Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining lingvopragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari
Download 64.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Nargiza Taqriz
uncle, niece, nephew- o‘zbekchada ota, dada, oyi, amma, xola, tog‘a, jiyan kabi
so‘zlar istagan shaxsga nisbatan qo‘llanilavermaydi, balki birinchi galda so‘zlovchining o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Darhaqiqat, so‘zlovchi aloqa jarayonida ikki toifa kishilar bilan munosabatda bo‘ladi, ya’ni, bir tomondan oila a’zolari hamda qarindosh-urug‘lik darajasi turlicha bo‘lgan kishilar bilan, ikkinchi tomondan, begona shaxslar, yot kishilarga murojaat qiladi. Shu jihatidan ham qarindoshlik aloqasini bildiruvchi so‘zlar ma’lum xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘zbek tilidagi aka, opa, xola, tog‘a, ini, singil ingliz tilidagi aunt, uncle, brother, sister so‘zlari so‘zlovchining o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxs yoki shaxslarni ifodalashi. Masalan: Salima xola, inim Saidxon, Narziya opa, Shermat tog‘a, Uncle Tom, Brother Robert, Aunt Mary, Sister Carrie va h.k.. Murojaat jarayonida boshqa shaxslarga nisbatan ham qo‘llanila oladi, ammo erkak jinsidagi har qanday shaxs ham «aka» yoki «tog‘a» deyilavermaganidek, bunda kishilarning yoshi, tanish bilishliligi, qarindoshlik jihatdan o‘ziga yaqinligi, kasbi, odatlanishi, hurmat kabilar ham murojaatda hisobga olinadi. Ammo bu borada shu narsa xarakterliki, so‘zlovchi boshqalarga murojaat qilishda o‘ziga yaqin qarindosh va qarindosh nomlarini qo‘llaydi. Nisbatan katta yoshdagilarga tog‘a, amaki, xola, shuningdek, erkak muallimlarga domla, ayol muallim, rahbar ziyoli ayol shaxslarga – aya so‘zlari orqali murojaat qilinadi. Albatta, hamma qarindosh-urug‘lik munosabatini bildiruvchi so‘zlar ham murojaat uchun bir xil darajada qo‘llanilavermaydi. Bu o‘rinda nutq madaniyati bilan bog‘liq tomon ham mavjud, biroq adabiy norma sifatida qo‘llanishi bilan norasmiy, oddiy so‘zlashuvda qo‘llanishi farqlash kerak bo‘ladi. Dada va ona so‘zlari murojaatda o‘z ota-onasiga nisbatan hech qanday izohlovchisiz qo‘llanilaveradi, chunki ota va ona tog‘a, xola, amaki, amma, kabi qarindoshlardan farqli o‘laroq, tabiiy ravishda har qanday shaxsda birdan ortiq bo‘lmaydi. Binobarin, har qanday sharoitda ham, mazkur shaxslarning kimga tegishliligini, gap kim haqida borayotganligi tinglovchi uchun tushunarlidir, chunki bunday so‘zlarning leksik ma’nosidagi ota va onaning so‘zlovchiga qarashli ekanligi, egalik ma’nosi bevosita anglatilib turadi. Aka, opa, amma, tog‘a kabi qarindosh-urug‘lik aloqalarini bildiruvchi so‘zlar birdan ortiq bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday paytda ifodolovchi so‘zlar guvohlovchini talab qiladi, ammo bu hodisa nutq sharoitiga ham bog‘liqdir. Ishning umumiy xulosa qismi dissertatsiyadagi tahlillar hamda boblarning xulosasini aniq va lo‘nda shaklda umumlashtirgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling