Ingliz tili fonetikasi
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- -jinlanganman
Yangi so’zlar
Yangilik bo’yog'iga ega bo’lgan, yangi narsa-hodisa va tushunchalarni ifodalash uchun hosil qilingan leksemar neologizm yoki yangi so’zlar deyiladi. «Neologizm tilga umuman mansub bo’lishi yoki yakka shaxs nutqiga xos bo’lishi mumkm. Birinchisi umumtil neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi deb yuritiladi». Badiiy asarda asosan individual nutq neologizmlari badiiy-estetik qimmat kasb etadi. Mahoratli yozuvchilar voqelikni o’ziga xos, betakror va yangicha ifodalashga harakat qiladilar. Shuning uchun hali ko’nikilmagan yoki umuman qo’llanilmagan, yangi, ohorli so’zlardan foydalanadilar. Buni quyidagi misollarda ham ko’rish mumkin: 1.Shu ikki kechaning ixtiyori menda! Men -jinlanganman, men -o’tman, olovman. 2.Miryoqub Akbarali mingboshini haqir ko’radi, xo’rlaydi,uning itlanishidan kuladi. 3.Bahorlashib bir borib kelaman,deb yurib edim- (Cho’lpon) 4.Bajarajak yumushlarimni bot-bot bayonlaydi. 5. Ta’tillanib podayotoqqa bordim. (T. Murod). Direktorimiz kabinadan tashqarilaydi .(T.Murod) Sheva so’zlari Yozuvchilar o’z qahramonlarini o’zlari yashaydigan hudud va muhitdan ayirmagan holda, hayotdagidek ishonarli va jonli, tasvirlar ehtiyojidan kelib chiqib shevaga xos so’zlarni ishlatadilar. Sheva so’zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni o’zida aniq aks ettirish bilan birga “badiiy nutqda muayyan estetik funksiyani bajaradi. Biroq dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi me'yori, qanday ishlatilishi va ayni paytda qanday dialektizmlarning qo’llanishi bilan bog'liqdir”. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda shevaga xos birliklarning fonetik, leksik va grammatik dialektizmlar sifatida tasnif qilinganligini kuzatish mumkin. Fonetik dialektizmlar asosan, tovushlarni o’zgartirib qo’llash, tovush orttirilishi, tovush tushishi va tovushlami qavatlab qo’llash ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Masalan: 1. Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko’ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan; endi, ustiga poxol to 'shalgan aravada bo’lsa ham, allaqaylarga tala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi.(Cho’lpon) 2.Enaxonlarning butun oilasi yoyilgan qopning tegrasida jugari uqalab o’tirardilar.(Cho’lpon) 3. Toshkanniyam olibdimi-a? 4. Televizorning ichida-da, ulim. 5. Obro’y bor-da, obro’y! Leksik dialektizmlar ham o’z "navbatida ichki guruhlarga bo’lib o’rganiladi: sof leksik dialektizmlar, Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling