallashgan BATlarni ishlab chiqishda unga ta’sir etuvchi ko’plab miqdordagi tuzilma va omillarning mazmuni: bankning umumiy xarakteristikasi, uning rivojlanishining yaqin va uzoq maqsadlari, strategik yo’nalishlari; yuzaga kelgan boshqaruv tuzilmalarining o’ziga xosliklari; bank texnologiyasi tuzilishining umumiy tamoyillari; mo’ljallangan arxitektura tizimlari va avtomatlashtirishga tegishli funksiyalar tarkibi; kiritiladigan va chiqariladigan axborot hajmi, kiritiladigan hujjatlar soni; axborot xavfsizligiga talablarni tahlil etishni talab qiladi. Bunday tahlil asosida keyinchalik bo’lajak tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi. 
Bankda hal etiladigan boshqaruv vazifalari ko’p jihatli ekan, loyihalshtirishda BAT dekompoztsiyasi belgilarini klassifiktsiya qilish muammosi yuzaga keladi. Bunday belgilar sifatida funksiyalar, davrlar, boshqaruv ob’ektlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Ko’pgina BATlarda bank texnologiyasi dasturiy mahsulotda o’ta murakkablashgan bo’ladi. SHu bois foydalanuvchi menyudan foydalanib, undan chetlasha olmaydi va dasturlashtirilgan dialog yo’lidan boradi, bu esa ishlab chiquvchiga bog’liqlikka olib keladi. SHuni ta’kidlash lozimki, ko’pgina BATlarda faqat eng asosiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan eng muhim bo’lgan tizimlar, vazifalar avtomatlashtiriladi. Bu holni ayrim xizmatlar: faktoring, lizing, kartochka xizmati (yoki tashkiliy tuzilma elementlari ) yo’qligi bilan izohlanadi. 
4.Axborot tizimlarining ta’minotlari 


 
Qo’llash sohasidan qat’i nazar, axborot tizimlari ma’lumotlarni qayta ishlashning deyarli barcha tizimlari ta’minlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar ( komponentlar ) to’plamini o’z ichiga oladi. Ularni dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratilishi qabul qilingan. SHulardan eng asosiylarini yaqqolroq ko’rib chiqamiz.
Axborot ta’minoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishning tasniflash va kodlashtirish tizimlari, hujjatlashtirishning unifiktsiyalashgan tizimlari, hujjat aylanmasi va hujjatlar shakli uslublarini rtsional holga keltirishni o’z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo’yicha uslublar va vositalar yig’indisidir. Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko’p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog’liq.
Dasturiy ta’minot- hisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi ( MKIT )ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy ( umumtizimli ) va amaliy (maxsus) dasturiy mahsulotlar kiradi.
Bazaviy dasturiy vositalar- inson va kompyuterning o’zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy prtseduralarni tashkil etish, MKIT texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat qiladi. 
Amaliy dasturiy ta’minot- axborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy mahsulotlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar ( matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimlari ) va ham maxsus vositalar - funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi ( biznes jarayonlar ) turli xil ob’ektlar ( iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqalar ) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta’minot- ma’lumotlarni kayta ishlash tizimini funksiyalashtirish uchun kullanuvchi texnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni kayta ishlovchi, namunaviy opertsiyalarni amalga oshiruvchi kurilmalarni uz ichiga oladi, turli sinflardagi EXMdan tashkarida xam (axborotni yigish, ruyxatdan utkazish, boshlangich boskichida kayta ishlash, tashki (periferiya ) texnik vositalari, turli xil orgtexnika, telekommuniktsiya va aloka vositalari ), EXMning uzida xam shu opertsiyalarni bajaradi.
Huquqiy ta’minot- axborot tizimini yaratish va funksiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. MKIT ishlashining huquqiy ta’minoti: hisoblash texnikasini qo’llash yordamida olinadigan hujjatlarga huquqiy kuch jihatini berish shart-sharoitlari; bu texnik vositalarda ishlovchi shaxs majburiyati va ma’suliyati, shu jumladan axborotni o’z vaqtida va aniq qayta ishlashi huquqlari; axborotdan foydalanish qoidalari va uning ishonchliligi bo’yicha bahslarni hal etish tartibi va boshqalarni o’z ichiga oladi. 
Lingvistik ta’minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun MKIT ni yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig’indisini o’zida namoyon etadi.
Axborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi. Muxandislar va loyihachilar ishi samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining vazifasi - tashkilotlarga yangi ma’lumotlarni integrtsiyalash va qog’oz hujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdir. 
Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog’liq bo’la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stansiyalar va ofis tizimlari ko’rinishida bugungi kunda biznesda eng tez rivojlanib bormoqda. 
Axborot tizimlarining bu sinfida ikki guruhni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari;


  • bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari.




Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o’zining soddaligi va ko’p sohaliligi jihatidan istalgan tashkiliy darajada xodimlar tomonidan faol ishlatiladi. Ularni ko’proq o’rta malakali xodimlar: buxgalterlar, kotiblar, klerklar qo’llaydi. Asosiy maqsad - ma’lumotlarni qayta ishlash, ularning ish samaradorligini oshirish va kanselyariya mehnatini soddalashtirish. 
Ofisni avtomatlashtirish AT turli mintaqalardagi axborot sohasi xodimlarini o’zaro bog’laydi va xaridorlar, buyurtmachilar, boshqa tashkilotlar bilan aloqa qilishga yordam beradi. Ularning faoliyati asosan hujjatlashtirish, kommuniktsiyalarni boshqarish, jadvallar tuzish va hokazolarni qamrab oladi. Bu tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • turli matn prtsessorlari yordamida kompyuterlarda matnni qayta ishlash;


  • yuqori sifatli nashr mahsulotlarini ishlab chiqarish;


  • hujjatlarni arxivlashtirish;


  • ishbilarmonlik axborotini yuritish uchun elektron kalendar va yon daftarlar; 


  • elektron va audio pochta;


  • video va telekonferensiyalar.




Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari muhandislar, huquqshunoslar, olimlarning yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki yaratish chog’ida zarur bilimlarni o’ziga jo qiladi. Ularning vazifasi yangi axborot yangi axborot va yangi bilimlarni yaratishdadir. Masalan, muhandislik va ilmiy loyihalash bo’yicha ixtisoslashgan ishchi stansiyalari texnik ishlanmalarning yuqori darajasini ta’minlash imkonini beradi.
Boshqaruv AT uncha katta bo’lmagan tahliliy imkoniyatlarga ega. Ular kundalik va haftalik axborotga muhtoj boshqaruvchilarga xizmat qiladi. Buning sababi shuki, ularning asosiy vazifasi firmadagi kundalik opertsiyalarni kuzatib borish va qat’iy tuzilmashtirilgan yig’ma namunaviy hisobotlarni davriy shakllantirishdan iborat. Axborot opertsiyaviy darajadagi axborot tizimidan keladi. 
Qarorlarni qabul qilishni qo’llab - quvvatlash tizimlari natijalarini oldindan bilish qiyin bo’lgan, qisman tuzilmalashgan vazifalarga xizmat qiladi. Ular bir necha modelga ega bo’lgan ancha qudratli tahliliy apparatga ega. Axborotni boshqaruv va opertsiyaviy axborot tizimlaridan oladi. Bu tizimlardan qaror qabul qiluvchi barcha mutaxassislar: menejerlar,tahlilchilar va boshqalar foydalanadi. Masalan, ular tavsiyasi qurilmani sotib olish yoki ijaraga olish haqidagi qarorni qabul qilishda qo’l keladi. 
Istalgan tashkilot ( firma ) rivoji va muvaffaqiyati ko’p jihatdan unda qabul qilingan strategiyaga bog’liq. Strategiya deganda istiqbolli, uzoq muddatli vazifalarni hal etish uslub va vositalari jamlanmasi tushuniladi. 
Hozirgi paytda bozor munosabatlariga o’tish munosabati bilan firmaning rivojlanishi va ish yuritish strategiyasi masalasiga katta e’tibor berila boshladiki, bu hol axborot tizimlarga qarashlarada tub o’zgarishlarga olib keldi. Ular firma mahsulotlari, uning vazifa, uslublari, xizmatlarini tanlashni o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi strategik muhim tizimlar sifatida baholana boshladi. Axborot tizimlarining yangi - strategik tipi paydo bo’ldi. 
Strategik axborot tizimi - tashkilot rivojlanishining strategik istiqbolli maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha qarorlar qabul qilishni qo’llab - quvvatlashni ta’minlovchi kompyuterli axborot tizimidir. 

Axborot tizimlarining bir necha avlodlari farqlanadi:




 AT birinchi avlodi ( 1960 - 1970 yy.) markaziy EXM negizida " bir korxona - bir qayta ishlash markazi " tamoyili bo’yicha qurilgan, ilovalar (funksional)ni bajarishning standart muhiti sifatida esa IBM-MVS firmasining opertsiyaviy tizimi xizmat qilgan.
AT ikkinchi avlodi ( 1970 - 1980 yy.): ATning markazlashtirilmagan davrga o’tish ilk qadamlari, bu jarayonda foydalanuvchilar DEC VAX tipidagi kichik kompyuterlardan foydalangan holda ofis va kompaniya bo’limlariga axborot texnologiyalarini joylashtira boshladi. Ayni paytda DB 2 tipidagi yuqori ishlab chiqarish ega MBBT va tijorat amaliy dasturlari to’plari faol tadbiq etila boshladi. SHunday qilib, markazlashmagan ma’lumotlar negizi va amaliy dasturlar to’plari asosidagi axborot poydevori bo’lgan ma’lumotlar qayta ishlash tizimlarini tashkil etishning ikki va uch darajali modeli yangi avlod AT larida o’ta yangilik bo’ldi.
AT uchinchi avlodi ( 1980 - 1990 yy. boshlari ): bu yillar shaxsiy kopyuterga ( SHK ) ommaviy o’tish davri bo’ldi. Uyushgan biznesmantiki tarqoq ish joylarini yagona AT ga birlashishni talab etdi - hisoblash tarmoqlari va taqsimlovchi qayta ishlash masalasi paydo bo’ldi. Biroq tez orada bir rangli (darajali ) tarmoqlarda ierarxiyalilik ( pillapoya ) belgilari - avvalo ajratilgan fayl - serverlar, nashr, serverlar va telekommuniktsiya serverlari, so’ngra ilova serverlari ko’rinishida ko’rina boshladi. 
AT to’rtinchi avlodi dunyoga kelish bosqichida turibdi, biroq hozirdayoq tushunarliki, yuqori darajada AT zaxiralarini markazlashgan holda qayta ishlash va yagona boshqarish quyi darajada taqsimlovchi qayta ishlash bilan uyg’unlashadigan zamonaviy AT ning ajralib turuvchi, eng avvalo, ierarxik tashkil etish xususiyatlari avvalgi avlodlar 
Tizimlarida sinovdan o’tgan qarorlar sintezi bilan belgilanadi.
Download 47.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling