Ing ish bilan
-jadval O‘zbekiston Respublikasida yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlari soni (2019- yil)13
Download 0.52 Mb.
|
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika bo‘yicha jami 290 597 103 850
- 4. Uy mehnatining barcha shakllari, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha kooperatsiyalashgan uy mehnati, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi
- 5. Fermer va dehqon xo‘jaliklarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish
6-jadval
O‘zbekiston Respublikasida yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlari soni (2019- yil)13
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va uning mamlakat mintaqalaridagi hududiy filiallari faoliyati ham muhim ahamiyatga ega, ular 2019 yilning 1 yanvariga qadar, yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar, badallar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilgan. 3. 2019 yilda yakka tadbirkorlik sohasi 104,3 ming kishining bandligini ta’minladi. YUridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarining chakana savdosini, dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari savdosini amalga oshirayotgan, o‘z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanayotgan, maishiy xizmatlar ko‘rsatayotgan shaxslarga solinadigan soliqning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1887-sonli qaroriga muvofiq qat’iy belgilangan stavkalari yakka tadbirkorlikni rivojlantirish uchun haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarni yaratgan. 4. Uy mehnatining barcha shakllari, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha kooperatsiyalashgan uy mehnati, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi 203,7 ming band bo‘lmagan fuqaroni, asosan xotin-qizlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy nochor toifalarini, shuningdek chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirishga yordam berdi. Faoliyatni tashkil etishning boshqa shakllarida mumkin bo‘lmagan oqilona moslashuvchan ish kuni va mehnat taqsimoti oilaviy tadbirkorlik sharoitida amalda mumkin bo‘ladi, bu esa ko‘pincha ishga joylashmay qoladigan aholi toifalarini, yosh bolali ayollarni va ishchi kuchi bozorida raqobatlasha olmaydigan boshqa toifadagi shaxslarni ham ishlab chiqarishga qisman jalb etish imkonini bergan. Uy mehnati bo‘yicha ish o‘rinlarining katta qismi an’anaviy milliy hunarmandchilik markazlari bo‘lgan mintaqalarda — Namangan (27,3 ming), Farg‘ona (26,5 ming), Qashqadaryo (23,4 ming), Samarqand (17,5 ming), Xorazm (17,0 ming), Buxoro (16,8 ming), Andijon (14,3 ming) viloyatlarida, shu jumladan Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Qarshi, Samarqand, Buxoro shaharlarida, shuningdek Kosonsoy, To‘rtko‘l, Uychi, CHortoq, CHust, Kitob, SHahrisabz, Urgut, Hazorasp, Xiva, Vobkent, G‘ijduvon, Jondor, Rishton, Asaka, Paxtaobod, SHahrixon, Qiziltepa, Nurota, Amudaryo, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Xovos, CHiroqchi va boshqa tumanlarda tashkil etilgan. 5. Fermer va dehqon xo‘jaliklarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish asosan Samarqand, Xorazm, Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida va boshqa mintaqalarda 128,9 mingdan ortiq kishini ish bilan band qilish imkonini bergan. 2019 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining moliyaviy manbalari davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar, investitsiyalar, korxona va aholi mablag‘lari hisoblangan (1-rasm). Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling