Ing basket savat, ball toʻp sport turi, 3,05 m balanddagi


Download 241.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi241.73 Kb.
#221572
  1   2   3
Bog'liq
Basketbol - Vikipediya



Basketbol

Basketbol (ing . basket — savat, ball —

toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi

savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab

oʻynaladigan jamoa oʻyini. B. mashgʻuloti

va musobaqalari uchun toʻrtburchak

maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal

(balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir

jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib,

maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan

oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar

almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa

raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa,




oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga

tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima

belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1

ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3

ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar

36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va

qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz

bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2

qismdan iborat, orada 10 min. dam

olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar

baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib

chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt

beriladi. B. vatani AQShdir (1891).

Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA;

1932 y. tuzilgan)ga 177 mamlakat aʼzo

(1991). B. 1936 y.dan Olimpiya uyinlari

dasturiga kiritilgan. 1950 y.dan B.



boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib

kelinadi. B. Oʻzbekistonda 1921 y.dan

oʻynala boshlagan. Oʻzbekistonlik R.

Salimova 2 marta jahon hamda olimpiya

oʻyinlari chempioni boʻlgan. B. boʻyicha

Oʻzbekiston respublika federaiiyasi oliy

liga jamoalari oʻrtasida musobaqalar

tashkil etib kelmoqda. Oliy ligada

Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati,

Chirchiq shahri hamda Sirdaryo va

Navoiy viloyati basketbolchilari

musobaqalashadi. Oʻzbekiston terma

jamoasi 1997 y. II Markaziy Osiyo

oʻyinlari — „Sprayt chellenje“ xalqaro

turnirining gʻolibi boʻldi (terma jamoa

bosh ustozi A. Adisman, jamoa aʼzolari 3.

Xabibulin, M. Sha-fenkov, R. Karimov, S.



Demurin, B. Mirodilov, T. Abbosov, V.

Petrishchev).

[1]


Download 241.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling