Ingliz tili fonetikasi
MA’RUZA 8. BADNY MATNNI TAHLIL QILISH TAMOYILLARI
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakl va mazmun birligi tamoyili.
MA’RUZA 8.
BADNY MATNNI TAHLIL QILISH TAMOYILLARI Reja: 1. Badiiy matnni tahlil qilish tamoyilllari. 2. Badiiy matnni tahlil qilish usullari. 3. Lisoniy tahlil tiplari Tayanch tushunchalar: Metodologiya, metod, tamoyil, usul, shakl va mazmun birligi tamoyili, makon va zamon birligi tamoyili, ilmiy mushohada usuli, lisoniy tabdil usuli, matn variantlarini qiyoslash usuli, lug'atlarqa asoslanish usuli. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanining metodologiyasi dialektik tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi. Metodologiya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, metodos–yo’l, usul va logos–ta’limot demakdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning nazariy va amaliy faoliyatini to’g'ri uyushtirish, tashkil etish haqidagi ta’limotdir. Dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Lekin mazkur qonuniyatlar muayyan badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarur. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida quyidagi tamoyillarga tayanib ish ko’rilsa maqsadga muvofiq bo’ladi degan fikrdamiz: 1. Shakl va mazmun birligi tamoyili. 2. Makon va zamon birligi tamoyili. 3. Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabat aniqlash tamoyili. 4. Badiiy matndagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyillari. 5. Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarini aniqlash tamoyili91. Tahlil usullari sifatida esa quyidagilar e’tirof etiladi: 1. Lisoniy tadbil usuli. 2. Matn variantlarini qiyoslash usuli. 3. Lug’atlarga asoslanish usuli. 4. Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli. 1. Shakl va mazmun birligi tamoyili. Borliqdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik, bog'lanish turlaridan biri shakl va mazmunning dialektikasidir. Shakl va mazmunning dialektik birligi tushunchasi har qanday matn uchun zaruriy xususiyat hisoblanadi. Faylasuflar mazmunga «muayyan narsa va hodisalarni tavsiflovchi ichki elementlar va o’zgarishlarning majmui» deb baho beradilar. Shaklni esa «mazmunni ifodalash usuli, tashkil etuvchisi" sifatida talqin qiladilar. Shaki va mazmun bir-biri bilan shunday bog'lanib ketganki, birida sezilgan nuqson ikkinchisidagi butunlikka putur etkazishi mumkin. Shakl va mazmun muvofiqligi buzilsa, muallifning niyati to’la namoyon bo’lmay qolishi turgan gap. Bunda asosiy e'tiborni matn va uning janr xususiyati o’rtasidagi muvozantga qaratgan holda, matndagi lisoniy birliklarning matn tabiatiga mosligi masalasini ham diqqat markazidan qochirmaslik kerak. Badiiy matn ham shaklan, ham mazmunan mutlaqo o’ziga xos bo’lgan murakkab va serqatlam estetik butunlikdir. Unda mazmun qanchalik muhim bo’lsa, shakl ham shunchalik favqulodda ahamiyatlidir. Ba'zan shakl hatto mazmun darajasiga ko’tarilishi, mazmun maqomini olib, haqiqiy mazmunning qimmatiga daxl qilishi ham mumkin. Badiiy inatnda muallifning mazmunni shaklga solishdagi mahorati, bundagi individual xususiyatlar alohida qimmatga ega. Badiiy matnning lingvopoetik tahlilida, eng avvalo, ana shu jihat, ya’ni shakl va mazmun birligi birlamchi tamoyil sifatida nazarda tutilishi lozim. Shakl va mazmunning ochiq yoki yashirin muvofiqligi muallif badiiy niyatining aniq va to’la namoyon bo’lishi uchun jiddiy zamindir. Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling