Ingliz tili fonetikasi
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
Zid ma'noli so’zlar
Tilda zid ma'noli so’zlarning mavjudligi badiiy nutqning ifodaliligi, ekspressivligi, ta'sirchanligini ta'minlashda qulay vositalardan biridir. Sharq adabiyotida juda qadim zamonlardan buyon tildagi bu ifoda imkoniyatidan keng foydalanib kelingan. «Shoir uchun juda zaiur bo’lgan san'atlardan biri tazoddir. Bu san’at yana mutobaqa, tiboq, tatbiq, muttazod, ittizod va takofu deb ham ataladi. Bu san’atda, badi'shunoslarning aytishicha, zid ma'noli so’zlardan foydalaniladi". Abu Abdulloh al-Xorazmiy o’zining badiiyat ilmi istilohlari tadqiqiga bag'ishlangan "Mafotih al-ulum'' asarida mutobaqa atamasiga shunday izoh beradi: mutobaqa so’zi tobaqa fe'lidan olingan bo’lib, u muannas "tuya orqa oyog'ini o’zining oldingi oyog'ining iziga qo’yib yurdi" ma'nosini beradi. Yevropa filologik an’anasida bu san'at «antiteza» deb yuritiladi. Badiiy asar tiliga bag’ishlangan ishlarda zjdlantirish, qarshilantirish atamalaridan foydalaniladi. Zid ma’noli so’zlarni yonma-yon qo’llash orqali tushunchalar belgilar, holatlar, obrazlar zidlantihladi. Odatda, lisoniy va kontekstual yoki nutqiy zid ma’noli so’zlar farqlanadi. Masalan: Eski qishloqda yangi odat (maqol) Hali ancha balandda bo’lsa ham uning kamolidan zavoli yaqinroq ekani ko’rinib turardi. Shuncha yer qo’ldan chiqqan bo’lsa, uning baravariga qancha davlat qo’lga kirgandir, muni xudo biladi-yu xudoning sevimli bandasi qorako’z Miryoqub biladi!..(Cho’lpon) Ba’zan mahoratli yozuvchilar qahramonlar ruhiyatidagi kontrastlikni bo’rttirib tasvirlash maqsadida muayyan bir kontekstual sinonimik qatordagi bir necha so’zni boshqa bir kontekstual sinonimik qatordagi bir necha so’zga birdaniga zidlantiradilar. Masalan: U vaqtda o’zi - kuldi, ochildi, quvondi, gerdayib, osmondan qarab qadam bosdi... Xadichaxon esa ezildi, kuydi, o’rtandi, xo’rlanib-xo’rlanib, achchiq – achchiq yigladi. (Cho’lpon) Kontekstual antonimlardan badiiy asarda tasvirning ta'sirchanligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Masalan: «Zelixon Elchindan qasos haqidagi gaplarni birinchi marta eshitganda sergaklandi. U mushtdek yurakni qoyadek dard bosib turibdi, deb yursa, bu vujudda vulqon kuch to’playotgan ekan...» (T.Malik) Bu nutqiy parchada mushtdek va qoyadek so’zlari «kichik» va «katta» ma'nolari bilan antonimik munosabatga kirishgan. Zid ma’nolilikni barqaror birikmalarda ham ko’plab kuzatishimiz mumkin. Iboralarda: ko’kka ko’tarmoqyerga urmoq, yuzi yorug' -yuzi shuvut, ko’ngli oq - ichi qora, ko’ziga issiq ko’rinmoq – ko’ziga sovuq o’rinmoq kabi. Yoki so’z va ibora o’rtasidagi– leksikfrazeologok zid ma’nolilik: xasis – qo’li ochiq, xafa – og’zi qulog’ida kabi. Maqol va matallarda: kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda. Yaxshidan ot qoladi yomondan dod. Osmon yiroq – yer qattiq. Hikmatli so’zlarda: Bilmaganni so’rab o’rgangan– olim, orlanib so’ramagan– o’ziga zolim. (Navoiy) Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling