Mavzu: Oʻzbek tili leksikasining boyish manbalari va taraqqiyoti


Download 222.5 Kb.
bet5/6
Sana03.11.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1744037
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OʻZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI VA TARAQQIYOTI

Mustaqillikdan soʻng jamiyat hayotida siyosiy, iqtisodiy, ma'naviyma'rifiy va boshqa sohalarda boʻlgan oʻzgarishlar.

  • Jahon miqyosidagi ilf-fan, texnik taraqqiyot ta'siri.

  • Xorijiy tilda muloqot qiluvchi yurtdoshlarimizning oʻzlashma soʻz va terminlarni oʻz nutqlarida koʻplab qoʻllashlari.

    Oʻzbek tilining izohli lugʻatida oʻzlashma soʻzlarning qaysi tilga tegishli ekani alohida shartli qisqartmalar asosida koʻrsatilar ekan, ularning oʻz tilidagi lugʻaviy ma'nosi va tilimizga oʻzlashganidan keyingi monosemantik yoki polisemantik xususiyati alohida koʻrsatib berilgan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, oʻzbek tilining izohli lugʻatida oʻzlashma soʻz olib kirgan tillar sifatida 16 ta til soʻzlaridan misollar berilgan. Bular sirasiga arab, fransuz, fors-tojik, golland, hind, ingliz, ispan, italyan, lotin, moʻgʻul, nemis, polyak, rus, xitoy, yunon, chex tillari kiritilgan. Biroq adabiyotshunoslik terminlarining ruschaoʻzbekcha izohli lugʻati910 va qisqacha siyosiy lugʻat11da portugal va skandinavcha tillardan olingan soʻzlar ham koʻrsatilgan. Bu kabi tillardan olingan soʻzlar ma'lum bir sohaga oid termin ekanligi uchun “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan oʻrin olmagan boʻlishi mumkin.
    Neologizmlarning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy ma'nolaridan birini yangi ma'noda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi12.
    Ma'lumki, tilda umumtil neologizmi va individual nutq neologizmi mavjud boʻlib, umumtil neologizmi jamiyat hayotida katta oʻrin egallaydi. Bunday neologizmlar muallif tomonidan ma'lum bir uslubiy talab asosida yaratiladi.
    Biroq har qanday yangi neologizmlar, avvalo, individual nutqda paydo boʻladi. Bunday soʻzlar jamiyat a'zolari tomonidan qabul qilinsa, til tizimida shu soʻzga ehtiyoj boʻlgan holatdagina oʻz vazifasini bajarib, umumtil neologizmi qatoriga oʻtishi mumkin.
    Ba'zi manbalarda neologizmlar ma'lum bir guruh va turlarga ajratib oʻrganilar ekan, haqiqiy neologizmlarning paydo boʻlishi nomlangan voqyelikning yangi nomi boʻlishi lozimligini asos qilib olishadi13. Biroq hozirgi paytda til tizimida neologizmlarning paydo boʻlish talabi jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda oʻzgardi. Soʻzlarning bir tildan ikkinchi tilga oʻtishi ma'lum bir yangi voqyea-hodisaning yangi nom sifatida shakllanishiga, til leksik “bazasi”ga oʻrinlashishiga sabab boʻlmoqda. Jahon xalqlari orasidagi oʻzaro madaniy, siyosiy, iqtisodiy hamkorlik til rivojlanish jarayoniga ham oʻzining shunday ta'sirlarini oʻtkazib bormoqda.



    Download 222.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling