Inga Sikorska: dushmanlik tili nima va uni jurnalistikada qanday yengish kerak?


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
Sana04.12.2020
Hajmi1.4 Mb.
#159196
Bog'liq
mpdf (3)


Inga  Sikorska:  dushmanlik

tili

 nima

 va

 uni

jurnalistikada qanday yengish

kerak?

OAVda  nafrat  tili  nima?  Buni  tushunish  uchun  bir  nechta

omillarni  aniqlash  kerak.

Birinchidan,  nafrat  tili  deb  har  qanday  irq,  etnik,  diniy,

gender  yoki  ijtimoiy  guruh  vakillari  uchun  yoqimsiz  va

kamsituvchi deb hisoblanadigan nafratli ritorika, har qanday

salbiy baho ifodalari va vizual tarkibga aytiladi. Nafrat tili

kamsitishning bir turi bo’lishi mumkin, mojaro qo’zg’atishga

va  murosasizlikka  undashi  mumkin.  Yoki  ba’zi  shablonli

iboralar  ijobiy  kontekstda  ishlatilsa,  bunday  hollarda

mojaroni  qo’zg’atishga  undamayatgan  bo’lishi  mumkin.



Nafratli tili- bu har qanday irq, etnik, diniy, gender yoki

ijtimoiy  guruh  vakillari  uchun  yoqimsiz  va  kamsituvchi  deb

hisoblanadigan salbiy baholash va vizual tarkibning har qanday

shaklidir.

Paradoks shundaki, nafratni ifodalash so’z erkinligining bir

qismidir va aksariyat hollarda uni ta’qiqlab bo’lmaydi. Ammo,

shuni  unutmangki,  so’z  erkinligi  ichki  axloq  masalasidir  va

mojarolarga sezgir jurnalistika shu tamoyilga asoslanadi.

Fikr bildirish erkinligi – bu o’z nuqtai nazariga ega bo’lish,

axborot va g’oyalarni hech qanday aralashuv va chegaralarsiz

bemalol olish va tarqatish huquqidir.

Ko’pincha  nafrat  ritorikasi  og’zaki  mazmun  jihatidan  ba’zi

odamlar uchun rost bo’lishi mumkin, ammo haqoratli  bo’lgan

past nazar bilan qarash va stereotiplarda namoyon bo’ladi.



Masalan, nozik mavzulardagi hikoyalarda jurnalistlar ko’pincha

qaharmonlarni  tasvirlashda  umumlashgan  nutq  iboralari  va

konflikt  qo’zg’ovchi  stereotiplardan  foydalanadilar.

Klishelar – bu ommaviy ongda biron guruh vakillariga nisbatan 

shakllangan  stilistik  jihatdan  rangdor  nutq  imboralaridir.



Stereotiplar – bu biror bir guruh vakillarining boshqa guruh

vakillariga nisbatan umumiy xulosalari.

Nafratli nutq yoki tilning ommaviy axborot vositalarida juda

keng tarqalgan ba’zi misollar:



diniy guruhlarga mansubligiga,

«Uning  ekstremistik  soqoli  va  kalta  shimi  bor  edi».

«Mikroavtobusda  o’ralgan  ayol    va  soqol  bir  biriga  yaqin

o’tirgan (qirg’iz chada sakalcan bu yosh soqolli odam, diniy

mutassib)».  («O’rta  Osiyodagi  Tinchlikparvarlik  va  Media

Texnologiyalari  Maktabining  dushman  tilini  ommaviy  axborot

vositalarida  monitoring  qilish  misollari  ta’lim  maqsadlarida

namoyish etildi»)

Etnik mansubligiga ko’ra,

«Kavkaz  millatiga  mansub  va  osiyoliklar  hariplar  o’rtasida

urushi  bo’lgan».  «Ularning  bolalari  maktabga  bormaydilar,

chunki hamma lo’lilar- o’g’rilardir va ba’zilari bu ishni har

kuni qilishlari kerak» («O’rta Osiyodagi Tinchlikparvarlik va

Media  Texnologiyalari  Maktabining  dushman  tilini  ommaviy

axborot  vositalarida  monitoring  qilish  misollari  ta’lim

maqsadida  namoyish  etilgan»).

Gender mansubligiga ko’ra,

«Biz  ularning  payg’ambar  hadislariga  muvofiq  harakat

qilayotganlarini  ko’rmoqdamiz.  Yuqori  qavatlardan  besoqolvoz

va  pedofillar  pastga  irg’itmoqdalar  »  («O’rta  Osiyodagi



Tinchlikparvarlik va Media Texnologiyalari Maktabining dushman

tilini  ommaviy  axborot  vositalarida  monitoring  qilish

misollari  ta’lim  maqsadlarida  namoyish  etildi»)

va ijtimoiy guruhlarga mansubligiga ko’ra.

«qishloqlardan  kelgan  irkitlar  va  hariplar(Qozog’istondagi



mambetalar, O’zbekistonda harip) poytaxtni tufurib tashlangan

shaharga  aylantirdi.  Hammasini  chiqqan  joyiga  qaytarib

yuborib, dalada shudgor qildirish kerak! » («O’rta Osiyodagi

Tinchlikparvarlik va Media Texnologiyalari Maktabining dushman

tilini  ommaviy  axborot  vositalarida  monitoring  qilish

misollari  ta’lim  maqsadlarida  namoyish  etildi»).

Misollarda  ta’kidlangan  klishe  va  stereotiplar  nafrat

nutqining  salbiy  baholash  turi  bo’lib,  uni  ta’qiqlab

bo’lmaydi, chunki bu noqonuniy emas. Ammo axloq va to’g’rilik

nuqtai  nazaridan,  jurnalistlar  kundalik  nutqida  tanish

bo’lishi mumkin bo’lgan bunday keng ishlatiladigan iboralarni

o’z  maqolalarida  ishlatmasliklari  kerak.  Buning  sababi

shundaki, bunday stilistik jihatdan rangdor klishelar, ayniqsa

mojarolarga moyil mavzularga oid materiallarda, zaif guruhni

yanada  ruhiy  tushkunlikka  solishi  va  ular  haqida  salbiy

tasavvurlarini  kuchaytirishi  mumkin.

Jamiyatda  tavsiflangan  guruhlarga  nisbatan  murosasizlikni

oshirmaslik  uchun  ushbu  klishe  va  stereotiplarni  qanday

so’zlar  bilan  almashtirish  mumkin?



«Uning ekstremistik soqoli va kalta shimi bor edi»

«Mikroavtobusda  o’rangan  ayol  va  soqol  o’tirgan  edi(qirg’iz

tilida – yosh soqolli odam, diniy muta’assib)»

«Kavkaz  millatiga  mansub  shaxslar  va  osiyolik  hariplar

o’rtasida  urush  bo’lgan»

«Ularning  bolalari  maktabga  bormaydi,  chunki  lo’lilarning

hammasi  o’g’ri,  shuning  uchun  ba’zilari  har  kuni  bu  ishni

qilishlari kerak»

«Biz  ularning  payg’ambar  hadislariga  muvofiq  harakat

qilayotganlarini  ko’rmoqdamiz.  Yuqori  qavatlardan  besoqolvoz

va  pedofillar  tashlab  yuborilyapti»

«qishloqlardan  kelgan  irkitlar  va  hariplar(Qozog’istondagi

mambetalar, O’zbekistonda harip) poytaxtni tufurib tashlangan

shaharga  aylantirdi.  Hammasini  chiqqan  joyiga  qaytarib

yuborib,  dalada  shudgor  qildirish  kerak!  »

Qanday  iboralar  mumkin  emas  va  qandaylari  mumkinligiga

misollar:

“Uning ekstremistik soqoli va kalta shimi bor edi.”

“U soqolli, kalta shim kiygan odam edi.”

 

«Mikroavtobusda o’rangan ayol va soqol o’tirgan edi»



«Mikroavtobusda  ro’mol  o’ragan  ayol    va  soqolli  bir  erkak

yonma-yon o’tirishar edi».

 

«Kavkaz  millatiga  mansub  shaxslar    va  osiyolik  hariplar

o’rtasida  urush  bo’lgan».

«O’n kishilik jang bo’ldi»

 

«Ularning  bolalari  maktabga  bormaydi,  chunki  lo’lilarning



hammasi  o’g’ri,  shuning  uchun  ba’zilari  har  kuni  bu  ishni

qilishlari kerak»

«Ularning  bolalari  maktabga  bormaydilar,  o’zlari  ham

ishlamaydilar  va  ko’chada  tilanchilik  qiladilar  va  har  kuni

buni qilishlari kerak»

 

«Biz  ularning  payg’ambar  hadislariga  muvofiq  harakat



qilayotganlarini  ko’rmoqdamiz.  Yuqori  qavatlardan  besoqolvoz

va  pedofillar  tashlab  yuborilyapti»

«Biz  ularning  payg’ambar  hadislariga  muvofiq  harakat

qilayotganlarini  ko’rmoqdamiz.  Yuqori  qavatlardan  besoqolvoz

va  pedofillar  tashlab  yuborilyapti»

 

«qishloqlardan  kelgan  irkitlar  va  hariplar(Qozog’istondagi



mambetalar, O’zbekistonda harip) poytaxtni tufurib tashlangan

shaharga  aylantirdi.  Hammasini  chiqqan  joyiga  qaytarib

yuborib,  dalada  shudgor  qildirish  kerak!  »

«Qishloqlardan  kelgan  ichki  muhojirlar  poytaxtni  tuflab

tashlangan  shaharga  aylantirmoqdalar»

 

Nafrat  tili  jurnalistikada  yashirin  shakllarda  ham  keng



tarqalgan.  Ba’zida,  xavfsizlik  masalalarini  yoritishda,

muxbirlar  nafratli  nutq  atamalarni  buzish  va  tushunchalarni

almashtirish shaklida ishlatadilar, buning qanday oqibatlarga

olib  kelishini  o’ylamaydilar.  Gazeta  maqolasidan  ushbu

xatboshidagi  kabi:

«Manbaning so’zlariga ko’ra, D. tinchgina odam bo’lgan. Uning

ta’kidlashicha, o’sha paytda hujumlar tashkilotchisi masjidga

bormagan».

Ushbu  gapdan  auditoriya  shunday  xulosa  qilishlari  mumkin:

tinch  odam  masjidga  borishni  boshlaganida,  u  terrorchilik

hujumlarini amalga oshira boshladi. Bu yerda yashirin ritorika

tushunchalarni  almashtirish  bilan  bir  qatorda,  Islomni

terrorizm  bilan  asossiz  bog’lash  ham  namoyon  bo’ladi.

«Manbaning so’zlariga ko’ra, D. tinchgina odam bo’lgan. Uning

ta’kidlashicha, o’sha paytda hujumlar tashkilotchisi masjidga

bormagan».



tushunchalarni almashtirish

asossiz


Islomni terror bilan bog’lash

Yana  bu  kabi  gaplar  ham  nafrat  ritorikasining  shakllaridan

biridir,  garchi  unda  haqoratli  so’zlar  mavjud  emas  bo’lsada

“O’z etnik guruhining ustunligi to’g’risida fikr yuritish”ga

doir gaplar mavjud.

«Biz  buyuk  xalqmiz!  Biz  dunyoga  buyuk  san’atkorlarni,

yozuvchilarni, shoirlarni berdik! Buyukligimizni unutmaylik!»

Va  bu  yerda  juda  kam  kishi  o’ylashi  mumkin  bo’lgan  jihat

shundaki,  bir  guruhning  etnik  maqtovchi  va  ko’klarga

ko’taruvchi bunday gaplar, ommaviy axborot vositalari orqali

tarqatilganda    shu  davlatda  yashovchi  boshqa  millat

vakillarini,    boshqa  etnik  guruhlarning  maqomini  avtomatik

ravishda pasaytiradi va shu bilan bu guruhlarni chetga suradi.

“Millat”  so’zining  o’rniga  mamlakatning  nomini  ko’rsatib,



shunday  deyish  to’g’ri  bo’ladi:  “Biz  shunday  va  bunday

mamlakatning buyuk xalqimiz”, bu ijobiy gap bo’lib, jamiyatni

birlashtiradi va jipslashtiradi.

«Biz —– davlatning buyuk xalqimiz»

Nafratli tilning yana bir keng tarqalgan turi, stereotiplar va

taxminlarni umumlashtirish orqali diniy, etnik yoki har qanday



ijtimoiy  guruhning  salbiy  qiyofasini  yaratish  deb

tasniflanadi.

«Xitoyliklar  barcha  ish  joylari  egallab  olganlarii  sababli,

kichik  qirg’iz  xalqi  yo  Rossiyada  ishlashga,  yoki  Suriyada

jihod uchun jang qilishga majbur bo’lmoqda».

Maqoladagi ushbu misol bir vaqtning o’zida turli xil dushman

tillar shaklida bir nechta xatolarni o’z ichiga oladi:

Birinchisi,  faktlar  bilan  tasdiqlanmagan  umumlashtirilgan

stereotip  –  xitoy  etnik  guruhini  salbiy  kontekstda  eslash.



Shu bilan birga, chap yoki o’ng tarafda yozuvlar ko’rinadi:

«Barcha ishlarni xitoyliklar egallab oldilar» –

bu  umumlashtiruvchi  stereotip,  hech  qanday  faktlar  bilan

tasdiqlanmagan –  xitoylik etnik guruh haqida salbiy konteksga

bog’lash:

Keyin yuqoridagi jumla o’chirib tashlanadi va yangi bir yozuv

paydo bo’ladi:

Aslida  qanday  yozish  kerak:  Qirg’izistonda  ishsizlik    …%

tashkil etadi. Shu bilan birga, …% ish joylari chet elliklar

tomonidan  egallangan  (siz  qaysi  davlatlardan  kelganlarini

sanab  o’tishingiz  va  Xitoy  fuqarolari  qancha  ish  joylarini

egallaganini aniq ko’rsatishingiz mumkin.)

Ikkinchisi  –  bu  etnik  guruhning  minimallashtirilishi  orqali

salbiy  tasvirni  yaratish.  Etnik  guruhga  nisbatan  “kichik”

degan  so’zni  qo’llash  ushbu  etnik  guruhga  tegishli  bo’lgan

auditoriyada o’zini pastga urilgan his qilishiga olib kelishi

mumkin.

Пройдите тест!

Различие  противозаконного  и

негативнооценочного

 языка

заключается  в:

Разница  между  свободой  выражения  и

противозаконным  языком  состоит  в:


Негативнооценочные формы языка вражды:

Влияние и последствия

 

 



 

 

 



 

 

 



Quiz Maker

 – powered by Riddle

 

Inga

 Sikorska:

 Nafratli

nutqning  noqonuniy  shakllari

[jurnalistlarga maslahatlar]

Siz  matnlarda,  iqtiboslarda,  bayonotlarda  uchraydigan  salbiy

bo’yoqdorlikka  ega  

dushmanona  nutqning

 elementlarini  oddiy

so’z erkinligi chegaralaridan ajrata olasizmi, bunday nutqni

chop etish qonunga hilof deb topilib ularni nashr  qilganlarga

nisbatan  har  xil  jazo  choralari  qo’llanishi  mumkin,  shular



qatorida jinoiy javogarlikka tortish kabi jazo ham.

Agar siz ushbu savolga “ha” deb javob bergan bo’lsangiz, ushbu

maqolani oxirigacha o’qishingiz shart emas, chunki siz ehtimol

til ekspertizasi sohasidagi yuqori malakali mutaxassissiz.

Biroq,  jurnalistlar  va  Markaziy  Osiyodagi  onlayn-kontent

yaratuvchilari ko’pincha bu masala bo’yicha bahslashishadi va

bitta  xulosaga  kelishlari  qiyin.  Hatto  ommaviy  axborot

vositalarida dushmanona va ksenofobik ritorika nutqi bo’yicha

xalqaro hujjatlarni chuqur o’rganish ham bu muammo haqida aniq

tasavvur berolmaydi.

 

BU NIMA BILAN BOG’LIQ?

“Nafratli  (dushmanona)  nutq”  atamasi  Markaziy  Osiyo

1.

mamlakatlari qonunlarida hech qayerda uchramaydi. Biroq,



xalqaro  jurnalistika  standartlari  jurnalistlarga  turli

xil  murosasizlikni  qo’zg’atmaslik  uchun  “dushman  tili”

dan foydalanishdan voz kechishni tavsiya qiladilar. Bu

turli xil xalqaro va Evropa axloq kodekslarida va yangi

Internet etikasida ham ko’rsatilgan. 

[1]


Jahon  amaliyotida  “nafrat  nutqi”  ning  noqonuniy

2.

shakllari  diskriminatsiyaga  qarshi  qonun  sifatida



kvalifikatsiya  qilingan.  Bu  yerda  asosiy  tushuncha  –  

jamoatchilikda  nafrat  kayfiyatini  uyg’otib  uni

qo’zg’atishdir (ingliz tilida incitement of hatred). U

xalqaro  huquq  terminologiyasiga  asoslanadi  va  jiddiy

oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin  bo’lgan  xavfli  xatti-

harakatlarni rag’batlantiruvchi bayonotlarni aniq qilib

kriminallashtiradi.  Shu  sababli,  ko’p  mamlakatlarda

jurnalistlar noqonuniy nafrat nutqi  nima ekanligini va

fikr erkinligi chegarasidan chiqmagan va ruhsat etilgan

salbiy baholash to’g’risida aniq tushunchaga ega.



Qonunga  hilof  nafrat  nutqi  –  bu  shunday  og’zaki  nutq  va

vizual tarkib shakllariki, ular mazmunan biror bir guruhga

nisbatan  diskriminatsiya  va  zo’ravonlik  ishlatishga

chaqiriqni anglatadi. Odatda qonunga hilof elementlarni o’z

tarkibida  ega  bo’lgan  jumlalar  atayin  Internet  makonida

tarqatiladi  va  internet  makonini  nazorat  qiluvchi

kompaniyalar tomonidan ohir oqibat oldirib tashlanadi.

 


 

 

 



 

 

 



 

 

Salbiy baholash dushmanona nutqi – bu  biron bir salbiy nutq



va  vizual  tarkib  shakillari  bo’lib,  ular  odatda  biron  bir

irq,  etnik  guruh,  diniy  konfessiya,  gender    yoki  ijtimoiy

guruhga  nisbatan  yoqimsiz  va  kamsituvchi  mazmunga  ega

bo’ladi.  Ko’pincha  bunday  nutq  namunalari  atayin

tarqatilmaydi  va  ularni  aytgan  kishi  mavjud  jamiyatdagi

streotiplar  ta’sirida  bunday  yomon  gaplarni  aytib  qo’yadi

3. Markaziy Osiyo mamlakatlarida kamsitishga qarshi qonunlar

bunday  shakllarda  mavjud  emas  va  ba’zi  qonunlarda  nafrat

nutqining  noqonuniy  shakllarini  nazariy  jihatdan  ajratib

turadigan  qonun  moddalarining  noaniq  talqinlari  qo’llaniladi.

4.  O’rta  Osiyo  mamlakatlarining  jinoyat  kodekslarida

“oshkoralik  yoki  ommaviy  axborot  vositalari  va  Internetdan

foydalangan  holda  adovat  yoki  nafratni  qo’zg’atish  va

targ’ibot  qilish”  ning  ayrim  turlari  uchun  javobgarlikni

nazarda  tutadigan  bir  qator  moddalar  mavjud.  Shu  sababli,

huquqni  qo’llash  amaliyotida  ba’zan  jurnalistlar  va  onlayn-

kontent  yaratuvchilariga  nisbatan  “adovat  yoki  nafratni

qo’zg’ash” ayblovlarga duch  keladilar, asosan shunday ruhdagi

iqtiboslarni,  fikrlarni  yoki  vizual  obrazlarni  o’z

materiallarida  taqatganlari  uchun.


5.  Bundan  tashqari,  dushmanlik  yoki  nafratni  qo’zg’atish

to’g’risidagi  moddalar  ba’zi  ekstremistik  aksil-terror

qonunlarida  ham  aks  ettirilgan  va  ushbu  faoliyat  uchun

qo’llaniladigan  sanktsiyalar  ham  ko’rsatilgan.  Bunday  talqin

ba’zi  bir  ommaviy  baxsli  bayonotlarni,  shu  jumladan  nozik

mavzular  bo’yicha  reportajda  /  sharhlarda  /  postlarda

keltirilgan iqtiboslarni noqonuniy tarkib sifatida baholanishi

mumkin bo’lgan amaliyotni yaratgan.



Nafrat  va  adovatni  qo’zg’atish  to’g’risidagi  Markaziy  Osiyo

qonunlari  va  bunday  xatti-harakatlar  uchun  qo’llaniladigan

sanktsiyalar:

 

 

Mamlakat Qonundagi modda va uning asoslanishi



Jazo chorasi

 

 Qozog’iston Respublikasi Jinoyat

kodeksi

174-modda. Ijtimoiy, milliy, qabila,

irqiy, mulkiy yoki diniy adovatni

qo’zg’atish

1. Ijtimoiy, milliy, qabila, irqiy,

sinf yoki diniy adovatni

qo’zg’atishga, fuqarolarning milliy

sha’ni va qadr-qimmatini yoki diniy

tuyg’ularini tahqirlashga qaratilgan

qasddan qilingan harakatlar,

shuningdek fuqarolarning o’z diniga,

sinfiga, kelib chiqishiga bo’lgan

munosabati asosida o’zlarining

ustunliklari yoki zaifliklarini

targ’ib qilish. Agar ushbu

harakatlar ommaviy yoki ommaviy

axborot vositalari yoki

telekommunikatsiya tarmoqlaridan

foydalangan holda, shuningdek ishlab

chiqarish yoki tarqatish orqali

sodir etilgan bo’lsa, Ijtimoiy,

milliy, qabila, irqiy, mulkiy yoki

diniy nizolarni targ’ib qiluvchi

adabiyotlar yoki boshqa axborot

tashuvchilar vositasida amalga

oshirilsa –

 ikki yildan yetti

yilgacha ozodlikni

cheklash yoki xuddi

shu muddatga

ozodlikdan maxrum

etilish bilan

jazolanadi.


 

 Qirg’iz Respublikasi Jinoyat

Kodeksidan

313-modda.Irqiy, etnik, milliy,

diniy yoki mintaqalararo adovatni

(nafratni) qo’zg’atish

 

1. OAV yoki Internet orqali



tarqatilgan Irqiy, etnik, milliy,

diniy yoki mintaqalararo adovatni

(nafratni) qo’zg’atishga, milliy

qadr-qimmatni kamsitishga qaratilgan

harakatlar, shuningdek fuqarolarning

o’z diniga, milliy yoki irqiy kelib

chiqishiga asoslanib, jamoat oldida

o’zining eksklyuzivlik, ustunlik

yoki boshqa guruhning zaifligini

targ’ib etishga qaratilgan

harakatlar.

 5 yildan 7

yilgacha qamoq

jazosi


 

Tojikiston Respublikasining Jinoyat

Kodeksi

189-modda . Milliy irqiy, diniy yoki



diniy adovatni yo’q qilish

 

1) Milliy, irqiy, mahalliy yoki



diniy adovatni yoki nafratni

qo’zg’atishga, milliy qadr-qimmatni

kamsitishga qaratilgan harakatlar,

shuningdek fuqarolarning dinga,

milliy, irqiy yoki mahalliy qarash

asosida eksklyuzivligini targ’ib

qilish, agar bunday harakatlar

ochiqchasiga yoki OAV foydalangan

holda amalga oshirilsa

 – besh yilgacha

ozodlikni cheklash

yoki shu muddatga

ozodlikdan mahrum

qilish bilan

jazolanadi.


 

 Turkmaniston Jinoyat Kodeksi

177-modda. Ijtimoiy, milliy yoki

diniy adovatni qo’zg’atish

 

(1) Ijtimoiy, milliy, etnik, irqiy



yoki diniy adovatni qo’zg’atishga

qaratilgan qasddan qilingan

harakatlar, nafrat, milliy qadr-

qimmatni kamsitish, shuningdek

fuqarolarning dinga, ijtimoiy,

milliy, etnik yoki irqiy

mansubligiga bo’lgan munosabati

asosida eksklyuzivlik yoki zaiflikni

targ’ib qilish,

 eng kam oylik ish

haqining yigirma

baravaridan qirq

baravarigacha

miqdorda jarima

yoki uch yilgacha

ozodlikdan maxrum

etilish bilan

jazolanadi.

 

O’zbekiston Jinoyat Kodeksining 156-



moddasi. Milliy, irqiy, etnik yoki

diniy adovat qo‘zg‘atish

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy

adovatni targ‘ib qiluvchi

materiallarni tarqatish maqsadida

tayyorlash, saqlash yoki tarqatish,

shunday qilmishlar uchun ma’muriy

jazo qo‘llanilganidan keyin sodir

etilgan bo‘lsa, —

Top of Form

 

 bazaviy hisoblash



miqdorining olti

yuz baravarigacha

miqdorda jarima

yoki uch yilgacha

axloq tuzatish

ishlari yoki bir

yildan uch yilgacha

ozodlikni cheklash

yoxud uch yilgacha

ozodlikdan mahrum

qilish bilan

jazolanadi.

 

 

Qanday  qilib  qonunga  hilof  narat  nutqini  salbiy  baholash



nutqidan  ajrata  olish  mumkin?

 

 

 



 

 

 



 

 

Salbiy Baholovchi Nutq:



ogohlantiruvchi, tanqidiy, haqoratli bo’lishi mumkin;

odamlar  yoki  tashkilotlarning  xatti-harakatlariga,

xususiyatlariga salbiy baho berilgan bo’lishi mumkin;

 biror  narsa  haqida  tanqid  yoki  salbiy  fikrni  o’z

ichiga oladi;

ob’ektiv bo’lishi mumkin bo’lgan noto’g’ri ma’lumotlar,

haqoratli yoki yoqimsiz gaplar, shuningdek klishelar va

stereotiplar;

 turli  guruhlarga  qaratilgan  taxminiy  lekin  maqsadli

bayonotlarni o’z ichiga oladi

Qonunga Hilof Nafrat Nutqi:

Xarakatga  chorlovchi  shiorlar,  irqiy,  etnik,  diniy,

gender  yoki  ijtimoiy  guruhlarga  qarshi  qatag’onlarga

oid  ochiq  chaqiriqlar  mavjud,  bunday  harakatlar

amaliyotini  oqlaydi;

Ta’qiqlangan  atributika  va  ramzlarni  namoyish  etadi,

tegishli kontekstni va kutilayotgan harakatlarning aniq

tavsifini beradi;

ommaviy  axborot  vositalarida  tarqatilgan  material

nisbatan  keskin  va  nozik  bo’lgan  ijtimoiy-siyosiy

vaziyatda  sodir  bo’ladi

MUHIM:

 

 

 



Siyosiy  tashkilotlarni,  diniy  yoki  mafkuraviy  birlashmalarni

yoki g’oyalarni, milliy yoki diniy urf-odatlarni tanqid qilish

noqonuniy  mazmun  yoki  nafratni  qo’zg’atishga  qaratilgan

harakat  sifatida  ko’rib  chiqilmasligi  kerak.

 

 



Xalqaro  standartlar  nuqtai  nazaridan,  agar  birinchi

1.

qarashda  bayonot,  iqtibos  /  maqola  /  audiovizual



mahsulot (irqiy, etnik, diniy, gender, ijtimoiy guruhga

nisbatan ba’zi baholovchi klishe va stereotiplar mavjud

bo’lsa),  biron  bir  harakatga  undovchi  lingvistik

ishoralar  mavjud  bo’lmasa,  biron  bir  guruhga  qarshi

qatag’on  uyushtirishga  undovchi  aniq  (taxminiy  emas!)

chaqiriqlar  mavjud  bo’lmasa,  tegishli  kontekst  mavjud

bo’lmasa, ya’ni, taklif qilinayotgan harakatlarning aniq

tavsifi va ushbu media mahsulot tarqatiladigan ijtimoiy-

siyosiy makonda yoritilgan mavzu nozik mavzu bo’lmasa –


bunday tarkib nafrat nutqining salbiy baholash shakli va

shuning uchun qonunga hilof emas deb hisoblanadi.

Agar  siz  nashr  qilgan  bayonot,  iqtibos,  maqola  yoki

2.

audiovizual mahsulot harakatga undaydigan shiorlarni o’z



ichiga  olgan  bo’lsa:  “uring”,  “yoqing”,  “o’ldiring”,

“portlating”  kabi  harakatlarning  aniq  tavsifi  va

ularning  zaruriyati  asoslab  berilgan  holda  ularni



“kerak”,  “zarur”,  “majbur”,  “yahshi  bo’lar  edi”  kabi

jumlalar  bilan  qo’llab-quvvatlangan  bo’lsa  va  bu

tajovizkor  harakatlarni  ob’ektni  aniq  ko’rsatilgan

bo’lsa (umuman emas, balki aniq va tiniq)- bu noqonuniy

tarkib sifatida baholanishi mumkin.

Agar  sizning  bayonotingiz,  iqtibosingiz,  o’zingiz

3.

yaratgan  maqola  yoki  audiovizual  mahsulot  allaqachon



sodir bo’lgan harakatlarga ijobiy baho berilgan bo’lsa,

bu  harakatlarni  to’g’ri  deb  ularni  oqlashga  urinishga

harakatlar bo’lsa va harakatlarni bajarganlar tog’ri ish

qilgan  degan  g’oya  bo’lsa  unda  bunday  ta’riflar  yana

shunga  o’xshash  harakatlarni  kelajakda  sodir  etishga

undashi  mumkin;  OAV  matnida  mantiqiy  aloqalar  mavjud,

boshqalar  tomonidan  salbiy  baholanadigan  odamlarning

ijobiy baholash – bu ekstremistik faoliyat zarurligini

oqlashdek  gap  va  bu  qonunga  hilof  material  sifatida

qabul  qilinadi.

Nafratni,  adovatni  yoki  nafratni  qo’zg’atuvchi  xatti-

4.

harakatlar, gipotetik tarzda kamsituvchi yoki haqoratli



ko’rinishi  mumkin  bo’lgan  oddiy  gaplar  emas,  balki

urush,  diniy  yoki  boshqa  ekstremizm,  deportatsiya,

genotsid, zo’ravonlikni ma’lum bir irqiy, etnik, diniy,

gender, ijtimoiy  guruh damalarga nisbatan zarurligini

tasdiqlovchi  yoki  oqlovchi  bayonotlar  sifatida

tushunilishi  kerak  yoki  ushbu  guruhning  huquqlarini

cheklashga undash ham bo’lishi mumkin. Shu sababli, ko’p

odamlar  ko’pincha  noqonuniy  tarkibni  ma’lum  bir

odamlarga  nisbatan  murosasiz,  salbiy  baho  beradigan


ma’noni  anglatadigan  bayonotlar  bilan  adashtiradilar.

QANDAY QILIB ADASHMASLIK MUMKIN,

Qonunga hilof materialni ishatib qo’ymaslik uchun?

1

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Erkin  so’zlash  huquqi  va  nafrat  nutqi  o’rtasida  farqni

tushunib  oling

Sizga bunda quydagilar yordam beradi:

o’zingiz yashayotgan mamlakatning qonunlarini bilish

jurnalistik etika va me’yorlarga rioya qilish

doimiy  ravish  o’z  materiallaringizni  nashr  qilishdan

oldin tekshirtirish

doimiy ravishda majaroli va nozik mavzularni yoritishda

mahsus jurnalistik terminlar lug’atidan foydalanish

2

Ohista Jurnalistika instrumentlaridan foydalaning

Bunda sizga quydagilar yordam beradi:

mojaroli va nozik mavzularga oid materiallarni nashridan

oldin  bir  necha  bosqichli  tahrir  va  tekshiruvlardan

o’tkazing,  sizning  bu  materialingizni  nashr  qilishdan

oldin iloji boricha k’oproq odamlar o’qib chiqsin va o’z


fikrlarini aytsin;

Kerak emas tafsilotlarni olib tashlang, tasvirlanayotgan

guruhlar  haqida  salbiy  tasavvur  uyg’otmaslik  uchun,

sarlavhalarni  vahimali  qilishga  urinmang,  hech  qaysi

guruhni  alohida  ajratmang;

Agar siz biror bir gapingiz yoki iqtibosingiz rasizmga

tenglashtirsa  bo’lishini  bilsangiz  yoki  ksenofobik

bo’lsa  unda  bu  rostdan  ham  shunaqa  –  jurnalistik

intuitsiya  sizga  to’g’ri  aytyapti;

Siz  nima  yozayotganingiz  haqida  ko’p  o’ylamay,  qanday

auditoriya  uchun  yozayotganingiz  haqida  ko’proq  fikr

qiling.


Пройдите тест!

Различие  противозаконного  и

негативнооценочного

 языка

заключается  в:

Разница  между  свободой  выражения  и

противозаконным  языком  состоит  в:

Негативнооценочные формы языка вражды:

Влияние и последствия

 

 



 

Quiz Maker

 – powered by Riddle

 

Quiz Maker



 – powered by Riddle

[1]


 CODE OF CONDUCT ON COUNTERING ILLEGAL HATE SPEECH ONLINE,

U R L


https://ec.europa.eu/info/sites/info/files/code_of_conduct_on_

countering_illegal_hate_speech_online_en.pdf

[2]

 Уголовный  кодекс  Республики  Казахстан,  2014  год,



https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31575252&doc_id2=3157

5252#activate_doc=2&pos=223;-458&pos2=2359;-444

[ 3 ]

  У г о л о в н ы й



  к о д е к с

  К ы р г ы з с т а н а ,

  2 0 1 9

http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/111527

[ 4 ]

  У г о л о в н ы й   к о д е к с   Т а д ж и к и с т а н а ,   1 9 9 8   г о д ,



http://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=2324

[ 5 ]


  У г о л о в н ы й   к о д е к с   Т а д ж и к и с т а н а ,   1 9 9 8   г о д ,

http://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=2324

[ 6 ]

  У г о л о в н ы й



  к о д е к с

  У з б е к и с т а н а ,

  1 9 9 4

  г о д ,

https://abortion-policies.srhr.org/documents/countries/05-Uzbe

kistan-Criminal-Code-1994.pdf



Inga  Sikorska:  mojarolarni

yoritishda  tinchlikparvarlik

jurnalistikasi

Xalqaro  amaliyotda  tinchlikparvarlik  jurnalistikasi  yoki

tinchlik  jurnalistikasi  degan  atama  bilan  tanilgan


jurnalistika turi nima ozi degan savolga javob bera olasizmi?

Bu – ijobiy jurnalistikami?

Bu – hokimiyat muammoni qanday hal qilayotgani haqida aytib

beruvchi materiallar orqali mojaroni yumshatishmi?

Yoki  bu  –  siz  yoritayotgan  mojaroning  xolis  xronologiyasiga

asoslangan faktlar va fikrlar muvozanatimi?

Taklif  etilgan  uchta  savolning  hech  biri  tinchlikparvar

jurnalistika  emas,  chunki  u  boshqa  printsiplarga  asoslangan.



Tinchlikparvarlik  jurnalistikasida  uchta  “YO’Q”  qoidasi

bor:

– Mojaroni yumshatishga urinmang; – mojaroda aybdorlarni

qidirmang;  –  Fikr  va  da’volarni  tasdiqlangan  dalillar

sifatida  tarqatmang.

Tinchlikparvarlik  jurnalistikasi  mojarolarni  yoritishda

tahririyat va muxbirlarga tanlov qilish imkoniyatini beradi,

tinglovchilarga  

mojaro  haqida  zo’ravonliksiz  munosabat

da

bo’lish  imkoniyatini  berish  uchun  qanday  faktlar  va  qaysi



kontekstni  taqdim  qilish  to’g’risida  qaror  qabul  qilish.

Kundalik  ommaviy  axborot  vositalarida  mojarolar  haqida

yangiliklar  axborotlarni  katta  qismini  tashkil  qiladi  va

odamlar  odatda  tinchlikni  saqlash  uchun  zo’ravonlik

to’g’risidagi ma’lumotlarni efirga berilishi odatiy qilinishi

kerak bo’lgan ish sifatida qabul qiladilar.

Bu shuni anglatadiki, axborot maydonida yetakchi bo’lgan shov-

shuvli  va  harbiy  yangiliklarga  talab  ortib  brogan  sari,

tinchlikparvar  jurnalistikaning  roli  ortib  bormog’i  kerak.

Jurnalistlar mojarolar, urushlar yoki zo’ravonliklarga barham

berish  va  tinchlik  borasida  tashabbuslarni  amalga  oshirish

uchun  jamoatchilik  fikrini  shakllantirish  maqsadida

tadqiqotlar,  muhokama  olib  borishi  kerak,  qolaversa  dialog


yaratish  yo’lida  turli  nuqtai  nazarlarini  taqdim  etishlari

kerak.


Tinchlikparvarlik  jurnalistikasi  –  bu  jamiyatda  mojaroga

zo’ravonliksiz  munosabatda  bo’lish  imkoniyatini  yaratish

uchun muharrirlar va muxbirlar davom etayotgan mojarolar

haqida qaysi xabarlarni va qanday qilib aholiga yetkazish

haqida qaror qabul qilishlaridir.

Xalqaro  jurnalistika  tarixida  ommaviy  axborot  vositalari

mojarolarni qo’zg’ashda ayblangan bir nechta holatlar mavjud.

Ko’pincha  bu  nizoli  vaziyatni  noto’g’ri  yoritilishi  yoki

yetarli  darajada  tasdiqlanmagan  ma’lumot  bilan  bog’liq

bo’lgan.


Shu  sababli,  tinchliksevar  jurnalistika  tamoyillarini

tushunish  bizga  millatlararo,  dinlararo,  dinlar  ichidagi,



guruhlararo  va  ijtimoiy  mojarolar  kabi  eng  murakkab

masalalarni  yoritishda  ijodiy  yondashuvlardan  foydalanish

imkoniyatini  beradi.

Tinchlikparvarlik  jurnalistikasining  vositalari  quyidagi

masalalarni  yoritishda  qo’llaniladi:

millatlararo

dinlararo

din ichidagi

guruhlararo

ijtimoiy mojarolar



Tinchlikparvar

 jurnalistika

tamoyillari

а:

Tinchlikka yo’naltirilganlik

Birinchi  va  eng  muhim  qoida:

agar  siz  ushbu  ziddiyatlarning

b i r o n   b i r i n i   y o r i t a y o t g a n

bo’lsangiz,  muammoni  uchta

a s o s i y

  j i h a t

  b i l a n

o’rganishingiz  kerak:

а) ushbu mojaroning taraflari kimlar

b)  nizolashayotgan  tomonlarning  har  birining  maqsadlari

nimadan  iborat

с)  ushbu  tomonlarning  mojarolarga  olib  keladigan  qanday

muammolari  mavjud.

Odamlardan  so’rang:  mojaro  kundalik  hayotda  ularga  qanday

ta’sir qiladi, ular aslida qanday o’zgarishlarni xohlashadi va

ularning  rahbarlarining  pozitsiyasi  yagona  va  eng  yaxshi

natija  olib  kela  oladimi?

Va  nihoyat,  mojaro  taraflarini  faqat  ularning  rahbarlaridan

iqtibos keltirgan holda ajratmang.

Ushbu qoidalardan foydalanish umumiy deb atalmish tinchlikni

yaratishga yordam beradi. Mojaroning ikkala tomoni uchun ham

hikoyangiz  “hammaga  maqbul  qilib”  yo’naltirilganligi  va  uni

h a l   q i l i s h   b o ’ y i c h a   m u n o z a r a l a r n i   k u c h a y t i r i s h g a

qaratilganligi  bilan  hammani  e’tiborini  tortadi.  Bu  shuni

anglatadiki,  siz  ziddiyatda  ikkala  tomonni  teng  deb

hisoblaysiz  va  sizning  hisobotingizda  ikkala  tomon  ham

“g’alaba  qozonadi”.  Shunday  qilib,  siz  muvozanatga  erishasiz.

Masalan, ijtimoiy guruhlar o’rtasida mojaro kelib chiqdi:


park  hududi  yaqinidagi  ko’p  qavatli  binolardan  iborat

mahallada  yashaydigan  va  atrof  muhit,  ekologiyaga

qayg’uradigan shahar  aholisi va bozorda ishlaydigan, o’z

uylari  bo’lmagan  va  tibbiy  xizmatlardan  foydalanish

imkoniyati  cheklangan  ichki  muhojirlar  o’rtasida.  Ular

yozda istirohat bog’iga vaqtincha qo’nim topdilar, chunki

yaqin  atrofda  kasalxona  mavjud  bo’lib,  u  yerda  ularning

bolalari davolanishga yuborilganlar. Mahalla aholisi bunga

qarshi chiqishdi va mojaro boshlandi.

Siz  ushbu  ikkita  muammoni  mutanosib  ravishda  namoyish

qilishingiz  kerak,  shunda  o’quvchilarda  har  bir  tomonning

ehtiyojlariga  shubha  qolmaydi.

Hikoyangizni  hech  qaysi  tarafga  ziyon  qilmaydigan  tarzda

yoritish,  mojaroni  muammo  sifatida  ko’rib  chiqishga,  uning

kelib  chiqishiga  e’tibor  berishga  va  kutilmagan  lekin  sodir

bo’lishi  mumkin  bo’lgan  oqibatlarining  oldini  olish  uchun

ochiq  maydonni  yaratishga  ko’maklashadi.  Bunday  salbiy

oqibatlarga kasalliklar, jarohatlar, zo’ravonliklar, tarkibiy,

madaniy, ekologik zarar yetkazilishini qo’shish mumkin.

Faktrlarga asoslanib ish tutish

Siz  rioya  qilishingiz  kerak

bo’lgan  ikkinchi  tamoyil  –  bu

haqiqatga  va  faktlarga  jiddiy

e’tibor  berish,  har  tomondan

yolg’onni fosh qilish va barcha

h i y l a - n a y r a n g l a r n i

  o c h i b

tashlashdir.  Faktlarni  hisobga

olgan  holda,  siz  tomonlarning

har  biridan  teng  miqdorda  faktlarni  olishingiz  va  ularni

tekshirishingiz  kerak.

Bizning vaziyatimizda, biz ijtimoiy mojaroni o’rganayotganda,

ziddiyatli  tomonlarning  orqasida  turgan  va  mutlaqo  boshqa



maqsadlarga ega bo’lgan odamlar yoki siyosiy kuchlar bo’lishi

mumkin;  ba’zi  oligarxlarning  tijorat  manfaatlari  bo’lishi

mumkin.  Bularning  barchasini  faktlar  asosida  o’rganish  va

taqqoslash  orqali  tahlil  qilishingiz  kerak.



Ommaga va oddiy odamlarga yuzlanish

Tinchlikparvar jurnalistikasidagi uchinchi qoidasi – bu keng

omma va oddiy odamlarga yuzlanish.

Marginallashgan  guruhlarning,  ozchiliklarning  ovozlarini  ham

o ’ z

  h i s o b o t i n g i z d a



  y o r i t i n g ,

  u l a r

  o r a s i d a g i

“Tinchlikparvarlar”ni  toping,  bu  insonlar  qaysi  guruhga

mansubligidan qat’i nazar, siz bularning fikrlari o’zingizning

hisobotingiz qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rasiz.

Men o’z amaliyotimdan misol keltiraman.

Iyun  voqealari  paytida  O’shdagi  asosiy  ko’chalardan  biri.

Foto:  Inga  Sikorska  /IWPR

2010 yilda Qirg’iziston janubida yuz bergan etnik zo’ravonlik

paytida, men u yerda bo’lganimda va voqea joyidan materiallar


tayyorlaganimda,  men  o’zlarining  jamiyatida  hurmatga  sazovor

bo’lgan  va  qarama-qarshi  tomonlarni  yarashtirishga  jur’at

etadigan  oddiy  odamlar  orasida    yetakchilarning  borligini

aniqladim.  Bu  qarama-qarshi  jamoalarda  yashaydigan  odamlar,

ammo ular har ikki tomon bilan teng sharoitda gaplashishadi va

odamlarni  ko’ndira  olishlari  mumkin.  Qonli  vaziyatni  hal

qilish yo’lida bu insonlar qo’yayotgan qadamlaridan so’ng, men

o’zimga ularni qayd qilib yozib qo’ydim va ular bilan keyin

suhbatlashdim,  

so’ngra


 “Qirg’izistonda  olomon  bilan

kurashayotgan”maqtovlar  eshitmagan”  qahramonlar  ”  sarlavhali

material  yaratdim.  Xulosa  sifatida  zo’ravonlikning  avj

olishiga  yo’l  qo’ymaslik  uchun  mediatsiya  usullaridan

foydalanish  taklif  qilindi.  Natijada,  tinchlikparvarlikni

olg’a  suruvchi    materiallarda  jasoratli  odamlarga  e’tibor

berilishi  tinglovchilarni  tinch  jamiyatga  yo’naltirdi  va

hokimiyatga  mojaroni  hal  qilish  bo’yicha  mahalliy

tashabbuslarni  ko’rsatib  berdi.

Yechim qidirishga intilish

Tinchlik = zo’ravonliksiz + ijod.

Va  endi  biz  tinchlikparvarlik  jurnalistikasining  “yechim

qidirishga  intilish”  degan  so’nggi,  to’rtinchi  tamoyiliga

yaqinlashmoqdamiz. Bu shuni anglatadiki, o’z hikoyamizda biz

quyidagi  formulani  keng  qo’llashimiz  mumkin:  tinchlik  =

zo’ravonliksiz  +  ijod.

O’zingizga muhim savolni bering, mojaroning pasaytirish  yoki

o’chirish  uchun  nima  yordam  bera  olaman?  ”  Ya’ni  mojaro

ko’lamini  toraytirish,  keskinlikni  kamaytirish,  tinchlik

jarayoniga o’tish uchun nima qila olasiz. Fikrmga qo’shiling,

bu yuklatilishi mumkin bo’lgan eng ajoyib vazifa! Bu savolga

ijodkorlik  –  bu  tomoshabinlarga  namoyish  qilinayotgan

hodisaning ko’rinmas tomonlarini ko’rsatish ekanligini anglab,

javobni  tayyorlang.  Ushbu  tamoyilni  amalga  oshirish

usullaridan biri bu “qarama-qarshi tomonni anglab yetishdir”.

Professional  jurnalistlar  qarama-qarshi  tomonlar  o’rtasidagi



to’siqlarni yengib o’tish uchun har ikki tomon uchun birdek

umumiy bo’lgan voqealarni qidirib topishlari mumkin.



Munozaralar  nizolarni  murosali  yo’l  bilan  hal  qilish  uchun

yo’l ochadi. Foto: IWPR

Masalan,  bu  ekologik  muammolarni  hal  qilish,  biznes

istiqbollari, sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish yoki

dehqonchilikning  yangi  usullari  haqida  umumiy  yondashuvlar

bo’lishi  mumkin.  Ikkala  tomon  uchun  ham  maqbul  yechimlar

to’g’risida  materiallar  tayyorlash  mumkin.

Shaharliklar  va  ichki  muhojirlar  o’rtasidagi  ko’rib

chiqilayotgan  ijtimoiy  mojaro  misolida,  ko’p  qavatli  uyda

yashovchi hurmatli yetakchi bo’lgan biror insonni topish kerak

va  bu  inson  ichki  migrantlar  va  ularning  muammolari  bilan

shug’illanishi  kerak  bo’lgan  agentliklar  o’rtasida  ushbu

odamlarning muammolarini hal qilish uchun vositachi bo’lishi

mumkin. Turli sabablarga ko’ra bu odamlar o’zlari bu davlat

idoralariga murojat qila olmayotgan bo’lishlari mumkin. Axir,



ularni park zonasiga joylashib olishlari –  shunchaki mojaro

instrumentidir!

Va  nihoyat,  tinchlikparvarlik  jurnalistikasi  mojarolarni  va

nozik  voqealarni  yoritishda  asosiy  yana  bir  qoidaga  amal

qiladilar:  biron  bir  tomonni  tasvirlashda  hech  qachon

dushmanona  so’zlardan  foydalanmang.

Odamlarga  nima  bo’lganini  tasvirlash  uchun  hissiy  so’zlarni

noto’g’ri ishlatishdan saqlaning.

“Genotsid” butun bir xalqning yo’q qilinishini anglatadi.

“Fojia”  dramaning  bir  shakli  bo’lib,  unda  kimningdir

xatosi  yoki  zaifligi  o’limga  olib  keladi.

“Qatliom”  qurolsiz  va  himoyasiz  odamlarni  qasddan

o’ldirishdir.

“Yomon  niyyatli”,  “shafqatsiz”,  “o’ta  shafqatiz”,

“buzg’unchilarcha”  terrorist,  fanatik,  ekstremist,

fundamentalist.

Bu  nafrat  uyg’otuvchi  so’zlar  har  doim  faqat  qarama-qarshi

(dushman)  tomonni  tasvirlashda  beriladi.  Va  bunday  tilni

ishlatadigan  jurnalist  uchun  bu  qarama-qarshi  tomonlardan

birini qabul qilib yonini olishini anglatadi. Ya’ni xolislik

va tarafkashlikni yo’qotishni anglatadi.

 

Mavzu bo’yicha mashqlar

Endi  tinchlikparvarlik  jurnalistikasi  elementlari  bo’yicha

qiyosiy mashqlar bajarishga harakat qiling. Ikkita yangilikni

tahlil  qiling  va  qaysi  biri  tinchlikparvar  jurnalistika

modeliga mos kelmasligini aniqlang? Nima uchun? Buni tushunish



uchun o’zingizga bergan savollar ro’yxatini tuzing.

Скачать упражнение миротворческая журналистика



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling