Ingliz tili grammatikasini mustaqil o’rganuvchilar uchun ingliz tili fanidan grammatika o’quv qo’llanmasi
Agar fe’l noto’g’ri fe’l bo’lsa fe’lning past participle shakli qo’yiladi
Download 82.47 Kb.
|
Open English
Agar fe’l noto’g’ri fe’l bo’lsa fe’lning past participle shakli qo’yiladi.
Masalan: The police can’t find the money. The money was stolen. E’tibor bering! The police can’t find the money + the money was stolen => the police can’t find the money + which was stolen => the police can’t find the money stolen = palitsiya yo’qolgan pullarni topa olmaydi. Izoh: Yuqoridagi gapda ham huddi avvalgisi singari relative clause tarkibidagi subject va yordamchi fe’l tushib qolganligi sababli ular o’rniga keladigan which ham tushib qoldirilyapti. Gerund and infinitive S + V + Ving strukturasi bilan ishlatiladigan fe’llar
S + V + sb + Ving strukturasi bilan ishlatiladigan fe’llar
Passive bilan quyidagi struktura ishlatiladi S + V + being + Viii (ed) Agar ish harakati yakunlanga bo’lsa quyidagi struktura ishlatiladi. S + V + having + Viii (ed) S + V + that + Ving strukturasi bilan ishlatiladigan fe’llar
S + V + to V strukturasi bilan ishlatiladigan fe’llar
Inkor shakli S + V + not + to V Dare fe’li bilan ham to V ham V kelishi mumkin. Daren’t dan keyin to kelishi mumkin emas. Quyidagi fe’llar bilan => S + V + question tag + to V <= strukturasida ishlatiladi.
Quyidagi fe’llar => S + V + somebody + question tag + to V <= strukturasida ishlatiladi.
Quyidagi fe’llar ikkita struktura bilan ya’ni => S + V + to V yoki S + V + object + to V <= bilan ishlatiladi.
Help fe’li bilan => S + help + object + (to) V <= kelishi mumkin. Quyidagi fe’llar faqat => S + V + object + to V <= strukturasi bilan ishlatiladi.
Yuqoridagi fe’llarni passive shaklida => S + to be + Ved (iii) + to V <= strukturasi bilan ishlatiladi. Advise va Allow fe’llari quyidagi strukturalarda ishlatiladi. S + advise / allow + Ving S + advise / allow + object + to V S + to be + advised / allowed + to V Make va let fe’llari => S + V + object + V <= strukturasida ishlatiladi. S + to be + made + to V ham ishlatiladi. Quyidagi fe’llar => S + V + Ving yoki S + V + to V <= strukturalarida kelishi mumkin.
Prefer fe’li bilan ishlatiladigan strukturalar S + prefer +something + to something => biror narsani boshqasidan afzal ko’rmoq. S + prefer + Ving +something + to V something => biror ishni qilishni boshqa ishni qilishdan afzal ko’rmoq. S + prefer + to V +something + rather than V something => biror ishni qilishni boshqa ishni qilishdan afzal ko’rmoq. S + would prefer + something => biror narsani gapirilayotgan vaqtda yoki maxsus holatlardagina afzal ko’rish. S + would prefer + to V => biror ishni gapirilayotgan vaqtda yoki maxsus holatlardagina afzal ko’rish. Qisqartmasi => S’d prefer S + would rather + V => biror ishni gapirilayotgan vaqtda yoki maxsus holatlardagina afzal ko’rish. Qisqartmasi => S’d rather. Inkori => S + would rather + not + to V S + would rather + V + something + than + V + something = > bir ishni boshqasidan gapirilayotgan vaqtda yoki faqatgina ayrim holatlarda afzal ko’rish. S + would rather + somebody + Ved (ii) => kimnandir biror ishni qilishini gapirilayotgan vaqtda hohlash. Inkori => S + would rather + somebody + didn’t + V. Yana juda keng ishlatiladigan strukturalar Prepositionlardan keyin Ving ishlatiladi. Before va after dan keyin Ving ishatiladi. Biror ishni qanday bajarilganligini aytishda => by + Ving <= strukturasi ishlatiladi. Without dan keyin ham Ving ishlatiladi. S + get + used to + Ving => biror ishni qilishga o’rganib qolish jarayoni. S + to be + used to + Ving => biror ishni qilishga o’rganib qolmoq. It is no use + Ving => biror ishni qilishdan foyda / xojat yo’q. It is no point + Ving => biror ishni qilishdan ma’no yo’q. It is worth + Ving => biror ishni qilishga arziydi. It is not worth + Ving => biror ishni qilishga arzimaydi. The point of + Ving => biror ishni qilishdan ma’no. To have difficulty + Ving => … ni qilishda qiynalish. To have trouble + Ving => … ni qilishda qiynalish / muommo bo’lish. It is + waste of time / money + Ving => bu ishni qilish vaqt / pulni sovurishdir. S + spend / waste + time + Ving => … ga vaqt sarflash / sovurish. S + to be + busy + Ving => … ishni qilish bilan band bo’lish. Go + swimming / sailing / fishing / climbing / skiing / jogging / shopping / sightseeing Biror ishni nima maqsadda qilganligini aytish Why bilan berilgan savollarga odatda => to V bilan javob beriladi. Somebody / something + to be + to V => … maqsadidadir. It is + adjective + to V => biror ish harakatini qilishga tarif berish. Bu struktura bilan odatda quyidagi sifatlar ishlatiladi ( easy, hard, impossible, dangerous, safe, expensive, cheap, nice, good, interesting, exciting). Somebody + to be + adjective + to V => u isnonni biror bir ishni qilishiga tariff berish. Bu struktura bilan odatda quyidagi sifatlar ishlatiladi ( easy, hard, impossible, dangerous, safe, expensive, cheap, nice, good, interesting, exciting). It is + adjective + of + sb + to V => kimnidir qilgan yoki qiladigan ishiga ta’rif berish.
S + to be + adjective + to V => vaziyatga nisbatan o’z hissiyotini va munosabatini bayon etishda.
For + noun => for uchun ma’nosida kelgandan undan keyin ot so’z turkumidagi so’zlar keladi. For + somebody + to V => biror kimga biror ishni qilish uchun. To + V => to uchun / maqsadida ma’nosida kelganda undan keyin fe’l keladi. So that + S + won’t / wouldn’t => bo’lmasin deb / bo’lmasligi maqsadida. So that + S + can / could => qila olsin deb. The first / last / next / only / second + sb / sth + to V => bir ishni qilishda birinchi / … / bo’lish. S + to be + sure + to V => biror ishni amalga oshishi aniq. S + to be + certain + to V => biror ishni amalga oshishi aniq bo’lish. S + to be + likely + to V => biror ishni amalga oshishi ehtimoli bo’lish. S + to be + bound + to V => biror ishni amalga oshishi qat’iy. S + to be + afraid + to V => biror ishni qilishdan qo’rqmoq. S + to be + afraid + of Ving => biror ishni sodir bo’lishidan qo’rqmoq. S + to be + interested in + Ving => biror ishni qilishga qiziqmoq. S + to be + interested + to V => biror vaziyatga qiziqish bilan munosabat bildirmoq. S + to be + sorry + to V => 1) o’sha ish harakati sodir bo’lganidan hafa / hamdard ekanini aytish. 2) Biror ishni qilgani uchun uzr so’rash S + to be + sorry + for / about + Ving => avval qilgan ishi uchun uzr so’rash. S + Ved(ii) + sb + V => kimnidir biror ishni qilganini ko’rish / eshitish / … quyidagi fe’llar bilan ishlatiladi. (see / hear / feel / notice / listen to / smell / find. S + Ved(ii) + sb + Ving => kimnidir biror ishni qilayotganini ko’rish / eshitish / … quyidagi fe’llar bilan ishlatiladi. (see / hear / feel / notice / listen to / smell / find. Ving clause Ving gapni boshida kelganda – shu sababli / shunday bo’lganligi uchun deb tarjima qilinadi. Inkor shakli – Not Ving , S + V. Masalan: Feeling tired, I went to bed early = charchaganim uchun vahliroq uxladim. Having + Viii , S + V => bir ish tugagandan keyin boshqasi sodir bo’lgan holatlar uchun. Present perfect tense – hozirgi zamon tugallangan shakli Ishlatilishi Ish harakati o’tmishda sodir bo’lgan natijasi hozirgi zamonga tegishli. Biror ish harakatini nechanchi marta qilayotganini aytishda. Biror ish harakatini hozirgacha necha marta qilganini aytishda. Hali tugamagan vaqt mobaynida qilingan ish Yangiliklarni aytishda Sifatlarning orttirma darajasi bilan odatda ever signal so’zi bilan. Izoh: Yuqoridagi ishlatilish qoidalarini chuqurroq tushinib olishimiz uchun quyidagi izohlarga e’tibor qarating! a – holatda. Ish harakati o’tmishda lekin natijasi hozirda mavjud bo’ladi deyilyapti xo’sh bu holatda nimani tushindik? Ya’ni o’zbek tilida qanday holatlarda bu zamonni ishlata olamiz? Tasavvur qiling sizni o’rtog’ingiz qo’lini gips qilib olibdi, siz unga nima degan bo’lardingiz? Siz unga qo’lingni sindirib oldingmi deysiz – ya’ni uni qo’lini sindirib olgani o’tmishda sodir bo’lgan lekin natijasi hozir borku. Yoki yana bir boshqa holatda bir insonni hansirab nafas olayotganini ko’rib nima deysiz – hozir yuguribdi – he has just run - shekili deysiz negaki u terlab hansirab nafas olyapti. Ushbu holatlarda biz shu present perfect zamon turini ishlatishimiz kerak. b – holat bo’yicha – agar siz umringiz davomida hech qachon velosiped minmagan bo’lsangiz va hozir uni birinchi marta boshqarayotgan bo’lsangiz, yoki biror filmni do’stingiz bilan ikkinchi yoki uchinchi bor tomosha qilayotgan bo’lsangiz shu nechanchi bora bu ishni qilayotganingizni aytish uchun shu zamon turini ishlatasiz. Masalan birinchi marta velosiped minyapman – this is the first time I have ever ridden a bicycle, ikkinchi marta bu filmni ko’ryappan – it is the second time I have ever wotched this film. c – holat bo’yicha – siz biror ish harakatini masalan kinoga borganingizni yoki biror shaharga necha marta borganingizni hozirgacha necha marta qilganingizni aytishda ham shu zamon turidan foydalanasiz. Masalan: Men ikki marta chet elga borganman – I have gone abroad twice all my life. Yoki sizni uch marta uchratganman – I have seen you three times before. Nega aynan bu zamon past simple ( o’tgan oddiy zamon ) emas? Sababi shundaki biz shu ish harakatini hozirgacha necha marta qilganimizni aytdik ya’ni biz kelajakda bu ishni yana qilishimiz mumkin natijada bu ko’rsatgich o’zgarishi mumkin. Shuning uchun natija hozirga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lganligi uchun biz bunday turdagi gaplarni aytishda present perfect zamon turidan foydalanamiz. Shu yerda yana bir muhim ma’lumot – agar yakunlangan vaqt uchun masalan – kecha, o’tgan hafta, avvalgi yil … kabilar ya’ni bu davrlar allaqachon tugab bo’lgan va endi ularda qilingan ish sonini o’zgartirishni iloji yo’q bo’lsa bunday gaplarga PAST SIMPLE – ya’ni o’tgan oddiy zamon ishlatamiz. Masalan: Men o’tgan yili ikki marta Parijga bordim – I went to Parij twice last year. d – holat bo’yicha - Odatda bunday turdagi gaplar quyidagi signal so’zlari bilan ishlatiladi. -> today – bugun, this week – bu hafta, this evening – bu kecha, this month – bu yil, this winter – bu qish, this year – bu yil, this term – bu davr, <- negaki bu davrlar hali tugallanmagan bo’ladi. Masalan: Bugun uch payola choy ichdim – I have drunk three cus of tea today – desam, bugun hali tugagani yo’q va men yana choy ichishim mumkin. Shunday ekan natija o’zgarishi mumkin. Shuning uchun men bu turdagi gaplarni aytishda ham present perfect zamon turini ishlataman. Ammo aytilgan davr tugasa masalan men ertaga bugun haqida gapirsam – men kecha uch piyola choy ichdim – I drank three cups of tea yesterday – deyman ya’ni past simple ishlataman. Negaki endi men o’tmishga qaytib borib yana bir piyola choy ichib to’rt piyola qila olmayman. Mantiq shundan iboratki agar natijani o’zgartirishni iloji bo’lsa va aytilayotgan gapimiz hozirga taalluqli bo’lsa demak present perfect ishlatishimiz kerak. e – holat bo’yicha – yangiliklarni aytishda present perfect zamonini ishlatamiz chunki yangiliklar o’z nomi bilan yangilik ya’ni hozirgacha uni natijasi bor yoki endi xabar topildi. f – golat bo’yicha – sifatlarni orttirma darajasi ya’ni ENG so’zi bilan ishlatiladigan gaplar masalan: - Eng baland bino, eng qiziq film, eng qimmat mashina ….. xo’sh bunday gaplarda perfect zamon turini qanday ishlata olamiz. Masalan: Siz eng qimmat mashinani ko’rdingiz va – bu men umrim davomida ko’rgan eng qimmat mashina – it is the most expensive car I have ever seen all my life – dedingiz. ya’ni chu vaqtgacha ko’rgan eng qimat mashinangiz shu biroq siz kelajakda bundanda qimmatroq mashinani ko’rishingiz va o’sha bu eng qimmat mashina bo’lmay qolishi mummin ya’ni natija yana o’zgarishi mumkin. Demak siz ko’rgan eng qimmat mashina to’g’ridan to’g’ri sizni gapirayotgan vaqt bilan bog’liq va natija bor hisoblanadi. Formulasi va yordamchi fe’li Darak gaplarni formulasi
Inkor gaplarda
So’roq gaplarda
Yuqorida ko’rinib turgani kabi – uchbu zamon turining yordamchi fe’li – Have / has – hisoblanadi ya’ni uchinchi shaxs birlik – he / she / it – uchun has, qolgan kishilik olmoshlari uchun have. Yordamchi fe’lning asosiy funksiyasi bu so’roq gaplar va inkor gaplar hosil qilish. Ya’ni so’roq gap hosil qilish uchun yordamchi fe’l ya’ni have / has gapning egasidan oldinga o’tadi. Inkor gaplarni hosil qilishda esa yordamchi fe’l o’zidan keyin onkor yuklamasi ya’ni – not – emas ni olib keladi. Bundan tashqari yana bir muhim ma’lumotni bilib olishimiz kerakki. Bu zamon turida hamma gap turida fe’llarning uchunchi shakli ya’ni – past prticiple – o’tgan zamon sifatdosh shakli (Viii) ishlatiladi. Agar fe’l to’g’ri fe’l bo’lsa uni bu zamon turida ishlatish uchun fe’l oxiriga – ed – qo’shiladi. Signal so’zlari Already – allaqachon – odatda asosiy fe’ldan oldin keladi. Just – hozirgina – odatda asosiy fe’ldan oldin keladi. Before – oldin – gap oxirida. Still – hali ham – odatda asosiy fe’ldan oldin. Darak va so’roq gaplarda. Yet – hali ham – gapni oxirida. Inkor va so’roq gaplarda. Since – dan beri, mobaynida. Ish harakati boshlangan vaqt aytiladi. For – mobaynida – ish harakat boshlanganidan to hozirgacha bo’lgan vaqt oralig’I aytiladi. This + week, month, season, year Today – bugun All – morning/ evening/ day/ week / - butun tong/ kecha / kun In the last few + days/ weeks/ months – oxirgi kunlarda / haftalarda / oylarda. Gap oxirida. So far – anchadan beri. Gap oxirida. Recently – oxirg paytlarda. Qo’shincha ma’lumotlar. Savol berishda odatda – How long – qachondan buyon – savol so’zidan foydalaniladi. Masalan: how long have you lived there? – qachondan buyon u yerda yashaysiz? S + have/has + been to + place – biror joyda bo’lib qaytish – ya’ni o’sha joyda bo’lish. Masalan: I have been to Moskov – men Moskvada bo’lganman. ( borganman) S + have/has + gone to + place – biror joyga ketish lekin hali qaytmagan bo’ladi. Ya’ni haliham o’sha yerda bo’ladi. Masalan: he has gone to Moscov – u Moskvaga ketgan hali qaytgani yo’q ya’ni hozir o’sha yerda. ZeroMaX Страница Download 82.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling