Ingliz filologiyasi va tarjima nazariyasi fakulteti Filologiya va tillarni o`qitish: Ingliz tili yo`nalishi


Download 30.13 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi30.13 Kb.
#1390019
Bog'liq
Yo`ldosheva Sitora mustaqil ish


Ingliz filologiyasi va tarjima nazariyasi fakulteti


Filologiya va tillarni o`qitish:Ingliz tili yo`nalishi
1-bosqich 2109- guruh
talabasi
Yo`ldosheva Sitoraning
TILSHUNOSLIK fanidan
,,O`zbek tilida so`z yasash usullari’’
mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

Fan o`qituvchisi : Zayniddinov Ma`ruf


2021-yil
So`z o`zi nima?


Tub so`z va yasama so`z
So`z – tilning narsa,hodisalar,jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhum strukturaviy birligi;o`z tovush qobig`iga ega bo`lgan, borliqdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular o`rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan , turli grammmatik ma`no va vazifalarda qo`llanadigan eng kichik nutq birligi,leksemaning nutqdagi muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan ko`rinishi.So`z gap uchun qurulish material sifatida xizmat qiladi,lekin,undan farqli ravishda xabar yoki tugal fikr bildirmaydi.Ma`lumot o`rnida, so`z va uning turlari, so`zlarning yasalish usullarini tilshunoslikning morfologiya va leksikologiya bo`limlari o`rganadi.
O`z navbatida o`zbek tili lug`at tarkibidagi ,shuningdek,nutqimizda qo`llaniladigan so`zlar dastlab tub va yasama so`zlarga bo`linadi.Masalan: paxta-tub so`z,paxtakor esa yasama so`z;bug`doy , rang so`zlari alohida olinganda tub so`zlar, ammo bug`doy rang – rangning bir turi, yasama so`z hisoblanadi.shundan xulosa qilsak so`z yasovchi affiksi bo`lmagan so`zlar tub so`zlar bo`ladi.
Ma`lum bir so`z negizida ma`no jihatdan , ba`zan, ma`no hamda Grammatik jihatdan undan farqlanadigan yangi so`z ya`ni yangi leksik birlik hosil qilgan holda yasalgan yangi so`zga yasama so`z deyiladi. Masalan: ish-ishchan, jon-jonlandi.

SO`Z YASALISHI HAQIDA


So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo`lib, u yangi so`z yasash usullari vositalarini o`rganadi.Tildagi so`zlarning yasash tarkibini hamda ularning yasalish usullarini aniqlash bu bo`limning asosiy vazifasidir.
Muayyan tilda mavjud bo`lgan usullar,namuna va qoliplar asosida yangi so`z hosil qilishga so`z yasalishi deyiladi.
So`z yasash yangi ma`noli so`z hosil qilish demakdir.So`z yasalishi lug`aviy ma`noning o`zgarishi asosida vujudga kelib,yasama so`z ko`pincha bir turkumdan boshqa bir turkumga ko`chadi.shu ma`noda so`z yasash hodisasi so`zning grammatik jihatdan o`zgartiradigan hodisadir.Masalan,gul so`zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos ko`plik qo`shimchasini olib turlanadi: gullar,gullarning ,gullarga kabi.Bu so`zga fe`l yasovchi -la qo`shimchasi qo`shilganda hosil bo`lgan ko`plik va kelishik qo`shimchalari olmaydi, turlanmaydi, balki,tuslanadi.Chunki bu holatda so`z grammatik jihatdan o`zgarib ,bir kategoriyadan boshqa kategoreyaga o`tadi.
Bir turkumdan boshqa turkumga o`tganda so`zlarda hosil bo`ladigan o`zgarishlar kategoreal o`zgarishlar deyiladi.Masalan,tasodifan so`zining o`zagi ‘’tasodif’’ -ot,unga yasovchi -an qo`shimchasi qo`shilganda so`z boshqa kategoriyaga ko`chdi,ya`ni kategoriya o`zgaradi.Uzumzor so`zidagi yasovchi -zor qo`shimchasi otdan ot yasagan.Bunda tafovut o`zgarmagan.
So`z yasalishi bilan bog`liq ravishda so`zning lug`aviy va Grammatik ma`nolari ham o`zgarishi mumkin.So`z yasalishi til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug`aviy jihatdan boyituvchi manbalardan biridir.
So`z yasash tildagi boshqa sohalar bilan xususan lug`at va grammatika bilan uzviy bog`liq. Chunonchi yasama so`z avval tilda mavjud bo`lgan lug`aviy vositalardan hosil bo`ladi.Shu jumladan, hozirgi o`zbek tilida yasama so`zlar,asosan,affikslar yordamida hosil qilinadi, ya`ni morfemaning bir turi so`z yasash uchun xizmat qiladi.Har qanday yasama so`zning tarkibi so`z yasalishi asosi va yasama so`zdan iborat bo`ladi.O`zbek tilida faqat mustaqil so`zlardan,ularning ham ot,sifat,son,fe`l turkumlaridangina so`z yasalishi mumkin.O`zbek tili lug`at (leksik) tarkibining boyishi , rivojlanishida so`z yasalishining muhum o`rni bor.
SO`Z YASASH USULLARI
1.Morfologik (affiksatsiya ) usuli.
2.Sintaktik (kompozitsiya) usuli.
3.Semantik usuli
4. Abbreviatsiya usuli
5. Fonetik usul
1.O`zak va negizga so`z yasovchi qo`shimchalar qo`shish bilan yangi so`z yasash morfologik usul bilan so`z yasash deyiladi.So`z yasash deyiladi. So`z yasalishida qo`shimchalar ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya deb ham ataladi.Masalan, paxtakor, sinfdosh, ochiq, tirishqoq,serjilo,va boshqalar.
So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asossan suffiks tarzida qo`llanib ,so`z o`zagidan so`ng qo`shilib keladi.Ba`zan, bunday affikslar so`z oldidan prefiks tarzida qo`shilib , yangi ma`nodagi so`z yasashi ham mumkin. Masalan, serhosil,badavlat,serunum,ba`mani,beminnat kabi.
O`zbek tilida so`z yasovchi affikslardan tashqari ,o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z -affikslar affiksoidlar deb ham yuritiladi:ishxona,mehmonxona,Yangiobod,taklifnoma kabi.
2. Ikki va undan ortiq so`zlarning qo`shilishi orqali yangi so`z yasalishiga kompozitsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qo`shma so`zlar hamda juft so`zlar yasaladi.Bu usul bilan so`z yasash ham unumdor usullardan sanaladi.Va bu usul ba`zi manbalarda sintaktik usul deb ham yurutiladi. Affiksatsiya usulida so`z yasash formulasi asos+qo`shimcha bo`lsa, bu usulda har ikala tomon ham asos, ya`ni asos+ asos ko`einishidadir. Masalan, ko`zoynak, guldasta, gultojixo`roz kabi.Bu usul orqali so`z yasalishida har ikala asosning qaysi so`z turkumida ekanligini aloqasi yo`q. Misol uchun, tez+yurar so`zini olsak.Bu so`zda tez- sifat va yurar- fe`l.
3.Bu usullardan tashqari so`z yasaydigan bir nechta boshqa usullar ham bor. Ulardan eng mashhuri semantik usul3 hisoblanib, chunonchi, bu usulda bir turkumdagi so`z boshqa turkumga ko`chadi va o`z ma`nosini o`zgartiradi.Bu so`z turkumidagi so`zlar Masalan,temir so’zi ot so`z turkumida metal, sifat so`z turkumida qattiq-temir ma`nolarini beradi. Aynan bu so`z ismga ham ko`chgan va boshqa ma`no kasb etgan.
4.Hali aytib o`tganimizdek morfologik va sintaktik usuldan tashqari yana so`z yasashga xizmat qiladigan usullarimiz ko`p. Ulardan yana biri – abbreviatsiya usulidir. Bu usul bilan qisqartma so`zlar hosil bo`ladi: BMT,MDH,DAN kabi.Bu usulda so`z to`g`ri ma`noli turg`un birikmalarning qisqarishi asosida yasaladi. Abbreviatsiya usuli o`zbek tiliga rus tilidan o`tgan bo`lib,ot so`z turkumiga oid qisqartma so`zlarni yasaydi.
5.So`z yasashning so`ngi usuli fonetik usul bo`lib, bu usulda hatto so`z urg`usining o`zgarishi ham boshqa so`z turkumidagi so`z turkumidagi so`zlarning hosil bo`lishiga olib keladi.So`zning fonetik tarkibida bo`ladigan o`zgarish natijasida yangi so`zning hosil bo`lishiga fonetik usulda so`z yasalishi deyiladi. Masalan, ko`r va ko`z, aka va uka, tun va kun kabi.
So`z yasalish tarkibi
So`z yasalishida affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari eng faol usullar sanaladi. So`z yasalish tarkibi so`zning morfemik tarkibi bilan uzviy bog`liqdir. Unda har bir o`zak hamda affiksial morfemaning yangi so`z yasovchi bilan bog`liqligi bor.Bu so`z yasalish tarkibining o`ziga xos jihatlari mavjud ekanligini ko`rsatadi.
So`z yasalish tarkibbi ikki qismdan iborat bo`ladi. Birinchisi, yasovchi asos, ikkinchisi -yasovchi vosita (qo`shimcha). Ysalish tarkibini esa yasalma – yasalma so`z deyiladi. Masalan , o`tloq, gulla, mevali, tezlik yasamalarda o`t gul, meva,tez so`zlari yasovchi asos bo`lib, -loq,-la , -li, -lik qismlari esa yasovchi vosita bo`lib kelgan.
So`z turkumida so`z yasalish
Bir turkumdan boshqa turkumga oid so`z yasash hodisasi tilde leksikaning boshqa m,anbalaridan biri sanaladi. So`z yasalish hodisasi turkumlarga ko`ra tahlil qilinganda, uning turlicha ko`rinishlarini aniqlash mumkin. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratsa bo`ladi:
-Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida boshqa turkumga oid yangi so`z yasaladi.
-Ma`lum turkumga oid so`zdan affiksatsiya hamda kompozitsiya usullari yordamida shu turkumning o`ziga oid yangi so`z yasaladi.
-Ma`lum turkumga oid so`zlar boshqa turkumdagi so`zlardan hamda shu turkumning o`ziga oid so```zlardan yasalmaydi.
-Yangi so`z boshqa turkumga oid so`zlardan hamda shu turkumga oid so`zlardan yasal,aydi, balki u to`g`ri ma`npli turg`un birikmalardan yasaladi.
Tilda ma`lum turkumdagi so`zlardan boshqa turkumga oid so`zlarning yasalishi ko`p uchraydi. Bunda ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish, taqlid va undov so`zlardan yangi so`zlar yasaladi. Lekin yangi so`z yasalishi faqat ot,sifat, fe`l , ravish so`z turkumlariga oid.Shu jihatdan qaraganda , son, sifat, ravish, yasalishining turli sahkllari mavjud.


Ot yasali

Download 30.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling