Ingliz tilida antonimlar va ularning tasnifi


ANTONIMLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Download 50.71 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1572353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A.Sabina 11-25 CHI

4.ANTONIMLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Antonimlar (anti … va yun. onoma — ism, nom) — zid maʼnoli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland — past, uzun — qisqa); 2) affik-A. (suvli — suvsiz); 3) sintaktik A. (yuz - bashara).
Antonimlar (zid maʼnoli soʻzlar) — grekcha anti — „zid“, „qarama-qarshi“ onoma yoki onyma — „nom“ degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlardir, yaʼni maʼnosi bir-biriga zid maʼnoli soʻzlar antonim deyiladi.
Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha maʼno jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak. Feʼllardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar baʼzan juft holda qoʻllanib maʼno kengaytiradi yoki maʼno ifodalaydi: tunu kun (har doim). Koʻp maʼnoli soʻz oʻzining har bir maʼnosi bilan ayrim-ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi. Yoki qattiq yer — yumshoq yer; qattiq (xasis) odam — saxiy odam.
Bundan tashqari unga sinonim boʻlgan shod, xushvaqt kabi soʻzlarga antonim boʻla oladi. Demak, bir soʻz sinonimik qatorni tashkil etuvchi soʻzlarning har biri bilan atnonim boʻla oladi: qattiq — yumshoq, saxiy; tez — sekin, ogʻir; chiroyli — goʻzal — xushroʻy — koʻhlik; xunuk — badbashara — badburush — taʼviya. Antonimik juftlar koʻchma maʼno ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga koʻchgan), achchiq-chuchuk (otga koʻchgan).
Antonim badiiy nutqda qoʻllanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi ogʻrir. Antonimlarni kel — kelma, bor — borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar feʼlning boʻlishli va boʻlishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil soʻz turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik — yomonlik (ot), uzun — qisqa (sifat), koʻp — oz (ravish), keldi — ketdi (feʼl). Nutqimizda lugʻaviy antonimlardan foydalanish fikrimizni taʼsirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid maʼnoli soʻzlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy sanʼat hosil qilinadi. Bunday sanʼatga tazod sanʼati deyiladi.


Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling