Ingichka va yo`g`on ichakda ovqat hazm bo`lishi. Me`da osti bezi fiziologiyasi


Download 100.28 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2023
Hajmi100.28 Kb.
#1456298
1   2   3
Bog'liq
5.Ingichka va yo`g`on ichakda ovqat hazm bo`lishi

Yo’g’on ichaklar funksiyasi.

  • Yo’g’on ichaklarda juda kam shira ajraladi, suv so’riladi va najas shakllanadi. O’simliklar dunyosi oziqlari, go’shtli oziqlarga nisbatan ko’p najas hosil qiladi. Yo’g’on ichaklarda juda katta miqdorda mikroblar (1 g najasda 15 mlrd. gacha) mavjud. Qishloq xo’jalik hayvonlarining yo’g’on ichaklarida oziq massalari juda uzoq muddat saqlanadi, masalan, otlarning yo’g’on ichagida 72 soat gacha saqlanadi. Yo’g’on ichaklarda hazm tizimining yuqori qismidan tushuvchi mikroblar, infuzoriyalar va fermentlar ta’siri ostida 40-50% kletchatka, 40% oqsillar va 25% gacha uglevodlar hazmlanadi. Kavshovchi hayvonlarning yo’g’on ichaklarida 15-20% kletchatka achib-bijiydi va so’riladi. Demak mikroblar oziqlarni kelgusi parchalanishiga ham zarur bo’lar ekan. Lekin bu mikroblar oqsillarning chirishini va ulardan turli zararli moddalarning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. I.I.Mechnikovning ta’kidlashicha bu moddalar organizmning o’z-o’zidan zaharlanishini (autointoksikatsiya) yuz beradi va organizmni qarrishini sabablardan asosiysi hisoblanadi.

Ichaklar shirasining fermentativ tarkibi

  •  Ichak shirasi ikki-qattiq va suyuq qismlaridan iborat bo’ladi. Ular ichaklar devorlarida joylashgan liberkyun, brunner va qadoqsimon bez hujayralaridan ajraladi. Ichaklar shirasining qattiq qismi shilliq pardalarda joylashgan qadoqsimon bezlardan ozuqalarni mexanik qo’zg’atishlari tufayli ajraladigan shilimshiq moddalardan iborat bo’lib, ichaklar bo’ylab oziq moddalarni harakatlanishi paytida shilliq pardani jarohatlanishdan saqlaydi. Shilliq burdada fermentlar jamlanadi va qayta so’riladi. Ichaklar shirasining qattiq qismida ichaklar epiteliyasining atrofiyaga uchragan hujayralar, katta miqdordagi mikroblar va mikosiylar ham bo’ladi. Oxirgi ikki holat odatda yo’g’on ichaklarda kuzatiladi. Shiraning suyuq qismi, surg’ichlar orasida joylashgan liberkyun bezlar tomonidan ajratiladi va u suv, mineral tuzlar va fermentlardan iborat. Shira ishqoriy muhitga ega bo’lib, uning tarkibida 0,2% Na2CO3 0,6-0,7% NaCl va fermentlardan: entrokinaza, erepsin, uncha faol bo’lmagan lipaza va amilazalar mavjuddir. Ichaklar shirasining fermentativ tarkibi iste’mol qilinadigan ovqatlar turiga qarab o’zgarib turadi.

Download 100.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling