Paxtakor tumani


Download 0.75 Mb.
Sana02.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1741119
Bog'liq
PAXTAKOR TUMANI

PAXTAKOR TUMANI

  • Paxtakor tumani - Jizzax viloyati tarkibidagi tuman. 1967-yil 9-yanvarda Mirzachoʻl janubi-gʻarbidagi oʻzlashtirilgan yerlar negizida Sirdaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1974-yil Jizzax viloyati tashkil etilishi munosabati bilan ushbu viloyat tarkibiga oʻtkazilgan. Gʻarbda Zafaro-bod va Arnasoy, shimolida Doʻstlik, sharqda Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanlari va viloyatning Zarbdor, janubida Jizzax tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0,38 ming km². Aholisi 57,9 ming kishi (2003). Paxtakor tumanida 1 shahar (Paxtakor), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Akmal Ikromov, Mingchinor, Olmazor, Oqbuloq, Paxtakor, Samarqand, Chamanzor) bor. Markazi — Paxtakor shahri

TABIATI

  • Tuman hududi Mirzachoʻlning gʻarbida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik (oʻrtacha balandligi 295 m). Yer osti suvlari yuza va shoʻr hamda shoʻrtob. Tuman hududidan Janubiy Mirzachoʻl Kanali oʻtgan. Oqova shoʻr suvlarni chiqarib yuborish uchun zovurlar qazilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 30—35°, eng yuqori temperatura 40°, yanvarniki —4°. Yillik yogʻin 280–300 mm. Vegetatsiya davri 205— 210 kun. Tuproqlari, asosan, boʻz, och boʻz, shoʻrxok tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, gʻumay, pechak, ituzum, tol, jiyda, terak oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, quyon, kala-mush, ilon, kaltakesak; qushlardan oʻrdak, tustovuq, qirgʻovul, kalxat, kaptar, chugʻurchiq, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, mayna va boshqa bor.

AHOLISI

  • Aholisi, asosan, oʻzbeklar (88%), shuningdek, qozoq, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 152 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 19,4 ming kishi, qishloq axoliyey 38,5 ming kishi.

IQTISODIYOTI

  • IqtisodiyotiTahrirlash
  • Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda Oʻzbekiston—Polsha "Oʻzpolteks" qoʻshma korxonasi, 140 ga yaqin kichik korxona va xususiy firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari, 2 paxta tozalash zavodi, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash korxonasi, Paxtakor shahri bozori mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik. Sugʻoriladigan yerlar 26,5 ming ga dan ziyod, shu jumladan, 12,8 ming ga yerga paxta, 11,1 ming ga yerga gʻalla, 2,6 ming ga yerga boshqa ekinlar ekiladi. 12 shirkat, 965 fermer xoʻjaliklari bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 15,2 mingga yaqin qoramol, 11,4 mingdan ziyod qoʻy va echki, 275 yilqi boqiladi (1999). Paxtakor tumanida 20 umumiy taʼlim maktabi (13,2 ming oʻquvchi), shu jumladan, internatmaktab, boks va kurash maktabi, bolalar sport maktabi, litsey, kasb-hunar kolleji, madaniyat va istirohat bogʻi, badiiy havaskorlik, folklor-etnografik ansambllari ishlab turibdi. Markaziy stadion, bolalar sport majmuasi, yopiq suzish havzasi, shahardagi har bir mahallada sport majmualari faoliyat koʻrsatadi. Markaziy kasalxona (280 oʻrin), kattalar va bolalar poliklinikalari, 5 qishloq vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalar bor.
  • Paxtakor — Jizzax, Paxtakor — Toshkent, Paxtakor — Guliston, Paxtakor — Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
  • 1969-yildan "Paxtakor" gazeta chiqadi (1999-yilda adadi 1 ming)[1].

Paxtakor tuman homiyati


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling