Mavzu: Oʻzbek tili leksikasining boyish manbalari va taraqqiyoti
Download 222.5 Kb.
|
OʻZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI VA TARAQQIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
MAVZU: OʻZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI VA TARAQQIYOTI MUNDARIJAKIRISH 2 ASOSIY QISM: 4 1. Oʻzbek tili leksikasining tarixiy bosqichlari 4 2. Oʻzbek tili leksikasining boyish manbalari 12 3. Oʻzbek tilshunosligida oʻzlashma soʻzlarning roli va ahamiyati 14 4. Neologizm tushunchasi, paydo boʻlish sabablari va ularning oʻzbek tilida qoʻllanilishi 19 XULOSA: 30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 31 KIRISHMavzuning dozarbligi: Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda boʻlib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi – jamiyatda boʻlib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lugʻat boyligida yangi-yangi soʻz va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum soʻz-leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lugʻat boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi. Rivojlangan milliy tillar vujudga kelgan davrda adabiy tilning bu turi asta-sekin tilning boshqa mavjudlik shakllarini siqib chiqaradi, ularning ijtimoiy ahamiyatini pasaytiradi va umummilliy normaning ifodachisi, milliy til mavjudligining oliy shakliga, lisoniy aloqaning universal vositasiga aylanadi. Shu munosabat bilan savol tugʻiladi. Xoʻsh, davlat tili haqidagi qonun qabul qilinib istiqlolga erishganimizdan keyin oʻzbek adabiy tilining ijtimoiy vazifasi (polivalentligi) toʻliq shakllandimi? Oʻzbek milliy adabiy tili lisoniy aloqaning universal vositasiga aylandimi? Afsuski bu savolga ha deb javob bera olmaymiz. Chunki oʻzbek adabiy tilining istiqloldan keyingi ahvolini kuzatsak “Davlat tili haqida”gi qonun talablarining koʻp holda bajarilmayotgani, davlat tilining amaliyotga keng joriy qilinmayotgani, jonajon poytaxtimiz koʻchalari ajnabiy yozuvlarga toʻlib ketayotgani, shahar maktablari imijimida ruslashtirilayotgani, qonunlarimiz hali ham boshqa tilda ijod qilinayotganligiga guvoh boʻlamiz. Shuning uchun ham Oʻzbekiston Prezidenti SH. M. Mirziyoyev oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudentsiya, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini toʻlaqonli qoʻllash bilan bogʻliq” degan edi. Download 222.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling