Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-1823)
Download 1.07 Mb.
|
David Rikardo (1772-1823)
- Bu sahifa navigatsiya:
- D.Rikardoning ta`limotlari
- E`tiboringiz uchun rahmat
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g`oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda sohibkor dallol yahudiy oilasida tug`ildi, 14 yoshidan otasiga yordamchi bo`ldi. Ikki yil Amsterdamda (Gollandiya) savdo maktabida ta'lim oldi. Yoshligidayoq birjadagi qulay operatsiyalartufayli katta boylik to`pladi (1793-1812). Boyigach, tabiiy fanlar bilan, keyinchalik siyosiy iqtisod bilan shug`ullandi. U matematika, fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o`rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika o`qituvchisi bo`ldi, ikki marta sherif (politsiya boshlig`i) etib saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a'zosi edi. Parlament minbaridan o`zining ilg`or iqtisodiy fikrlarini tarqatish maqsadida foydalandi, erkin savdoni talab etdi, proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi davlat siyosatini tanqid qildi. D.Rikardoning ta`limotlariRikardodagi bu o`zgarishlarga tarixiy, iqtisodiy va sotsial omillar mavjud, ulardan eng muhimi shuki, XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlarida Angliyada sanoat to`ntarilishi ro`y berdi va bu jarayon asosan nihoyasiga yetkazildi. Oqibatda Angliya ko`p yillar davomida "dunyo fabrikasi" nomini oldi, sanoat ayniqsa tez o`sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko`paydi, lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya'ni differensiatsiya yuz berdi. Mashina sanoatining rivoji tufayli ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi, mehnat sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo`shimcha qismiga aylandi, xalq ommasi kurashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga o`t qo`yildi. Rikardo Angliyada sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi sifatida maydonga chiqdi (Smit esa manufaktura davrining iqtisodchisi edi). Rikardo shular tufayli iqtisodiy ta'limotni yuqoriroq pog`onaga ko`tardi. Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining predmeti va me-todini aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda muhim rol o`ynadi. Uning fikricha, jamiyatning sinfiy tuzilishi uning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o`rinni egallaydi Tadqiqot usuli sifatida tabiiy tartib konsepsiyasi olinadi va mamlakat boyligi sifatida ishlab chiqarishning fizik hajmlarini ko`paytirish deb hisoblanadi. Buning uchun esa erkin raqobat va iqtisodiy liberalizmning boshqa prinsiplarini qo`llash darkordir. Masalan, mamlakatga erkin oziq-ovqat kiritish ("non qonunlari"ga qarshi) daromad normasini kamaytirmay va yer rentasini uncha oshirmagan holda kapital jamg`arishni o`stirishga olib keladi deb hisoblaydi Rikardo qiymat qonunini ishlab chiqishda Smitning xulosalariga, garchi ularni qisman rad etsada, suyandi va ularni rivojlantirdi. U tovarning ikki faktori: iste'mol va almashuv qiymatlarini yanada aniqroq o`rgandi (masalan, nonni yeyish va sotish mumkin). Foydalilik (iste'mol qiymati) almashuv qiymatining zaruriy sharti, ammo uning o`lchovi bo`la olmaydi. Barcha tovarlarning almashuv qiymati (ba'zi hollar bundan mustasno, masalan ilgarigi rassomlarning kartinalari, noyob vino) va ularni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflari va chiqimlari bilan aniqlanadi. Rikardo ta`limotlari Smit ta`limotlarini to`ldirdi. Rikardo Smit kabi qiymatning mehnat nazariyasini kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida qo`llashda katta qiyinchilikka uchradi. qiymatning ishlab chiqarish bahosiga aylanish muammosiga e'tibor berdi va uni hal etishga urindi. Real hayotda kapitaldan olinadigan foyda shu kapitalning miqdori bilan aniqlanadi yoki foyda normasi mo’tadillashish tendensiyasiga ega. Ammo tovarlar ularni ishlab chiqarishga sarf bo`lgan jonli mehnat sarflariga mos ravishda bir-biriga almashsa, bunday bo`lishi mumkin emas. Bu holda kapitalning organik tuzilishi (C G` Y) past bo`lgan yoki kapitali tez oborot bo`ladigan tarmoqlar boshqa organik tuzilishi yuqori bo`lgan va kapitali sekinroq oborot bo`ladigan tarmoqlarga nisbatan ustunlikka ega bo`ladilar. Rikardo ish haqi, foyda va renta masalalarini yechishga katta hissa qo`shdi. U Smit kabi asosiy uch sinfning dastlabki daromadlari masalasiga e'tibor berdi. U mehnatni tovar deb (aslida ishchi kuchi tovar) hisoblab, mehnatning bozor bahosi (ish haqi) tabiiy baho bo`ladi va shu atrofda o`zgaradi; tabiiy baho deganda ishchi kuchining qiymatini tushungan. Rikardo masalaga tarixiy an'analar asosida yondashishga urinsa ham mehnatning tabiiy bahosini jismoniy minimumga tenglashtiradi. Masalan, nonning bahosi va ish haqining pul miqdori o`rtasida bevosita bog`liqlik bor,- deydi u, - agar nonning bahosi oshganda ish haqi o`zgarmasa, ishchilar och qoladi va o`limga mahkum etiladi. Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e'tibor qildi. U dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo`lgan tovar deb qaragan. Pul qiymati unga sarf qilingan mehnat bilan aniqlangan. Rikardo pulning xususiyati shuki, u alohida tovar, boshqa tovarlarning qiymat o`lchovi va muomala vositasi sifatida harakat qiladi, deydi. U qog`oz pullarning miqdorida muomalada bo`lgan tovar massasi qiymatiga mos (ya'ni proporsional) bo`lishi kerak, ortiqchasi bank tomonidan iste'moldan chiqarilishi zarur, deydi Rikardo Angliyaning tashqi aloqalari iqtisodiyotda katta rol o`ynashini alohida o`rgandi. U birinchilardan bo`lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdangina emas, balki mamlakatlar o`rtasida ham xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Bunda nisbiy afzallik tamoyil mavjudligini ishlab chiqdi. Bu tamoyil universalroq bo`lib, A.Smitdagi mutlaq afzallik prinsipo` (yuqorida berilgan) xususiy hal sifatida qabul qilinadi. Bu prinsipga ko`ra ayrim mamlakatlar ma'lum tovarlarni ishlab chiqarishda ayrim qulayliklarga ega bo`ladi va kam harajat sarf qiladi. Bunda tabiiy va iqlimiy omillar ham katta rol o`ynaydi (mutlaq ustunlik). Ma'lum tovarlarni ishlab chiqarish bu mamlakat uchun boshqa mamlakatlardagiga nisbatan qulayroq bo`lishi mumkin. Mamlakatlari tabiiy, texnologik va madaniy farqlari tufayli ishlab chiqarish xarajatlari turlicha bo`ladi. Ixtisoslashuv hatto qoloq davlat uchun ham qulayroq bo`ladi, masalan O`zbekiston uchun paxta, Braziliya uchun kofe kabi. Rikardoning 1815 yilda yozilgan "Nonga bo`lgan past bahoning kapital foydasiga bo`lgan ta'siri to`g`risidagi tajriba" nomli pamfletida sinflarning iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi qisqa, ammo lo`nda tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari quyidagilardan iborat: agar iqtisodiyot rivoji o`z holiga qo`yilsa, aholining o`sishi va kam unumdor yerlarga ishlov berishga o`tilishi tufayli qishloq xo`jaligi mahsulotlarining bahosi oshib boradi. Buning barcha foydasi yer egalari bo`lgan lendlordlarga o`tadi. Vaholanki kapitalga bo`lgan foyda normasi pasayadi. XVIII asrning oxirida (1789-1794 yillar) G’arbiy Yevropadagi eng yirik burjua inqilobi Fransiyada ro`y berdi. Bu inqilob mamlakatdagi feodal munosabatlarga to`la barham berdi va kapitalizm (bozor)ning tez rivoji uchun yo`l ochib berdi, ammo bu o`zgarishlar tekis va ravon amalga oshmadi. Sanoat to`ntarilishi mashina industriyasini boshladi. Kapitalistik munosabatlarning bir qancha pozitiv tomonlari bilan birga anchagina negativ oqibatlari ham ko`rina boshladi. Xulosa Ana shunday sharoitda klassik maktab vakillari yaratgan ta'limotlarni har tomonlama to`ldirish va qayta ko`rib chiqishga kirishildi, bu jarayon Fransiya, Angliya va AQSHda XVIII asr oxiri - XIX asr 1-yarmida ro`y bera boshladi. Bu davrdagi ta'limotlarga xos xususiyat shu ediki, ularda barcha iqtisodiyot kategoriyalari to`laligicha emas, balki qisman, ya'ni ularning ayrimlari olinib, tadqiq qilindi. Fransiyada Sey, Bastia, Angliyada Maltus, Senior, AQSHda Keri va boshqalar klassik iqtisodiy maktabni qayta ko`rib chiqish, uni to`ldirish, zamonga moslash istaklari bilan o`ziga xos ta'limotlaryoyo yuzaga kela boshladi. 1-bosqich V.Petti va P.Buagilber, 2- bosqich A.Smit va D.Rikardo nomlari bilan bog`liq bo`lsa,bu davrni klassik maktab evolutsiyasining uchinchi bosqichi sifatida qarash mumkin. E`tiboringiz uchun rahmat Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling