Ingliz tili grammatikasini mustaqil o’rganuvchilar uchun ingliz tili fanidan grammatika o’quv qo’llanmasi.
Birinchi dars – to be fe’li va holat va vaziyatni ifodalash formulalari
Ingliz tiliga kirishda eng avvalo dastlabki gap tuzish strukturalarini o’rganib olishimiz kerak. Biror tilda gapirishda har doim biror narsani ta’riflashni o’rganishdan boshlaymiz albatta. Shunday ekan ingliz tilini o’rganishda ham shu qoidaga amal qilgan holda narsalarni tasvirlashdan boshlaymiz.
Demak: biror narsani tasvirlash uchun qanday so’z turkumlaridan foydalanamiz? Sifatlardan – narsa va shaxsning qanday yoki qanaqaligini aytishda ishlatiladigan so’zlar.
O’zbek tilida biror narsani qanaqaligini aytish uchun oddiygina qilib narsa nomini va keyin sifatini aytish kifoya lekin ingliz tilida unday qilib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |