Ingliz tili fonetikasi
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
Ellipsis (yun. tushish, tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo’laklarining muayyan maqsad bilan tushirilishi hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod – lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Masalan:
Avaylaganing shu bo’lsa... uning zardali ovozi ham jonimga tegdi. (Y.Akram) Iltimos to’xtang... Anavinga qarang! (Sh.Xolmirzayev) – Nima qilardingiz shu sassiq bilan tortishib? (S.Ahmad) –Topamiz-da, - dedim. Talantlar seni redaksiyangga emas, redaksiyam bo’lmasayam menga keladi.(Sh.Xolmirzayev) Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida «narsa» so’zi, uchinchi va to’rtinchisida «odam» so’zi ellipsisga uchragan. Bu jonli nutq uchun tabiiy hol bo’lib, badiiy matnga ham huddi shu – jonli nutqqa xos tabiiylikni ta'minlash maqsadi bilan olib kirilgan. Badiiy matndagi ellipsis tekshirilganda, qaysi gap bo’lagi ellipsisiga uchraganligi va bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi. Ellipsisni maqollarda juda ko’p uchratamiz. So’zlarning tushirilishi natijasida maqol tabiatiga xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga keladi: Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni bo’ri yer. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga. Yomon bilan yursang qolarsan uyatga. Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi. Ahmoq og’asini tanimas, To’qmoq tog'asini tanimas. Sukut (yoki jim qolish) deb, “so’z yoki so’zlar guruhining gap oxirida tushirib qoldirilishiga»ga aytiladi. Adabiyotlarda ellipsisning bir ko’rinishi sifatida talqin qilinadi. Bu usuldan badiiy matnda quyidagi maqsadlarda foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin: 1. Qahramon nutqining biror-bir sabab bilan uzilishi va tugallanmay qolganligini ifodalashda: - Bu tuproq... Oqposhsho gapinitopolmay qoldi. Ketiga qayrilib qaraydi. (T.Murod). 2. Tinglovchi e’tiborini tortish maqsadida so’zlovchining atayin jim qolshini ifodalashda: –Qap lo’ndasi... Shvetsiya vaziri Falonchiyev janoblari aytganlariday, bu tuproq O’rusiya tojidagi oliy qimmat dur, ha, dur! (T.Murod) 3. Qahramonning ma'lum muddat o’ylanib qolganligini ifodalashda: - O'zi... poshsho kattami, vazir kattami? (T.Murod) – Bolalarim... -deydi. Oppoq soch odam labiarini rho’chchaytirio’cho’chchaytirib o’ylab qoladi. ~ Bolalarim... ~ deydi - Men sizlarni bola deyishgayam tilim bormayapti. Sizlar kattatar hayotini boshdan kechiryapsiz. (T.Murod). Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko’p nuqta bilan belgilanadi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, ko’p nuqta bilan tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo’lavermaydi. Ba'zan muallifning o’zi qahramonning jim qolishi va uning sababini bayon qiladi. Bunday vaziyatda ekspressiv effekt sezilarsiz darajaga tushadi: Xotini nima desa "yo’q" deydigan so’fi bu safar birdaniga "yo’q" demasdan, xayolga ketdi. Sukut-uzoqqa cho’zilganidan keyin Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan: - Nimaga indamaysiz? Xo'p deng! Katta odam, uyat bo'ladi. Bir yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari borki... (Cho’lpon). Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling