Ingliz tili fonetikasi


Badiiy matnning lisoniy tahlili" kursi haqida umumiy ma'lumot


Download 161.42 Kb.
bet2/47
Sana24.01.2023
Hajmi161.42 Kb.
#1115625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017

Badiiy matnning lisoniy tahlili" kursi haqida umumiy ma'lumot. Badiiy matnning lisoniy tahlili kursining asosiy maqsadi badiiy matndagi badiiy ma'no va badiiy mazmunni aniqlash asosida lingvopoetik butunlik sifatidagi matnni baholashdan iborat bo’lmog'i lozim. Badiiy matnning lisoniy tahlili maxsus tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. Badiiy matndagi poetik aktuallashuv fonografik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning har birida o’ziga xos tarzda kechadi. Badiiy matnning lisoniy–estetik butunlik sifatidagi tabiati ham shakliy, ham semantik mohiyatga ega bo’lgan integrativ munosabatlarning mavjudligiga ko’ra yuzaga keladi.
"Badiiy matnning lisoniy tahlili" fanining maqsadi va vazifalari: Talabalarni matn va uning tiplari, birliklari; badiiy matn va uning mazmuniy turlari, badiiy matnda intertekstuallikning ifodalanishi, badiiy matnni shakllantiruvchi vositaiar, badiiy matnning fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari hamda lingvopoetik tahlil tamoyillari bilan tanishtirish, shuningdek, mazkur kurs bo’yicha o’zlashtirgan nazariy bilimlarini o’zbek adabiyotidagi eng sara badiiy asarlar tili tahlilida sinab ko’rishga o’rgatish.
"Badiiy matnning lisoniy tahlili" fanini o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar: Talabalar mazkur fanni o’zlashtirganlaridan keyin matn va uning to’liq lingvistik ta'rifi, tiplari, birliklari haqida to’g'ri tasavvurga ega bo’lishlari; badiiy matn va uning mazmuniy turlari, badiiy matnda intertekstuallikning ifodalanishi, badiiy matnni shakllantiruvchi vositalar, til birliklari orqali namoyon bo’ladigan estetik maqsadning yuzaga chiqish mexanizmlari haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishlari; badiiy matnning fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallashlari; lingvopoetik tahlil tamoyillari asosida muayyan bir badiiy asarni mustaqil holda tahlil qilish malakasini egallashlari lozim.
"Badiiy matnning lisoniy tahlili" fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Mazkur kursning mazmuni tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, nutq madaniyati, uslubshunoslik, falsafa, etika, estetika, mantiq va psixologiya kabi fanlar bilan uzviy aloqadorlikda faoliyat yuritadi. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish talabadan jiddiy filologik tayyorgarlikni talab qiladi. Chunki badiiy matn ijodiy tafakkur mahsuli sifatida shakl va mazmun jihatidan o’ta murakkab badiiy estetik butunlik hisoblanadi.

Download 161.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling