Ingliz va o ʼ zbek tillarida grammatik kategoriyalar tasnifi


Download 10.37 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi10.37 Kb.
#1630576
Bog'liq
annaatatt


Samarqand davlat chet tillar instituti 2-bosqich magistranti Niyazova Аdiba ……..ning “Ingliz va oʼzbek tillarida grammatik kategoriyalar tasnifi” nomli 5A120102 Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi boyicha magistr darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasiga ilmiy rahbar xulosasi

Hozirgi davrda dunyo tilshunosligida turli tillar tipologiyasi bilan shugʼullanayotgan tilshunos olimlarining qiyosiy sohada olib borilgan izlanishlarida va tortishuvlarida asosan ikki tilni bir-biri bilan taqqoslab oʼrganish dolzarb masalalardan biri ekani taʼkidlanmoqda. Mazkur sohadai izlanishlar soʼni koʼpayishi bilan dunyo tillarining turli qatlamlarida keskin ilgari surilish yuz bermoqda. Shu oʼrinda ingliz va ozbek tillarini ham misol keltirish oʼrinli.


Tilshunoslikda grammatik kategoriyalar ustida olib borilgan izlanishlar bir talay boʼlsa-da, aynan ingliz tili miqyosida olib borilgan ishlar va ularning oʼzbek tillaridagi koʼrinishining qiyosiy jihatdan oʼrganilishi yetarli emas.
Niyazova Аdiba………..ning “Ingliz va oʼzbek tillarida grammatik kategoriyalar tasnifi” nomli magistrlik dissertatsiyasi aynan yuqoridagi masalalar tavsifiga bagʼishlangan. Dissertatsiya ishi kirish, 3 asosiy bob, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat.
“Tilshunoslikda grammatik kategoriyalar” deb nomlangan birinchi bob ikki boʼlimdan iborat. Birinchi boʼlimda jahon va oʼzbek tilshunosligida grammatik kategoriya tushunchasining taʼriflanishi va unga berilgan izohlar sharhlangan. “Tilshunoslikda grammatik kategoriya tushunchasi” deb nomlangan birinchi bobning ikkinchi boʼlimida esa grammatik kategoriyalarning turlari, oʼziga xos jihatlari batafsil yoritilgan. Magistrant ushbu boʼlimda grammatik kategoriyalarning har bir turini chuqur oʼrgangan, ikki til misolida ularni tahlilini amalga oshirgan.
“Hozirgi zamon tilshunosligida grammatik kategoriyalarining ifodalanishi” deb nomlangan ikkinchi bob besh boʼlimga ajratib oʼrganilgan. Dissertatsiya ishining eng asosiy mazmuni ham aynan mazkur bobda yoritilgan. Bobning birinchi fasli “Hozirgi zamon ingliz va oʼzbek tillarida so`z turkumlaridagi grammatik kategoriyalar tasnifi” deb nomlangan. Tadqiqotchi mazkur boʼlimda ikki tilda uchraydigan grammatik kategoriyalarni oʼrganib, ularning tasnifini misollar yordamida koʼrsatib bera olgan.
Bobning navbatdagi fasli “Hozirgi zamon ingliz va oʼzbek tillarida ko`plik kategoriyasining qiyosiy tahlili” masalasiga bagʼishlangan. Boʼlimda ikki tildagi son, yaʼni koʼplik kategoriyasining qay tarzda ifodalanishi haqida soʼz yuritilgan. Ikkinchi bobning uchinchi fasli “Hozirgi zamon ingliz va oʼzbek tillarida jins kategoriyasining qiyosiy tahlili” deb nomlangan. Garchi oʼzbek tilida jins kategoriyasi uchramasa-da, ingliz tilida bu kategoriyaning keng tarqalgani va uning yuzaga chiqish yoʼllari izohlangan.
“Hozirgi zamon ingliz va oʼzbek tillari grammatik miqdor kategoriyasining tasnifi” deya atalgan toʼrtinchi boʼlimda magistrant ikki tildagi son soʼz turkumi va unda uchraydigan miqdor katerigoriyasining yuzaga chiqishini misollar orqali tavsiflay olgan. Eʼtiboli jihati shundaki, А.Niyazova har ikki til grammatikasidagi oʼziga xos jihatlarini yaxshi biladi va tahlillarda ham oʼz fikrini isbotlay olgan. Bobning soʼnggi boʼlimi “Hozirgi zamon ingliz va oʼzbek tillari gap bo`laklari va gaplarni bog`lovchi grammatik kategoriyalarining tasnifi” deb nomlangan. Bobda sintaksis boʼlimida oʼrganiluvchi gap boʼlaklari, gaplar, ularning turlari, qoʼshma gaplarni bogʼlovchi garmmatik vositalar ikki til asosida qiyosiy jihatdan oʼrganilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Hozirgi zamon ingliz va oʼzbek tillarida sifat va son turkumining grammatik kategoriyalar tasnifi” deb nomlangan boʼlib, ikki boʼlimga ajratib oʼrganilgan. Soʼz turkumlari ichidan aynan ikki soʼz turkumi misolida mazkur bobda qiyosiy tahlil amalgan oshirilgan. Magistrant dastlab tillar kesimida sifat va son soʼz turkumining oʼziga xosliklari, yasalish tizimi, tuzilishiga toʼxtalgan hamda qiyosiy jihatdan tahlillarni amalga oshirgan.
Ishning “Umumiy xulosalar” va “Foydalanilgan adabiyotlar royxati” qismlari yaxshi bajarilgan. Ishda saksonga yaqin ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-nazariy adabiyotlar, lugatlar va veb saytlarning keltirilishi tadqiqotchining mavzuga doir juda kop izlanganidan dalolat beradi.
Umuman olganda, Niyazova Аdiba ………….tomonidan bajarilgan mazkur tadqiqot muallifning ingliz va oʼzbek tillaridagi grammatik kategoriyalar haqida yaxshi tasavvurga ega ekanligini koʼrsatadi. Toʼgʼri, ana shunday mazmunli, yangi fakt va dalillarga boy bu ishda ayrim uslubiy va imloviy nuqsonlar, yanada toʼldirilishi zarur bolgan oʼrinlar koʼzga tashlanadi. Lekin bunday nuqsonlar juzʼiy xarakterga ega bolib, ishning ilmiy-nazariy va amaliy qiymatiga taʼsir etmaydi. Mazkur ish materiallaridan kelgusida ingliz va oʼzbek leksikologiyasi, morfologiyasi, sintaksisi boyicha oʼquv qollanmalari, maruza matnlari yaratishda foydalansa boladi. Mazkur ishning ilmiy natijalari muallif tomonidan eʼlon qilingan ilmiy maqolalarda oʼz aksini topgan. Shunga binoan Niyazova Аdiba ………..ning “Ingliz va oʼzbek tillarida grammatik kategoriyalar tasnifi” mavzuidagi ishini magistrlik dissertasiyalari oldiga qoʼyilgan barcha talablarga toʼla javob beradi, deb hisoblayman, bu ishni Davlat imtihon komissiyasi oldida himoyaga tavsiya etish hamda yuksak saviyada bajarilgan magistrlik dissertasiyalaridan biri sifatida yuqori baholash hamda magistrant Niyazova Аdibani kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirish uchun doktoranturada oʼqishga tavsiya etish mumkin, degan fikrdaman.


Ilmiy rahbar: f.f.d.G.X.Umurova
Download 10.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling