Ingliz tili fonetikasi


MA’RUZA 4. BADIIY MATNNING LEKSIK-SEMANTlR XUSUSIYATLARI


Download 161.42 Kb.
bet12/47
Sana24.01.2023
Hajmi161.42 Kb.
#1115625
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017

MA’RUZA 4.
BADIIY MATNNING LEKSIK-SEMANTlR XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Ma'nodosh va shakldosh so’zlar.
2. Paronim va zid ma'noli so’zlar
3. Ko’p ma'noli so’zlar.
4. Eskirgan va yangi so’zlar.
5. Sheva so’zlari, chet va haqorat so’zlari.
6. Barqaror birikmalar va agnonimlar.
Tayanch tushunchalar:
Ma'nodoshlik, shakldoshlik, ko’p ma'nolilik, zid ma'nolilik, antiteza, paronim, paronomaziya, neologizm, istorizm, arxaizm, dialektizm, vulgarizm, varvarizm, paremalar, agnonimlar, agnomaziya.
Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan lekslk birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma'nodosh, shakldosh, zid ma'noli, ko’p ma'noli, tarixiy va arxaik so’zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so’zlar, chet va vulgar so’zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi.
Ma'nodosh so’zlar
Ma'nodosh so’zlar tilning lug'aviy jihatdan boylik darajasini ko’rsatib beruvchi
o’ziga xos vositadir. Tilda ma'nodosh so’zlarning ko’p bo’lishi tilning estetik vazifasini yana-da to’liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va o’rganilgan hodisadir. O’zbek tili ma'nodosh so’zlarga juda boy. Yozuvchilar tilimizdagi ma'nodosh so’zlar ichidan tasvir maqsadiga eng munosibini topib ular orqali qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha ifodalashga harakat qiladilar. Badiiy matndagi ma'nodosh so’zlar tahlilida, asosan ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so’zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bo’lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg’un holda qo’llashi masalasidir. Tilshunoslikda ma'nodoshlikning, asosan, uch turi farqlanadi, ya’ni: 1) leksik ma'nodoshlik; 2) frazeologik ma'nodoshlik; 3) leksik-frazeologik ma'nodoshlik.

Download 161.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling