Ingliz tili fonetikasi


Download 161.42 Kb.
bet11/47
Sana24.01.2023
Hajmi161.42 Kb.
#1115625
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017

Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsionalekspressivlik bag'ishlash maqsadida qo’llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo’ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning
takrorlanishi maqollarda ko’p kuzatiladi;
Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qo’yib ot
Non qon bo’lsa, qon - jon.
O’zing o’yda bo’lsang ham, o’ying uyingda bo’lsin.
Assonans qofiyadosh so’zlar tarkibida kelib, she'riy nutqqa ko’tarinki ruh va o’ziga xos musiqiylik baxsh etadi:
Ruhimda yo'qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo 'qlab kelibsan,
Vafo qilarmisan, bahorim?! (A.Oripov)
Alliteratsiya va assonans saj'li nasrda alohada ahamiyat kasb etadi. Saj' istilohi ilmiy adabiyotlarda nasrda ikki yoki undan ortiq so’zning qofiyada yoxud vaznda
(ba'zan har ikkisida ham) kelishiga nisbatan ishlatilishi ta'kidlanadi. Misol: Alqissa,
Qoraxon podsho o 'g 'lining dardini ishqdan bilib, ko 'ngli buzilib, yurak-bag'ri ezilib, qaddi bukilib, ko’zidan yoshi to’kilib, o’g'liga qarab, bir so’z aytib turibdi.8
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Fono-grafik vositalar va ularning badiiy matnda qo’llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
2.Unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish orqali qanday maqsadlar nazarda tutiladi?
3.Grafon deb nimaga aytiladi va ular badiiy matnda qanday maqsadlarda qo’llaniladi?
4.Alliteratsiya va assonans deb nimaga aytiladi?
5. Geminatsiya va uning lingvopoetik imkoniyatlari haqida nimalarni bilasiz?
Adabiyotlar ro’yxati
1. Yo’ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili.–
Toshkent:A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,
2010.
2. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari.–Toshkent: 2004.
3. Abdurahmanov X., Mahmudov N. So’z estetikasi.– Toshkent: O’qituvchi,
2002.
4. Boboyev T., Boboyeva Z. Badiiy san’atlar. – Toshkent: TDPU, 2001.
5. Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008.
6. Yo’ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanidan amaliy
mashg’ulotlarni tashkil etish.–Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.
7. Mamajanov A. Tekst lingvistikasi.–Toshkent, 1999.

Download 161.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling