Alishеr navoiyning asarlarida ijtimoiy-falsafiy gʻoyalar


Download 19.22 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi19.22 Kb.
#1023283
  1   2   3
Bog'liq
Falsafa


ALISHЕR NAVOIYNING ASARLARIDA IJTIMOIY-FALSAFIY GʻOYALAR
06/04/2022 MAQOLALAR 335 koʻrilgan
Navoiy falsafasining, uning inson haqidagi fikrlarini, estetik gʻoyalarini, borliq haqidagi fikrlarini anglash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Navoiyning mutlaq borliq mavjudligini tan olib, uni zamon va makon nuqtai nazaridan cheksiz deb izohlaydi. Borliqni avvali va oxiri yoʻq, deb hisoblaydi. “Hayrat ul-abror” asarida Navoiy mutlaq borliqqa shunday taʼrif beradi:
Ey senga mabdada abaddek azal,
Zot-i qadimning abadiy, lam yazal.
Ne boʻlub avvalda bidoyat senga,
Ne kelib ohirda nihoyat senga [1: 13-14].
Ushbu asarda Navoiy azal va abadning nisbiyligini haqida mantiqiy xulosa chiqaradi. Makonning toʻliqlik va boʻshliqdan iborat, deb hisoblaydi. Mutlaq borliq esa ikki qismni ichiga oladi: “Ne anga zamonu makon ihtimoli, ne zamonu makon andin xoli. Ne xalo aning yeridur, ne malo, ammo ham xalo-vu ham malo andin toʻla” [1: 17].
Mutlaq borliqning asosiy xususiyatlaridan birini Navoiy nuqtai nazaridan zotning vojibligini, yaʼni obyektivlik gʻoyasini ilgari suradi. Bu borliq insonga taʼsiri boʻlmaydi, u bor boʻlgan va bor boʻladi. Nisbiy borliqni esa olim borliqqa qaram deb koʻradi. Mutlaq borliq taʼsirida nisbiy borliq bor boʻladi, yoki, aksincha yoʻq boʻlishi mumkin. Lekin nisbiy borliq mutlaq borliqqa hech qanday taʼsir oʻtkazolmaydi:
Arzu falak yoʻqidinu boridin,
Barchaning ixfosiyu izhoridin.
Ne azamat ichra anga sud oʻlub,
Ne jabarutiga ziyon bud oʻlub [1: 49].
Mutlaq borliq yagonadir, va ushbu mutlaq borliq haqida Navoiy shunday deydi:
Hamd angakim, vojibgʻi bi-z-zot erur,
Homid aning zotiga zarrot erur.
Vahdat-i zotiga quyoshdek tanuq,
Zarradin afzun-u quyoshdin yoruq [1: 9].
Navoiyning qarashlarida borliqning paydo boʻlishi mutlaq borliq harakati bilan bogʻliq deb koʻrsatilgan:
Chu bir junbish etti ayon bahr-i zot,
Padid oʻldi amvojidin koinot [1: 239].
Dunyoda hech qaysi narsa oʻzidan oʻzi paydo boʻlmaydi va yoʻq boʻlmaydi. Koinotda qancha cheksiz boʻlsa ham, unda boʻshliq boʻlmaydi. Koinotda barcha narsa bir biriga bogʻliqdir, har biri biriga vosita:
Qatragacha qulzum-i zaxxordin,
Zarragacha shamsa-yi zarkordin.
Oni munga, muni anga band etib,
Bir-biriga barchani payvand etib.
Vositalar boʻldi ayon toʻ-batoʻ,
Bir-biriga bogʻlanibon moʻ-bamoʻ [1: 22].
Koinotdagi bor narsalar turli-tuman narsalardan iboratdir. Mavjudotlar esa zamon va makon bilan cheklanib qoʻyilgan. Koinotdagi bor narsalar avvali va oxiri mavjud. Hamma narsa bor boʻladi va belgilangan vaqtdan keyin yoʻq boʻladi. Lekin borning yoʻq boʻlishi nisbiydir. Navoiy “Hayrot ul-abror” asarida koinotning vujudga kelishini shunday koʻrsatib beradi:
Andaki bor erdi nihon bu jahon,
Balki nihondagi jahondek nihon,
Ne sochibon kun yuzi barg-i suman,
Ne kechaning turrasi mushk-i Xoʻtan,
Ne ochibon koʻkda shafaq lolalar,
Ne yogib anjumdin anga jolalar [1: 14].
Koinotning eng oliy mavjudoti sifatida Alisher Navoiy insonni ifoda etadi. Inson mutlaq borliqning ijodi natijasida paydo boʻlib, unda mutlaq borliq oʻz ifodasini topadi. Faqatgina inson soʻzlash, fikrlash, mutlaq borliqni anglash qobiliyatiga ega boʻlib, koʻnglida haqiqat xazinasi mujassam etgan:
Ganjing aro naqd farovon edi,
Lek baridin gʻaraz inson edi.
Turfa qalomingga dagi komil ul,
Sirr-i nihoningga dagʻi homil ul.
Koʻngliga qilding chu aqin ganji qism,
Jismini ul ganjga qilding tilism[1: 16-17]
 Navoiy insonning oʻz maʼnaviy va ruhiy tabiati bilan boshqa mavjudotlardan ajralishi, har bir insonning insoniylik darajasi uning maʼnaviy yuksalish darajasi bilan belgilaydi. Kishining qiymati uning odamiyligi bilan belgilanadi. Uning odamiyligi esa mol-dunyosi koʻpligi yoki martabasi balandligi bilan emas, balki ushbu molu dunyosini xalq xizmatiga sarflashi bilan belgilanishi afzalroqdir. Boylik orttirish, ushbu yoʻlda insonlarga jabr qilish, mansabga intilish, va ushbu yoʻlda kishilarga zulm oʻtkazish bilan ovora boʻlgan insonlardan koʻra, shoir oddiy va kambagʻal bir komilni yoki dehqonni ming karra afzal koʻradi. Chunki birinchisi borliq qonunlardan bexabar va qimmatbaho insoniylikni oʻtkinchi molu dunyoga almashtirib, hayotini maqsadsiz oʻtkazadi. Ikkinchi inson esa oʻz mehnati bilan oʻziga va jamiyatga bebaho naf qiladi. Hodisalarga toʻgʻri koʻz bilan qaragan insonlarni Navoiy “maʼno ahli” deb biladi, yuzaki qarashlarga ega odamlarni esa “suvrat ahli” deb ataydi.
Shoir inson mohiyatini uning ijtimoiy faoliyatida – jamiyatga foydali kasb bilan shugʻullanishi, xalqqa manfaati tegishi, odamlarning ogʻirini yengil qilishida, deb biladi. Uning xalq gʻamini oʻz gʻami deb bilmaydigan odamni odam qatoriga qoʻshmasligi bejiz emas:

Download 19.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling