Ingliz tili fonetikasi


Download 161.42 Kb.
bet32/47
Sana24.01.2023
Hajmi161.42 Kb.
#1115625
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017

SAVOL VA TOPSHIRJQLAR:
1. Sintaktik parallelizm deb nimaga aytiladi?
2. Emotsional gap deb nimaga aytiladi?
3. Ritorik so’roq gap deb nimaga aytiladi?
4. Inversiya deb nimaga aytiladi?
5. Ellipsis deb nimaga aytiladi?
6. Sukut deb nimaga aytiladi?
7. Gradatsiya deb nimaga aytiladi?
8. Antiteza deb nimaga aytiladi?
9. Farqlash deb nimaga aytiladi?
10. O'xshatish deb nimaga aytiladi?
Adabiyotlar ro’yxati
1. Yo’ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili.–
Toshkent:A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.
2. Yo’ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari.–Samarqand, 1999.
3. Abdurahmanov X., Mahmudov N. So’z estetikasi.– Toshkent: O’qituvchi, 2002.
4. Boboyev T., Boboyeva Z. Badiiy san’atlar. – Toshkent: TDPU, 2001.
5. Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008.
6. Yo’ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish.–Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.
7. Mamajanov A. Tekst lingvistikasi.–Toshkent, 1999.
MA’RUZA 7.
KO’CHIMLAR
Reja:
1. Metafora.
2. Metonimiya
3. Sinekdoha.
4. Kinoya.
5. Perifraz
6.Mubolag'a. grotesk, kichraytirish.
Tayanch tushunchalar:
Metafora, metonimiya, sinekdoha, kinoya, perifraz, mubolag'a, grotesk, kichraytirish. Ko’chimlar deyilganda «adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini, ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma'noda ishlatilishni» nazarda tutiladi. So’z ma'nosining ko’chish jarayonlari turli ko’rinishlarda voqe bo’ladi, bu jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o’zbek tilshunosligida ancha batafsil o’rganilgan. Ko’chimlar deyarli ko’pchilik adabiyotlarda «troplar» atamasi ostida o’rganilgan. "Badiiy tekstning lingvistik tahlili” qo’llanmasida ko’chimlar quyidagicha tasnif qilingan:
«1.So’z ma'nosining miqdoriy ko’chishiga asoslangan troplar: a) giperbola; b) meyozis,
2. So’z ma’nosining sifatiy ko’chishiga asoslangan troplar: a) metafora; b) metonimiya; v) ironiya.» qolgan tasviriy vositalar mazkur ko’chimlarning ko’rinishi sifatida beriladi: «simvol, jonlantirish, epitet – apastrofa – metaforaning; perifraza, sinekdoxa, allegoriya, epitet – metonimiyaning; antifraza, sarkazm – ironiyaning; litota meyozisning ko’rinishlaridir» Badiiy matnning lingvopoetik tahliliga tartganda ko’chimlar deb ataladigan tasviriy vositalarning deyarli barchasining asosida o'xshatish, chog'ishtirishdan iborat mantiqiy tushuncha
yotganligini unutmaslik kerak.

Download 161.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling