Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari


Download 64.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi64.3 Kb.
#1755499
  1   2   3   4
Bog'liq
Nargiza Taqriz



O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti tadqiqotchisi 
Mamadjanova Nargizaxon Mahmudjanovnaning “Ingliz va o‘zbek 
tillarida murojaat kategoriyasining lingvopragmatik va lingvokulturologik 
xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma 
tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa 
doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasiga 
rasmiy opponent 
TAQRIZI 
Hozirgi zamon tilshunosligida murojaat til kategoriyasi sifatida doimo 
tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilgan mavzulardan biridir. XX asrning birinchi 
yarmida Dunyo va Evropa tilshunoslari tomonidan qo‘lga kiritilgan ulkan ilmiy 
yutuqlar tillarda murojaat kategoriyasining ifoda vositalarini aniqlash va ularning 
tizimlilik tabiatini ochish bilan bog‘liqdir. Jamiyat hayotining turli sohalarida 
muayyan maqsadga yo‘naltirilgan islohotlar olib borilishi natijasida milliy 
tilimizni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Buning natijasida 
tilshunosligimizda tilni tadqiq etuvchi yangi paradigmalarni qo‘llash bilan 
bog‘liq harakatlar yuzaga kelishi bejiz emas. Dissertant o‘rinli ta’kidlaganidek, 
O‘zbek tilshunosligida tilning milliy tabiati va muloqot madaniyatini yaqqol 
ko‘rsatib beruvchi pragmatik va lingvokulturologik yondoshuvga asoslangan 
dastlabki 
tadqiqotlar 
amalga 
oshirilib, 
xususan, 
o‘zbek 
tilining 
lingvopragmatik hamda lingvomadaniy xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda 
tahlil qilishga alohida e’tibor qaratishi tabiiy. Shu nuqtai nazardan, “Ingliz va 
o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvopragmatik va lingvokulturologik 
xususiyatlari” mavzusidagi ushbu dissertatsiya mavzusi pragmatik va 
lingvokulturologik 
omillarni 
hisobga 
olgan 
holda 
murojaat 
differensiyallashuvining tahlili, ya’ni har xil murojaat mayl ma’nosidagi turlarni 
yuzaga kelishini ta’minlash bilan birga muloqotda kommunikativ xatti-
harakatlarini tartibga solish uchun muloqot jarayonida vaziyat, ishtirokchilar 
nutqiy harakati bilan bog‘lagan holda til birliklarining pragmatik va milliy 
madaniy xususiyatlarini ochib berish borasidagi bir necha muammolarni 
yoritganligi bilan dolzarblik kasb etadi.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan, tadqiqotning maqsad va 
vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari 


rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, ilmiy yangiligi va 
amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati 
ochib berilgan, natijalarni amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va 
dissertasiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 
Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining
lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat 
bo‘lib, uning obyekti sifatida ingliz va o‘zbek tillarida murojaatni ifoda etuvchi 
lingvistik vositalar tanlangan.
Tadqiqotning asosiy vazifalari, asosan, ingliz va o‘zbek tillaridagi murojaat 
kategoriyasiga oid til birliklarining til tizimida tutgan o‘rnini o‘rganish, ingliz
muloqot madaniyatida murojaat kategoriyasining ifoda vositalari xususiyatlarini 
tahlil qilish, ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasi vositalarining 
ifodalanish usullarini aniqlash, murojaat kategoriyasi tadqiqiga kommunikativ- 
pragmatik yondoshuvning ahamiyatini ko‘rsatish, ingliz va o‘zbek tillarida 
murojaat kategoriyasi lingvopragmatik jihatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini 
ochib berish hamda ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasi 
lingvokulturologik jihatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqotning predmetini qiyoslanayotgan tillarda murojaat kategoriyasi
ifoda vositalarining lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari tashkil 
etadi hamda tadqiqotda kontekstual, tavsifiy, komponent, chogishtirma, 
lingvopragmatik va lingvokulturologik tahlil usullaridan foydalanilgan.
I bob “Hozirgi zamon tilshunosligida murojaat kategoriyasini ifodalovchi til 
birliklarini tadqiq qilishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlanib, unda murojaat 
kategoriyasi tadqiqot obyekti sifatida va murojaatning mayli modalligi tushunchasi 
va uning tilshunoslar tadqiqotlarida o‘rganilishi hamda murojaatning mayli 
modalligi tushunchasi va uning tilshunoslar tadqiqotlarida o‘rganilishi xususida 
fikr yuritiladi. 
Dissertant ushbu bobda murojaat ma’nosidagi so‘z va iboralarni aniqlashda 
til va ijtimoiy omillarning korrelyasiyasini tahlil qilish asosiy bosqichlardan biri 
bo‘ldi, degan yondashuvni ma’qullagan. Sotsiolingvistik tahlil usulidan tashqari


komponent tahlil, transformatsion va ibora ma’nosini obrazli ifodalash kabi qator 
tahlillardan foydalangan.
So‘zlovchining xohishiga ko‘ra tinglovchi bajarishi lozim bo‘lgan eksplitsit 
harakatda (holatdagi) murojaat ma’noli iboraning asosi (o‘zak so‘zi) fe’lda 
ifodalanadi. Fe’l mustaqil ravishda shaxsiy yoki infinitivda (oddiy sifat) 
qo‘llanilishi, yo bo‘lmasa sifatli ibora yasovchi (murakkab sifat) turli 
konstruksiyalar tarkibida kelishi mumkin.
Murojaat kategoriyasi milliy madaniyatni o‘zida aks ettiruvchi turli tizimli 
tillar doirasida o‘z ifodasini topar ekan, u o‘zining o‘xshash va farqli tomonlari 
bilan ajralib turadi. Murojaat kategoriyasining ifodasidagi o‘xshash va farqli 
tomonlar, demak tilning milliy-madaniy (lingvo-madaniy) xususiyatlari bilan ham 
belgilanadi. 
Murojaatni ifodalovchi til birliklarining madaniy xususiyatlarini tadqiq 
etishda madaniyat, mentalitet, dunyo manzarasi, olamning lisoniy manzarasi kabi 
atamalar alohida ahamiyat kasb etadi. Murojaat ham madaniyatdan kelib chiqib 
amalga oshiriladi. Murojaatdagi stereotiplar xalq milliyligini va mentalitetiga 
asoslangan bo‘ladi. 
Til faqat muloqot manbai bo‘libgina qolmay hayotdagi munosabatda ham 
atrof-muhitga nisbatan alohida o‘ringa ega. Har bir inson dunyo manzarasini o‘z 
mentaliteti, ichki dunyosi, yashash tarzi, atrof-muhiti va dunyoqarashidan kelib 
chiqib tushunadi. 
Tilning dunyo manzarasi insonning hayotga, tabiatga, hayvonotga va 
o‘ziga munosabatini aks ettirishini murojaat kategoriyasini qo‘llashda ham kuzatsa 
bo‘ladi. Milliy madaniyatning in’ikosi bo‘lgan – murojaatdagi xushmuomalalik – 
murojaat samaradorligini oshiradigan muhim omillaridan biridir. 
Darhaqiqat, murojaatda xushmuomalalik insonlaring muomila-madaniyati, 
odob axloqi va muloqotning samarali hamda muvaffaqiyatli chiqishiga olib keladi. 
Murojaat jarayonida har bir muloqot vaziyati uchun qulay holatlar mavjud-ki, 
ularda hushmuomalalik to‘g‘ri, o‘rinli qo‘llansa, adresat tomonidan murojaat 
qiluvchining xohish-istaklari inobatga olinishiga zamin yaratiladi. Bunday 


murojaat jarayonida xushmuomalalikni ta’minlashda nutq etiketi formulalari 
alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, murojaat zamirida buyruq yotgan bo‘sla-da, 
murojaat qiluvchi o‘z fikridan kelib chiqqan holda, nutqiy etiket formulalaridan 
foydalanib tinglovchiga har xil yetkazishi mumkin. 
Shunday qilib, murojaat intonatsiya va boshqa til vositalari bilan birgalikda 
murojaatni ifodalashda murojaat yo‘naltirgan shaxsning murojaat yo‘naltirilgan 
shaxsga munosabatini ochib beradi. O‘z navbatida, adresant va adresat o‘rtasida 
o‘rnatilgan munosabat saviyasi murojaatning muvaffaqiyatli va kutilgan samara 
berishida asosiy o‘rin egallaydi. Murojaatni ifodalovchi til birliklari bilan 
birgalikda murojaatni ifodalashda adresantning adresatga bo‘lgan munosabatini 
ochib berish kabi masalalar batafsil tahlil qilingan. 
Ikkinchi bob “Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining 
lingvopragmatik jihatlari” deb nomlanib, unda murojaat kategoriyasini ifodalovchi 
vositalarning lingvopragmatik tadqiqi hamda ingliz va o‘zbek tillarida murojaat 
kategoriyasini ifodalovchi leksik va grammatik vositalarining lingvopragmatik 
jihatlari hamda ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasini ifodalovchi til 
birliklarining lingvopragmatik jihatlari kabi masalalar xususida fikr yuritiladi. 
Dissertant, asosan, ushbu bobda olmoshlar antroponimlarning ayrim 
bo‘laklarining desemantizatsiyalangan ishoralari sifatida o‘rganib chiqish 
mumkinligi, chunki ular shaxsning to‘liq identifikatsiyalanishi uchun yetarli 
darajada atamali aniqlikga ega emas, lekin shunga qaramay turli so‘zlashuv 
vaziyatlarida turli ijtimoiy maydonlarda katta differensiyalovchi imkoniyatga ega 
ekanligi kabi masalalar tahlil qilgan.
Ushbu bobda so‘zlovchining haqiqiy tuzilish haqidagi barcha “multidunyo” 
tushunchalari aks ettirilishi mumkin, bu esa qabul qiluvchining nominatsiyasi 
shakllarining semantik tarkibida ifodalanishi ta’kidlanadi.
Insoning eng muhim xususiyati, imkoniyati – bu uning mehnat qila olishi, 
mehnat qila olish uchun yetarli jismoniy, ruhiy va aqliy resursga egaligidir. 
Insonga dunyoni o‘ziga moslab o‘zgartira olish imkoniyati berilgan. Dunyoni 


o‘zgartirish bir insoning qo‘lidan kelmaydi. Bunda u boshqa odamlarning kuchi, 
aqli, imkoniyatidan foydalanishi kerak. 
Buning uchun u boshqalar bilan muloqotga kirishishi kerak. Boshqalar bilan 
muloqotga kirshishi uchun esa aloqa vositasi tildan foydalana olishi lozim, zotan 
muloqot murojaatdan boshlanadi. Demak, inson atrofidagi o‘ziga o‘xshash 
insonlarning ijtimoiy mavqeyi, nomi kabilarni bilishi kerak. Har qanday til 
tarkibining tashkiliy komponenti bo‘lgan qarindoshlik atamalari mana shu vazifani 
bajaradi.
Qarindoshlik bildiruvchi leksik birliklar boshqa tub va yasama so‘zlardan 
farqlanuvchi bir qator xususiyatlarga ega. Masalan: 
1) Qarindoshlik aloqasini bildiruvchi so‘zlar aniq bir, o‘zgarmas referetga 
ega emas;
2) Inson bir vaqtni o‘zida bir necha qarindoshlik aloqasini bildiruvchi so‘zini 
denotati yoki referenti bo‘lishi mumkin. 
Qarindoshlik aloqasini bildiruvchi so‘zlar kontekstda, asosan, murojaat 
kategoriyasini ifodalash uchun ishlatiladi. 
Birinchi punktda bildirilgan hukumga aniqlik kiritsak shu narsa ma’lum 
bo‘ladi-ki qarindoshlik aloqasini bildiruvchi so‘zga cheklanmagan miqdoridagi 
bo‘limlar ayni bir paytning o‘zida yoki denotat yoki referent bo‘lishi mumkin. 
Chunki bir vaqtning o‘zida millionlab erkak odamlar – ota, millionlab ayolar – 
ona, huddi shunday millionlab odam, aka, uka, opa, singil, bobo, buvi kabi 
ma’nolarni bildirib murojaat ob’ekti bo‘lib ishlatilishi mumkin. 
Ikkinchi hukumga binoan bir odam bir vaqtning o‘zida bir necha 
qarindoshlik aloqasini ifodalash mumkin. Masalan, bir odam agar u erkak bo‘lsa, 
bir vaqtning o‘zida ota, bobo, aka, uka, o‘g‘il, tog‘a, amaki, jiyan, nevara, chevara 
va hokazolar bo‘lishi mumkin. Aniqroq aytsak, u kimningdir otasi, kimningdir 
bobosi, kimningdir o‘g‘li va hokazolar bo‘lishi mumkin. Ayolar ham xuddi shunga 
o‘xshash tushinchalarning referenti bo‘lishi mumkin. 


Uchinchi hukumga binoan bu turdagi so‘zlar ko‘proq murojaat 
kategoriyasini ifodolovchi til birliklari vazifasini bajarishi mumkin. Lekin bundan 
tashqari u boshqa kommunikativ yuklamalarni ham bajara oladi. 
Uchin bob “Turli tizimli tillarda murojaat kategoriyasini ifodalovchi 
birliklarning 
lingvokulturologik 
xususiyatlari” 
deb 
nomlanib, 
murojaat 
kategoriyasini ifodalovchi vositalarning lingvokulturologik o‘rganilishi hamda 
murojaat kategoriyasini ifodalovchi til birliklarining ingliz va o‘zbek madaniyatida 
tutgan o‘rni masalasi xususida so‘z yuritiladi. 
Dissertantning e’tibori qarindoshlik aloqasini bildiruvchi so‘zlarning yana 
bir umuminsoniy, umummadaniy xususiyati bor bo‘lib unga ko‘ra bu dunyodagi 
barcha tillarga xos til universaliyasidir va ikkinchi tomonidan bu dunyodagi hech 
bir kimsa murojaat kategoriyasiga tegishli so‘zlar o‘ramidan chetda turmasligi, 
turolmasligiga qaratiladi. 
Agar masalan biror kimsa tug‘ilishda yetim bo‘lsa, onasi yo‘q (o‘lgan,) otasi 
yo‘q (noma’lum) bo‘lsa tabbiyki uning bobosi, buvisi, tog‘asi, jiyani, akasi va 
ukasi kabilari ham yo‘q. 
Yuqoridagi parametrdan tashqarida turadigan odamni topgandaymiz. 
Amalda unday emas. U jamiyatda ma’lum bir yil yashagach uylanadi (er bo‘ladi, 
uning xotini bo‘ladi) va farzand ko‘radi (ota bo‘ladi) va h.k.. Mana ko‘rib 
turganinggizdek, karusel aylana boshlaydi bu tushunchalar turli tillarda turlicha 
madaniy bo‘yoq oladi. Jumladan, qarindosh-urug‘ nomlarini ifodolovchi so‘zlarda 
vaqt o‘tishi bilan farqlanish yuz beradi, yana anchagina qarindosh-urug‘ nomlari 
kishilarning bir butun guruhiga nisbatan emas, balki konkret shaxs yoki shaxslarga 
nisbatan qo‘llaniladi. Masalan, ishimizdagi father, daddy, mamar, mather, aunt, 

Download 64.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling