Ingliz tili fonetikasi
Xajjayip.(S.Ahmad) -Xo’p, bo’pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Salyam!»
Xajjayip.(S.Ahmad) -Xo’p, bo’pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... -aytaveraymi, deb unga qaradi. (S.Ahmad). Bo’rixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi. To’g'ri, nima deyishni bilardi. Ammo, til bilmasa nima qilsin? o’ylab-o’ylab, «Salyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yig'lashni ham bilmay hayron turib qolishdi. (S.Ahmad) –Rahmatli padaringiz podachilikdan boshqa narsani bilmas edi. Esimda «Oshalo-ol!» deb keiganiari... -“Oshalol”emas, «oshi halol!» deb tuzatdi musiqa muallimi.(Sh. Xolmirzayev)
Alliteratsiya. Badiiy nutqning ohangdorligini va ta'sirchanligini ta’minlashda alliteratsiyaning o’rni beqiyosdir. She’riy nutqda misralar, bir xil undosh tovushlarning takror qo’llanishiga alliteratsiya deyiladi. Tovushiar zamiridagi musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan Sharq she’riyatida keng qo;llanilib kelingan. Ko’hna badiiyatshunoslik (“ilmi bade’ ”)da alliteratsiya «tavzi’ san'ati» deb yuritilgan. Alliteratsiya deganda zabardast shoir Erkin Vohidovning mashhur “q” alliteratsiyali she'ri ko’z oldimizga keladi: Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing qiz, Qilur qatlimga qasd qayrab- Qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qo’ymaysan. Qarab qo’ygil qiyo, Qalbimni qizdirsin quyoshing qiz. Bunday usulni shoir Elbek ijodida ham kuzatish mumkin: Ko’klamda ko’karsa ko’k ko’katlar, Ko’klarga ko’milsa katta-kattalar, Ko’m-ko’k ko’karib ko’rinsa ko’llar, Ko 'ngilni ko 'tarsa ko 'rkli gullar. Alliteratsiya nasriy asarda ham kuzatiladi. Quyidagi misollarda b, g', q, sh, t, k undoshlarining takrorlanishi natijasida hosil qilingan alliteratsiyani kuzatish mumkin: Butun bet-boshim bij-bij bo’ldi. Butun bet-boshim g'uj-g'uj ajin bo’ldi. Bet-boshim bet-bosh bolimadi - darz-darz yer bo’ldi. Bet-boshim bet-bosh bo’lmadi – qaqroqqaqroq yer bo’ldi. Bet-boshim bet-bosh bo’lmadi - sho’r-sho’r yer bo’ldi! (T. Murod) Bolalar folkloridatn tez aytishlar ham alliteratsiyaga asoslangan: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? Oq choynakka oq qopqoq, Ko’k choynakka ko’k qopqoq. Alliteratsiyadan xalq maqollarida intonatsion butunlikni ta'minlash maqsadida ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin: Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma. Tulkining tushiga tovuq kirar, Tovuqning tushiga tariq kirar. Tek turganga shayton tayoq tutqazar. Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling