Ingliz tili fonetikasi
Leksik-frazeologik ma’nodoshlik
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
Leksik-frazeologik ma’nodoshlik. “Lug’aviy birlik sifatida frazeologizmlar so’zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo’la oladi”. Masalan: Xursand - og'zi qulog’ida, g'azablanmoq – jahli chiqmoq, beg'am – dunyoni suv bossa to’pig'iga chiqmaydi kabilar leksik-frazeologik ma'nodoshlik hisoblanadi. Badiiy matnda
ma'nodoshlikning bunday turidan holatni bo’rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi: Qurvon bibi so’zga qancha epchil bo’lsa, Razzoq so’fi shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi. Shakldosh so’zlar. Tilimizda tovush (yozuvda grafik) tomoni bir xil bo’lib, turlicha ma'nolarni ifodalovchi so’zlar mavjud. Bunday so’zlar omonimlar deb ataladi. Tilshunoslikda omonimiyaning uch ko’rinishi mavjudligi ta'kidlanadi: Omoleksema, omograf va omofonlar. «Omoleksemalarni belgilashda talaffuz jihatidan bo’ladigan bir xillik ham, harfiy (grafik) ifoda jihatidan bo’ladigan bir xillik ham hisobga olinadi». Masalan, qovoq-I (inson a’zosi) –qovoq-II (o’simlik nomi). Omograflar esa, harfiy jihatdan bir xil bo’lib talaffuzi har xil bo’ladi: tom-I (uyning tomi) – tom-II (jild), atlas-I (ipakdan tayyorlangan mato turi) - atlas-II (xarita). Omofonlar deb talaffuz jihatidan teng kelish hodisasiga aytiladi: yot( Masalan: Qo’qonda Urfiy degan, Xo’jandda Kamol Xo’jandiy degan shoirlar bir-birlari bilan do’st ekan. Kamol Xo’jandiy Urfiyni mehmonga chaqiribdi. Supada suhbat qilib o’tirganlarida Kamol Xo’jandiyning kichkina kuchugi dasturxon yoniga kelib, hatto dasturxonga tegib ketsa ham, u indamas ekan. Urfiyning juda g’ashi kelib,achchig’I chiqipti va so’rapti:– Bu maxsumchaga nima nom qo’yganlar? Kamol Xo’jandiy: Urfiy nomlardan birini qo’yganmiz-da. Urfiy: Kamoliga yetsin! Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling