Ingenerlik geodeziyasi


-rasm. a-qutbli koordinata sistemasi, b-qo`shkutbli koordinata sistemasi. Zonali to`g`riburchakli koordinatalar sistemasi


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/81
Sana18.11.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1785691
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
Bog'liq
Ingenerlik geodeziyasi

7-rasm. a-qutbli koordinata sistemasi, b-qo`shkutbli koordinata sistemasi.
Zonali to`g`riburchakli koordinatalar sistemasi.  Er sirtini tekislikda tasvirlash uchun 
avval yerning tabiiy shaklidan uning matematik shakli sifatida qabul qilingan aylanish 
ellipsoidi yoki shar sirtida qabul qilingan aylanish ellipsoidi yoki shar sirtiga o`tiladi, 
keyin esa yerning matematik sirti tekislikda tasvirlanadi. Gauss proekstiyasi yordasida 
yersirtining nuqtalarini geografik koordinatalari bilan ularning tekislikdagi to`g`ri 
burchakli koordinatalari tasviri orasida bog`liqlik o`rnatiladi.
Bu sistema ko`pincha yersirtini topografik kartalarda tasvirlashda qo`llaniladi. 
Bunda yerellipsoidi Grinvich meridianidan boshlab 6
0
yoki 3
0
lik zonalarga bo`linadi. 
Zonalar ko`ndalang stilindr sirtiga o`qiy meridianlari urinma qilib proekstiyalanadi va 
tekislikka yoyiladi (8-rasm).


1
6
8-rasm. Yersharining koordinatali zonalari  
Balandliklar tizimi. Nuqtalar holatini aniqlash masalasi bu nuqtalar gorizontal 
proekstiyalarini va ularning sathiy sirtidan balandliklarini topishdan iborat bo`ladi. 
Nuqtalarning gorizontal holati geografik (kenglik φ va uzoqlik λ) va to`g`ri burchakli 
(absstissalar x va ordinatalar u) koordinatalar bilan aniqlanadi. Agar joyning AVSD 
to`rtburchagi o`lchamlari katta bo`lmasa (rasm, b), uni sathiy R sirtga loyihalashda 
gorizontal R tekislik bilan almashtirish mumkin.
4. PLANLI VA BALANDLIK GEODEZIK TARMOQLARI TO`G`RISIDA TUSHUNCHA. 
ABSOLYUT, NISBIY VA SHARTLI BALANDLIKLAR  
1.4.Geodeziyada proekstiyalash metodi. Joy nuqtalari koordinatalari va  
balandliklari
Har xil fazoviy shakllar va predmetlarni qog`ozda tasvirlash uchun proekstiyalash 
metodi qo`llaniladi. yerning tabiiy sirtida yotgan nuqtalarning holati ellipsoid sirtiga 
normal deb qabul qilinadigan shovun chiziqlari yordamida proekstiyalanadi. 
Loyihalash natijasida nuqtalarning to`g`ri burchakli (ortogonal)-gorizontal 
proekstiyalari hosil bo`ladi. Ko`pgina amaliy maqsadlar uchun geoid va ellipsoid sirtlari 
qandaydir uchastkalarga mos keluvchi sathiy (gorizontal) R sirtni (9-rasm, a) hosil 


1
7
qiladi deb hisoblash mumkin. U holda yertabiiy sirtida joylashgan fazoviy AVSD 
ko`pburchak shovun chiziqlarida R sirtga proekstiyalanadi. Shovun chiziqlarida 
bo`lgan a, b, s, d, nuqtalar sathiy sirtlarni kesadi va ular yersirti tegishli nuqtalarining 
gorizontal proekstiyalari deyiladi.
9-rasm. Joy nuqtalarining proekstiyalari a-ko`pburchakni R radiusli R sferaga 
loyhalash; b-ko`pburchakni gorizontal R tekislikka loyihalash  
Nuqtalar holatini aniqlash masalasi bu nuqtalar gorizontal proekstiyalarini 
va ularning sathiy sirtidan balandliklarini topishdan iborat bo`ladi.
Nuqtalarning gorizontal holati geografik (kenglik φ va uzoqlik λ) va to`g`ri 
burchakli (absstissalar x va ordinatalar u) koordinatalar bilan aniqlanadi. Agar joyning 

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling