Ingibitor tasnifi Noorganik ingibitorlar


Atmosfera korroziyasi ingibitorlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#255001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ingibitorlar -2.1

Atmosfera korroziyasi ingibitorlari 

     Atmosfera    ingibitorlari    tegib    turuvchilar    va    uchuvchilarga  bo‘linadi. 

Uchuvchi  ingibitorlarga:  nitrit  ditsiklogeksilamin;  karbonat  siklogeksilamin; 

monoetanolamin  (MEA);  karbonat  monoetalamin;  benzoat  monoetanolamin 

kiradi. 

    Uchmaydigan  tegib  turuvchi  atmosfera  ingibitorlaridan ko‘proq nitrit natriy 

va  benzoat  natriy  qo‘llaniladi.  Nitrit  natriy  azot  kislotasining  tuzi  hisoblanadi.  U 

kristall  ko‘rinishida  kukun  bo‘lib,  suvda  yaxshi  eriydi  (100  ml  suvda  73  g 

mahsulot eriydi). 

     Uning  konsentrlangan  suvli  eritmasi  po‘lat  buyumlarini  konservatsiya  qilish 

uchun qo‘llaniladi. Neytral va ishqoriy muhitlarda uning himoya ta’siri namoyon 

bo‘ladi.  Eritmada  xlorli,  nordon  oltingugurtli  va  boshqa  tuzlar  bo‘lishi,  nitrit 

natriyning  himoya  ta’sirini    sezilarli    kamaytiradi.    Bunday    hollarda    uning  

konsentratsiyasini  (optimal  qaraganda)  oshirish  kerak  bo‘ladi.  Hamma  uchuvchi 

ingibitorlar  ingibirlangan  qog‘oz,  kukun  yoki  eritma  ko‘rinishida  foydalaniladi. 

Uchmaydigan  ingibitor  —  nitrit  natriy  30  foizli  quyuqlashgan  suv  eritmasi 

ko‘rinishida; benzoat nat riy  ingibirlangan qog‘oz ko‘rinishida qo‘llanadi. 

     Keltirilgan    usullar    asbob-uskunalarni    va    ehtiyot    qismlarni  atmofera  

korroziyasidan    konservatsiya    qilish    uchun    foydalanish  maqsadga  muvofiq 

hisoblanadi. 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling