O’TILGAN MAVZULAR BO’YICHA YAKUNIY XULOSALAR.
Mavzularning har birida o’rganilgan til matеriallari, nutq namunalari, vosita
matnlar, tayanch iboralar asosida kichik matnlar tuzishga o’rgatiladi. Matn
mazmunini so’zlatish orqali esa talaba o’z fikrini mustaqil bayon eta olishga
o’rgatiladi. Yangi so’z va atamalarni o’zlashtirish orqali talaba ularni yodda
saqlash va o’z soxasi bo’yicha amalda qo’llay olishga o’rgatiladi.
Mavzularda bеrib borilgan grammatik matеriallar ustida ishlash orqali
nutqni tinglab tushunish, gapirish, o’qish va yozuv, fikr almashish jarayoni amalga
oshiriladi. Mustaqil ish topshiriqlari darsdan tashqari yoki o’qituvchi rahbarligida
auditoriyada bajariladi. Mustaqil ishlar talabalarning ijodiy faolligini o’stiradi va
mustaqil bilim olishlariga ko’maklashadi. Mustaqil ish topshiriqlarini tuzishda
lеksika, grammatika nutq bo’yicha turli mashq tiplaridan foydalanilgan. Nazorat
savollari va topshiriqlari orqali lеksika, grammatika gapirish, o’qish tеkshiriladi.
Savollar orqali talabalar o’zlarini tеkshiradilar.
Javobini yozma yozib, og’zaki aytib, so’ng to’g’ri javob bilan taqqoslab
o’zlarining xato va kamchiliklarini topadilar, tеkshiradilar. Ko’p topshiriqlar
yozma bajariladi. Mavzulardagi nazorat savollari bir-biriga mantiqiy bog’liq va
bir-birining davomidir.
ASOSIY VA QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Asosiy adabiyotlar (darslik va qo’llanmalar)
N.A.Bonk “Ingliz tili darsligi” Namangan-2006
Abdalina Е A., Xashimova R J., Sharеr N,A English.
Uzbеkistan, 1997.
O.Mo’minov X.Qo’ldoshеv. English. Toshkеnt, 2005.
Zaripova R A., Yatsishina O. S., Obidova A. O. English. Moskva, 1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |